Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Maqolalar 22-aprel Ona Yer kuni

22-aprel Ona Yer kuni

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

22-aprel Ona Yer kuni

Deyarli hamma xalqlar zaminni «Ona Yer» deb ataydi. Hatto qadimgi Rimliklar ham sayyoramizni aynan shu ma’noda «Tellus Mater» deb aytishgan. Bu esa, shubhasiz, insoniyat va ona zamin bir-biri bilan uzviy bog‘liq ekanini, odamzot va Yer – ajralmas ekanini ifodasi deyish mumkin. Hatto muqaddas dinimizda ham, odam tuproqdan yaralgani ta’kidlanadi va u oxir-oqibatda yana tuproqqa qaytadi...

 

Avvallari Yer kuni ko‘plab mamlakatlarda bahorgi tengkunlik sanasida (21-mart) nishonlar edi. 1970-yildan e’tiboran esa, ushbu sana 22-aprelda nishonlanadigan bo‘lgan. O‘shanda AQSh parlamenti senatori Geylord Nelson boshchiligida, Garvardlik bir necha faol talaba yoshlar ishtirokida, dastlabki Yer Kuni askiyasi o‘tkazilgan edi. 1971-yildan e’tiboran esa, ushbu senator tashabbusi bilan, AQShda mazkur sana bayram sifatida har yili nishonlanadigan bo‘ldi va u mamlakat aholisi orasida tezkor ommalashdi. Keyinchalik, ushbu sana boshqa mamlakatlarda ham, norasmiy bo‘lsa-da, bayram sifatida e’tirof etila boshlagan.

 

BMT ning 2009-yil 22-aprelda qabul qilingan rezolyutsiyasi bilan, 22-aprel sanasi dunyoda «Ona Yer kuni» sifatida xalqaro bayram kuni deb e’tirof etildi. BMT nazdida ushbu bayram sanasi, ona sayyoramiz, hamda, uning ekotizimi, biologik xilma-xilligi, tabiati bilan, unda umrguzaronlik qilib kelayotgan bashariyatning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari orasida adolatli muvozanat bo‘lishi kerakligini targ‘ib qilishga qaratilgan bo‘lib, odamzot va sayyora o‘zaro uzviy hamohanglikda yashashining ahamiyatini har bir shaxs ongiga yetkazishni maqsad qilgan.

Ayniqsa, butun sivilizatsiya uchun taalluqli xatarlarni yuzaga chiqayotgan hozirgi bir necha global muammolar sharoitida, xususan, iqlim o‘zgarishlari, pandemiya, o‘rmonlarning qisqarishi va cho‘llanish jarayonining tezlashuvi, muzliklarning erishi, noyob jonivorlarning qirilib ketayotgani va brakonyerlik avj olayotgani singari ko‘ndalang turgan masalalar qarshisida, odamlarning ona sayyorani himoya qilish yo‘lida birdamligi g‘oyat muhimdir. Alal-oqibat, bu insoniyatning o‘zini-o‘zi himoya qilishi bo‘lib chiqadi, chunki, bizning ushbu Ona Zamindan boshqa boradigan joyimiz, o‘zga boshpanamiz yo‘q! Yer – bizning yagona uyimiz va biz undagi muammolardan qochib-qutilib boshqa hech qayoqqa yetib bora olmaymiz. Shunday ekan, har bir shaxs, shu sayyorada yashovchi har bir odam shu zamin uchun nimadir qilishga harakat qilishi lozim. Tabiatga ozor bermaslik, uning boyliklaridan va ne’matlaridan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni asrash, jonivorlarga ziyon yetkazmaslik, ifloslantirmaslik, o‘z tevarak atrofimizni pokiza tutish – bu har birimizning qo‘limizdan keladigan oddiy va lekin umumiy zamin manfaati uchun g‘oyat muhim bo‘lgan narsalardir. Bu bizning nafaqat o‘zimiz uchun, balki kelgusi avlodlar uchun ham qiladigan eng katta xizmatimiz bo‘ladi.

Maqola avval daryo.uz saytida e’lon qilingan


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 22.04.2021 09:10  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Tram-tramiston kimyo lug'ati;

Ekstarktor - sobiq traktor;

Polimer - uy polini o'lchash asbobi;

Xlorofill - xlorparast kimsa



Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis