Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Kimyo
Kimyo bo'yicha ma'lumotnoma va qo'llanmalar

Lantan

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Lantan

Lantan - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VI davr IIIB guruh elementi. Atom raqami 57. La (lotincha Lanthanum so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Lantan siyrak yer elementlari turkumining lantanoidlar oilasiga mansub, kumush-oq rangli yumshoq metall.

Tarixi va atama etimologiyasi. 1803-yilda shved kimyogari Yens Yakob Berselius tarkibi noma'lum bir mineralni tadqiq qilgan edi. o‘sha mineral keyinchalik serit nomini olgan. Mazkur mineral tarkibida ittriyli tuproq hamda, undan tashqari yana bir noma'lum modda borligi aniqlangan. Ushbu noma'lum moddani kimyogarlar vaqtincha nom bilan "seriyli tuproq" deb nomlashgan edi. Chunki, mineralning ushbu qismidan ko‘p miqdorda seriy elementi aniqlangan edi.

Yangilаndi: 05.12.2018 16:50
 

Seriy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Seriy

Seriy - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VI-davr IIIB-guruh elementi. Atom raqami 58. Ce (lotincha Ceres so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Seriy siyrak yer elementlari turkumining lantanoidlar oilasiga mansub, kumush-oq rangli yumshoq metall.

Tarixi va atama etimologiyasi.

Seriyni 1803-yilda deyarli bir vaqtning o‘zida bir-biridan mustaqil ravishda ikkita laboratoriyada kashf qilingan. Ulardan biri olmon kimyogari Martin Genrix Klaport (1743-1817) bo‘lsa, ikkinchi kashfiyotchilar Shvetsiyalik Yens Yakob Berselius (1779-1848) hamda, Vilgelm Xeyzinger (1766-1852) sanaladi. Berselius va Xeyzinger seriyni Shvetsiyaning Vestmanland hududidagi Bastnes shaxtalaridan olinadigan temir va mis rudasidan aniqlashgan. Yangi kashf qilingan element uchun nom sifatida avvaliga Klaport tomonidan "Sereriy" nomi taklif qilingan edi. Lekin, Berseliusga bu nom ma'qul kelmagan va uning talaffuzga qiyinligiga ishora qilgan holda, nomni qisqaroq qilib "Seriy" deb qo‘yishni taklif qilgan. Ko‘pchilik tomonidan Berseliusning taklifi ma'qullangach, ushbu elementga mazkur nom biriktirilgan.

Yangilаndi: 07.12.2018 16:08
 

Toriy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Toriy

Toriy - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VII davr IIIB guruh elementi. Atom raqami 90. Th (lotincha Thorium so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Aktinoidlar turkumiga mansub (aktiniy oilasi). Oddiy modda shaklidagi toriy kumush rangli, yumshoq va og‘ir, kuchsiz radioaktiv metall. Tabiatda hali ham tabiiy holda ko‘p miqdorda uchraydigan radioaktiv elementlar atiga ikkita bo‘lib, ularning biri aynan toriydir (yana biri - uran).

Tarixi va atama etimologiyasi.

Toriyni 1828-yilda shved kimyogari Yens Yakob Berselius (1779-1848) tomonidan mineral jins tarkibidan ajratib olingan. Shu sababli, mazkur mineralga ham keyinchalik "torit" nomi berilgan. Berseliusning o‘zi, mazkur elementni Skandinaviya xalqlarining afsonalaridagi momaqaldiroq ma'budi - Tor sharafiga shunday nomlagan.

Yangilаndi: 10.12.2018 11:08
 

Itterbiy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Itterbiy

Itterbiy - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VI davr IIIB guruh elementi. Atom raqami 70. Yb (lotincha Ytterbium so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Siyrak yer metallari turkumiga mansub (Ittriy guruhi).

Oddiy modda shaklidagi itterbiy yarqiroq kulrang tusdagi metall holida bo‘ladi. Itterbiy metalining ikki xil kristall panjara shakli mavjud: birinchisi – mis kristall panjarasi o‘xshash, kubik panjara shaklidagi α-Yb; va ikkinchisi α-Fe singari, hajmiy markazlashgan kubik panjarali β-Yb. α↔β o‘tish harorati 792 °C.

Yangilаndi: 12.12.2018 13:11
 

Gafniy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Gafniy

Gafniy - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VI davr IVB guruh elementi. Atom raqami 72. Hf (lotincha Hafnium so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Oddiy modda shaklidagi gafniy qiyin eriydigan kumush-oq rangdagi metall yarqiroq holida bo‘ladi.

Tarixi va atama etimologiyasi.

Gafniy 1923-yilda kashf etilgan. Mendeleyev davriy jadvalining VI-guruhi tarkibi hali to‘liq ma'lum bo‘lmagan paytlarda gafniyni nodir yer metallari safidan qidirishgan. 1911-yilda fransuz kimyogari Jorj Urben (1872-1938) o‘zining yangi kimyoviy element kashf etgani va uni keltiy deb nomlaganini e'lon qilgan edi. Biroq, keyingi tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, Urben aslida itterbiy, lyutetsiy hamda juda oz miqdorda gafniy elementlari mavjud bo‘lgan aralashma ajratib olgan ekan xolos. Shundan keyin, gafniyni kashf etish borasidagi izlanishar yana davom etdi va bu boradagi izlanishlarga faqatgina Nils Borning kvant mexanikasiga asoslanib keltirgan hisob-kitoblariga ko‘ra, nodir yer metallari orasida oxirgisi - lyutetsiy ekanligi ma'lum bo‘lgachgina oydinlik kiritildi. Ya'ni, Borning hisoblashlari, gafniyni nodir yer metallari orasidan qidirish amaliyotini istisno qilish lozimligini ko‘rsatib bergan edi. Shunga ko‘ra, kimyogarlar gafniy sirkoniyning o‘xshashi ekanini bilib olishdi va izlanishlarni ushbu asosga ko‘ra davom ettirishdi.

Yangilаndi: 11.02.2020 08:38
 
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr...


Maqolaning 4 sahifasi, jami 8 sаhifа
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar arktangens shimoliy yarimsharda mavjud bo'lsa,
demak, janubiy yarimsharda

Antarktangens ham mavjuddir!!!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11595407

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)