Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli kimyo G‘alati nomli kimyo

G‘alati nomli kimyo

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 20
Juda yomon!A'lo! 

G‘alati nomli kimyo

Odatda, kimyoviy moddalarning nomi murakkabligi va talaffuzga qiyinligi bilan hammani qiynaydi. Masalan, Siklopentadiyeniltrikarbonilgidridvolfram moddasini, yoki, metilpropenilendigidroksisinnamenilakril kislotasi nomini talaffuz qilish tugul, harflarni adashtirmay, to‘g‘ri o‘qishni o‘zi katta gap. Biroq, kimyoviy formulasi C1289H2051N343O375S8 bo‘lgan oqsilni nomini menimcha birov eslab qolishga harakat ham qilmasa kerak. Chunki, uning nomida 1909 ta harf bor! Agar mabodo kimgadir qiziq bo‘lsa, uning ingliz nomini ilovada[1] keltiramiz.

Biroq, kimyogarlarni odamlar uchun murakkablik tug‘diradigan bunday qiyin nomlarni ataylab o‘ylab topib yurishadi deb ayblab bo‘lmaydi. Masalan, ular ichida ham, kap-katta odam bo‘lib qolsa-da, hali ham multfilm ko‘radigan va kashf qilgan moddalariga multfilm qahramonlari ismini beradiganlari ham bor. Quyida, nomi ilm-fandan yiroq bo‘lgan sohalardan kelib chiqqan kimyoviy moddalardan ayrimlari bilan tanishtiramiz.

 

Tibbiyot xodimlari mimimitsin nomli antibiotikni bilishsa kerak, yoki, hech bo‘lmaganda, u haqida eshitishgandir. Bu preparat qandaydir kimyoviy tarkibiga ko‘ra, yoki, kashf qilgan olim ismidan kelib chiqib emas, balki, Puchchinining «Bogema» operasi qahramonlaridan biri – Mimi sharafiga nomlangandir.

Yaponiyalik biolog Seguro Sato esa Pokemonlar ishqibozi bo‘lib, Pikachu anime multfilmini bolaligidan qoldirmay ko‘rgan bo‘lsa kerak. Shu sababdan, u ko‘z gavharidan o‘zi kashf qilgan oqsilga pikachurin deb nom bergan. Izohlaganda esa, Sato, ushbu oqsil xuddi Pikachu singari juda tezkor va oldindan bilib bo‘lmas xatti-harakatlar qilishi tufayli shu qarorga kelganini aytgan.

Ranasfmurfin – Janubi-Sharqiy Osiyoda yashaydigan yog‘och qurbaqasi qo‘nalg‘asidan aniqlangan oqsil nomi. U oqsillarga xos bo‘lmagan tarzda, ko‘k rangli bo‘lib, multfilmdagi smurflar rangida ko‘rinadi. Shu sababli, bu oqsil, smurflar sharafiga nomlangan.

Adamantan nomli uglevodorod moddasi mavjud. Uning nomi kimyo tamoyillari asosida berilgan. Biroq, adamantanning bastardan nomli «qarindoshi» mavjud. Ana o‘sha uglevodorodning nomi g‘alati. U «nikohsiz tug‘ilgan» degan ma’noni anglatadi L. Mohiyatan u adamantanning modifikatsiyasi bo‘lib, biroq, shakllanishiga ko‘ra, o‘zi mansub bo‘lgan uglevodorodlar oilasidagi boshqa uglevodorod moddalardan ko‘ra o‘zgacha yo‘l bilan hosil bo‘ladi. Shu sababli ham, uni tadqiq qilgan kimyogarlar, bunga shunday g‘alati nom berishgan (masalan, shunchaki, «begona» yoki, «o‘gay» deb qo‘yishsa osmon uzilib yerga tusharmidi...).

Janubiy Amerikada yashovchi qonxo‘r ko‘rshapalaklar so‘lagidan aniqlangan glikoproteid moddasini esa kashshoflar drakulin deb nomlashga qaror qilishgan. Sababi o‘zidan ma’lum: u qonxo‘r graf Drakula nomi bilan bog‘langan.

Shuningdek, ketananlardan birida, molekulalar kimyoviy bog‘ orqali bog‘lanishdan tashqari, shuningdek, mexanik ravishda ham tutashgan bo‘lib, ushbu modda molekulasi xuddi olimpiada o‘yinlari ramzi bo‘lgan halqalar singari 5 ta halqa bir-biriga ulanib turadi. Sezganingizdek, uning nomi o‘sha olimpiada halqalaridan kelib chiqib qo‘yilgan va u olimpiadan deb nomlanadi. Olimpiadan 1994-yilda kashf etilgan (o‘sha yili mustaqil O‘zbekiston tarixda birinchi marta olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan. Lillixammerda bo‘lib o‘tgan qishki olimpiada o‘yinlarida, vatanimiz tarixidagi eng birinchi olimpiada medali – Lina Cheryazova tomonidan qo‘lga kiritilgan edi).

 


[1] Methionylglutaminylarginyltyrosylglutamylserylleucylphenylalanylalanylglutaminylleucyllysylglutan
ylarginyllysylglutamylglysylalanylphenylalanylvalylprolylphenylalanylyalylthreonylleucylglcycylas
partylprolylglicylisoleucyglutamylglutamimlserylleucyllysylisoleucylaspartylthreonylleucylisoleuc
ylglutamylalanylglyclyalanylaspartylalanylleucyglutamylleucylgluycylisoleucylproluylphenylalanyse
rylaspartyprolylleucelalanylaspartylglycylprolylthreonylisolleucyglutaminylasparagimylalanythreon
ylleucylarginylalanylphenylalanylalanylalanylglycylvalylthreonylprolylalanylglutaminylcysteinylph
enylalanylglglutamylmthionylleucalanylleucylisoleucylarginylglutaninyllysylhistidylpooyuthreonyoi
soleucylprolylisoleuclglycylleucylleucylmethiolnyltyrosylalanylasbaraginylleucylvalylphenylalanyl
sparaginyyllysylglycylisoleucylaspartylglutamylphenylalanylyltyrosylalanylglutaminylcysteinylglut
amyllysylvalylglycylvalylspartylserylvalylleucylvallalanylaspartylvalylprolylvalvlglutaminylglutam
ylserylalanylprolyiphenylalalrginylglutaminylalanylalanylleucylarginylhistidylasparaginylvalylalal
prlylisoleucylphenylalanylisoleucylcysteinylprolyprolylaspartylalanylaspartyspartyleucylleucylargi
nylglutaminylisoleucylalanylseryltyroslglycylarginylglycyltyrosylthreonyltyrosylleucylleucylseryla
rginlalanylglycylvalylthreonylglycylalanylglutamylasparaginylarginylanylalanylleucylprolylleucylas
paaginylhitidylleucylvalylalanyllysylleucyllysylglutamyltyrosylasparagimylalanylalanyprolylprolyll
eucylglutaminylglycyphenlalanylglycylisoleyucylserylalanylprolylaspartymgmutaminylvalyllysylalanyl
alanylisoleucylalspartylalanylglycylalanylalanylglycylalanylasoleucylserylglycylserylalanylisoleuc
ylbalyllysylisoleucylisoleucylglutamylglutaminylhistidylasparaginlisoleucylglutamylpronylgluotamyl
lysylmethionylluecylalanylalanyoeucyllysylvalylphenylalanylvalylglutamilylprolylmethionyllysylalan
ylalanylthreonylarginylserine

 

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 26.10.2019 16:41  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

"Dohiyona" qisqartirish:

????????????????????????



Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!