Indiy
Ushbu 2014-yildagi Kimyogarlar kuni kasb bayrami, an'anaga ko‘ra, Mendeleyev kimyoviy element davriy jadvalidagi kimyoviy elementlarning joylashuv tartibiga ko‘ra, 49-element - INDIY nomi ostida nishonlanadi. Chunki, ushbu muhim kasb bayrami, joriy 2014-yilda, ta'sis etilgan 1965-yildan buyon, 49-marta nishonlamoqda. Shu sababli saytimizda, mazkur element haqida batafsil ma'lumot berishni maqsad qildik.
Indiy - Mendeleyev kimyoviy element davriy jadvalining V-davr, uchinchi guruhchasida joylashgan kimyoviy element. Atom raqami 49. In (lotincha Indium) ramziy ifodasi bilan belgilanadi. Nomlanishining kelib chiqishi, mazkur elementning yorqin emission ko‘k-havorang (Indigo rangi) spektral chizig‘i tufaylidir. Oddiy modda sifatidagi Indiy - kumushsimon-oqish rangdagi, oson eriydigan, oson ishlov beriladigan, juda yumshoq metall. Kimyoviy xossalariga ko‘ra Alyuminuy va Galliyga, tashqi ko‘rinishiga ko‘ra esa Ruxga o‘xshashib ketadi.
Yangilаndi: 27.12.2018 13:52
|
Elektronlarning atomlardagi taqsimalnishi
Elektronlar atomlarda ma'lum qatlamlar - qobiqlar bo‘ylab taqsimlanadi va bu qobiqlar K, L, M, N, O, P, Q harflari bilan belgilanadi. Bu qobiqlar mos ravishda, asosiy kvant soni n=1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 ga muofiqlikni ta'minlaydi. Yadroga eng yaqin qobiq bu - K qobig'i. Har bir qobiqdagi elektronlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p miqdori 2n2 ifoda orqali aniqlanadi. Shu tarzda, biq kvantli qobiqda, (eng kichik radiusli qobiq - K da) ikkitadan ko‘p elektronlar bo‘lishi mumkin emas, ikkinchi, ikki kvantli qobiqda (L-qobiqda) 8 tadan ko‘p, M, N, O, hamda P, qobiqlarda esa mos ravishda 18, 32, 50, 72, va 98 tadan ortiq elektron bo‘lishi mumkin emas
Yangilаndi: 04.01.2019 12:13
Elementlarning nisbiy atom massalari
Nazariy va amaiy fizika xalqaro ittifoqi va nazariy va amaliy kimyo xalqaro ittifoqlarining o‘zaro kelishuviga ko‘ra, avval qo‘llanilib kelgan fizik shkala bo‘yicha "atom massasi" hamda, kimyoviy shkala bo‘yicha "atom massasi" tushunchalari o‘rniga, yagona, "nisbiy atom massasi" tushunchasi bilan almashtirildi. Fizik shkala bo‘yicha atom massasi asosiga 16O kislorod izotopining atom massasi qabul qilinib, u 16 ga teng qilib belgilangan edi. Kimyoviy shkala bo‘yicha atom massasi uchun, kislorodning tabiiy izotoplarining aralashmasining 16O (99.759%), 17O (0.037%), 18O (0.204%) atom massasi - u ham 16 ga teng qilib belgilangan edi. Kimyoviy shkala bo‘yicha atom massasining son qiymatlari, fizik shkalaga nisbatan, 1.000275 marta kichikroq edi.
Nisbiy atom massasi uchun asos qilib, 12C uglerod atomining massasi qabul qilingan bo‘lib, u 12 ga teng. Bu ba'zan uglerod shkalasi bo‘yicha atom massasi ham deb yuritiladi. Uglerod shkalasi bo‘yicha atom massasining qiymatlari, kimyoviy shkaladagiga nisbatan 1.000043 marta kichik.
Quyidagi jadvalda, yer sharoitida mavjud elementlarning, shuningdek, sun'iy usulda olingan elementlarning ham nisbiy atom massalarining tavsiya etiladigan qiymatlari keltirilgan. Ko‘plab elementlarning atom massaslarining qiymatlari, natijaviy moddaning kelib chiqishi yoki, uning qayta ishlash usuliga bog‘liq. Shu sababdan, "izoh" ustunida quyidagi harfiy belgilar qo‘llanildi:
Yangilаndi: 04.01.2019 13:13
Cho'ktirish.
Moddalarni eritmalarda uch xil yo'l bilan: siqib chiqarish, vodorod ko'rsatkichni (vodorod ionlar konsentratsiyasini) o'zgartirish, yoki, erimaydigan birikmalarni hosil qilish bilan cho'ktirish mumkin. Agar ikki moddaning har biri alohida olinganida mazkur erituvchida erisa, bir-birida esa qiyin erisa, yaxshi eriydigan tegishli konsentratsiyada yomon eriydigan moddani siqib chiqaradi. Siqib chiqarishning ikki usuli: suvli eritmalarda organik yoki anorganik tuzlarni ishlatib, tuzga tushirish va ikki yoki undan ortiq o'zaro aralashuvchi erituvchilarni ishlatib cho'ktirish yuqorida aytilgan tamoyilga asoslangan. Tuzga tushirish uchun anorganik yoki organik tuzni kukun yoki eritma holida modda eritmasiga qo'shiladi. Bu usul yordamida suv bilan qisman aralashadigan erituvchilar (spirtlar, efirlar, va ho kazo), organik kislotalar, aminokislotalar, peptidlar suvli eritmalardan ajratib olinadi. Cho'ktiruvchining tabiati yoki miqdorini o'zgartirib, eriydigan moddalarni erituvchilar aralashmasida qoldirib, moddalarni eritmadan tanlab cho'ktirish mumkin. Erituvchilar bilan cho'ktirish moddaning yuqori haroratga sezgirligi tufayli kristallanishi mumkin bo'lmaganda yoki uning kristallanuvchanligi yomon bo'lganda qo'llaniladi (masalan polimerlarni cho'ktirishda).
"Yosh kimyoga"r ensiklopedik lug'atidan olindi
Yangilаndi: 23.09.2014 17:38
Vanadiy
«Juda qadim, zamonlarda uzoq shimolda go’zal va hamma yaxshi ko’radigan ma’buda Vanadis yashar edi. Kunlarning birida kimdir uning eshigini taqillatdi. Ma’buda kresloga o’rnashib o’tirdi va «Yana bir marta taqillatsin» deb o’yladi.
Lekin eshik taqillamadi va eshikda uzoqlashayotgan qadam tovushi eshitildi. Vanadis bu odobli, lekin, qat’iyatsiz kishi kim ekanligiga qiziqdi. U derazani ochib ko’chaga qaradi. Bu saroydan shoshib uzoqlashayotgan valer ismli kimsa edi.
Bir necha kun o’tgach uning eshigini kimdir yana taqillatdi. Bu gal u o’rnidan turib eshikni ochmagunicha taqillayverdi. Ma’buda turib, eshikni o’chgach, yosh va kelishgan Nils Sevstryomga ro’baro’ bo’ldi. Tez orada ular bir birlarini sevib qoldilar va tug’ilgan o’gillariga Vanadiy deb ism qo’ydilar.»
Yangilаndi: 18.03.2018 12:33
|
|
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...
|
|
Maqolaning 7 sahifasi, jami 8 sаhifа |