Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Genlar dreyfi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 9
Juda yomon!A'lo! 

Genlar dreyfi

Populyatsiyadagi genlar chastotasi tasodifiy omillar ta’sirida o‘zgarib turishi mumkin

Xardi-Vaynberg qonuniga ko‘ra, nazariy jihatdan, muayyan ideal populyatsiyada genlar taqsimoti avloddan-avlodga o‘tishlarning barchasida doimiy bir xillikni saqlaydi. Masalan, o‘simliklardagi baland bo‘yni ta’minlovchi genga ega «nabiralar» soni, xuddi shu genga egalik qiluvchi ota-onalar soni bilan teng bo‘lishi lozim. Lekin, amalda, real populyatsiyalarda hammasi ancha boshqacha. Tasodifiy hodisalar tufayli, avloddan-avlodga o‘tishlardagi gen taqsimoti chastotasi o‘zgarib turadi va bu hodisani fanda genlar dreyfi deyiladi.

 

Oddiy bir misol keltiramiz. Tasavvur qiling, tog‘lar orasida joylashgan yopiq vodiyda o‘sadigan muayyan turdagi o‘simliklar guruhi mavjud. Uning populyatsiyasida 100 ta o‘simlik mavjud bo‘lib, ulardan 2% qismida genning alohida bir, o‘ziga xos turi bor (masalan, bu o‘simlik rangiga ta’sir qiluvchi gen bo‘lishi mumkin). Bizning misolda demak atigi 2 ta o‘simlik shunday genga ega bo‘ladi. Shunday bo‘lishi mumkinki, biror hodisa ta’sirida, (masalan, suv bosishi, yoki, ustiga daraxt qulab tushishi oqibatida) ushbu ikki o‘simlik nobud bo‘lishi mumkin va shunda, populyatsiyadagi mazkur o‘ziga xos gen varianti yo‘q bo‘lib ketadi. (Aytgancha bunday o‘ziga xos genni fan tilida allel deyiladi). Demak, bu hol sodir bo‘lgach, o‘simlikning keyingi avlodida biz ko‘rib chiqayotgan narsani kuzatmaymiz.

Genlar dreyfiga oid boshqa misollar ham bor. Allellarning muayyan qat’iy taqsimotiga ega bo‘lgan o‘zidan ko‘payayotgan biror yirik populyatsiyani ko‘rib chiqamiz. Tasavvur qiling, u yoki bu sabab bilan, ushbu populyatsiyaning ma’lum bir qismi alohida ajralib chiqib qoladi va o‘zining alohida jamiyatini shakllantira boshlaydi. Mazkur subpopulyatsiyadagi genlarning taqsimlanishi uning nisbatan yirik guruhi uchun xos bo‘lmasligi mumkin, lekin, o‘sha ushbu guruh ajralib chiqqan ondan boshlab, ushbu subpopulyatsiyaning o‘zida, aynan ushbu, katta guruh uchun xos bo‘lmagan alohida belgini tashuvchi gen taqsimoti kuzatila boshlaydi. Bu hodisani fanda asos soluvchi effekti deyiladi.

O‘xshash turdagi genlar dreyfi hodisasini butilka og‘zi nomli yodda qolarli nomga ega boshqa bir hodisa orqali ham kuzatish mumkin. Bunda, agar tabiiy tanlash bilan bog‘liq bo‘lmagan biror tasodifiy sababga ko‘ra, masalan, g‘ayrioddiy qurg‘oqchilik, yoki, birdaniga tez ko‘payib, ma’lum qisqa vaqtdan keyin yana yo‘qolib ketgan yirtqichlar sababli, biror populyatsiya soni keskin kamayib ketsa, natijada, katta miqdordagi individuumlarning yo‘qotilishi yuz beradi. Asos soluvchi effektiga oid misoldagi singari, bu holatda ham, populyatsiyaning yana qayta tiklangani paytida, unda, endi o‘sha vaziyat yuz bermasidan oldingi, boshlang‘ich populyatsiyaga oid genlar emas, balki, o‘sha vaziyatdan keyin yashab qolgan tasodifiy individuumlarga xos genlar xarakterli bo‘lib qoladi.

XIX-asr oxiridagi shafqatsiz ovlash natijasida shimoliy dengiz fillari deyarli yo‘q bo‘lib ketgan edi. Hozirda o‘z sonini qayta tiklagan mazkur jonivorlar populyatsiyasida g‘ayrioddiy ravishda, juda kam irsiy xilma-xillik, ya’ni, genetik variantlarning juda kamligi namoyon bo‘ladi. Antropologlarning fikricha, zamonaviy odamlarning uzoq o‘tmishdagi ajdodlari ham bundan 100 000 yil muqaddam «butilka og‘zi» effektidan o‘tishgan va shu sababli ham, hozirda deyarli barcha odamlar genetik jihatdan bir xildirlar. Hattoki, Afrika changalzorlarida yashaydigan gorillalar to‘dasida ham, zamonaviy odamlar orasidagidan ko‘ra ko‘proq genetik xilma-xillik mavjud.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 20.01.2021 08:47  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Fizika o'qituvchisi bolalarga savol beryapti:

-1 kg temir og'irmi, yoki, 1 kg paxtami?

Bir olg'ir so'zamol bola javob qaytradi:

-Domla oyoqqa tushib ketsami, yoki, tarozida tortib ko'rsami?


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11580529

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!