Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Maqolalar O‘z zakosi bilan dunyoni lol qoldirgan va Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan 15 olima

O‘z zakosi bilan dunyoni lol qoldirgan va Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan 15 olima

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

O‘z zakosi bilan dunyoni lol qoldirgan va Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan 15 olima

Mart oyi avvalida biz ayollarimizni tabriklash, ularning yutuq va muvaffaqiyatlarini e’tirof etishga kirishib ketamiz. Sababi ayon. Chunki, xalqaro xotin-qizlar kuni 8-mart bayrami shukuhi hammani shunga chorlaydi. Shu ma’noda, biz ushbu maqolada, Nobel mukofoti tarixida o‘ziga xos yorqin nom qoldirgan, o‘z ilmiy faoliyati bilan odamzotga haqiqatan ham katta naf keltirgan olimalardan 15 nafari haqida ma’lumot ulashmoqchimiz. Aytish joizki, ularning ayrimlari, o‘z fan sohalarida eng yetakchi olima o‘laroq, hatto erkak hamkasblarini ham zakovat bobida ortda qoldirishgan, hamda, ushbu fanning eng ilg‘or qanotlari bilan parvoz qilishgan. Ushbular bilan tanishar ekansiz, ayollarning aqliy salohiyatiga bo‘lgan bepisandlik aslida mutlaqo noto‘g‘ri ekanini xulosa qilasiz. Marhamat:

1. Mariya Kyuri

Yo‘nalishi: Fizika (1903-yil) va kimyo (1911-yil).

Mariya Kyurining ilmiy ishlari jahon afkor ommasiga XIX va XX-asrlar tutashgan yillarda ma’lum bo‘ldi. Uning ayniqsa radioaktivlik hodisasini tadqiq qilish borasidagi mehnatlari hozirgi kun fizikasi uchun ham katta poydevor bo‘lgan. Asli kelib chiqishi polyak bo‘lgan va shu sababli ham, asli familiyasi Sklodowska bo‘lgan Mariya, Parijda ta’lim olgan va shu yerda fizik olim Pyer Kyuri bilan tanishib, u bilan turmush qurgan. Shu sababli ham, uning ilmiy ishlari Mariya Kyuri nomi ostida tanilgan. Mariya Kyuriga avvaliga 1903-yilda radioaktivlik hodisasini kashf qilganligi uchun, fizika yo‘nalishidagi Nobel mukofoti berilgan bo‘lsa, 1911-yilga kelib endi u kimyo yo‘nalishida – poloniy va radiy elementlarini kashf qilganligi uchun Nobelga musharraf bo‘ldi.

2. Iren Kyuri

Yo‘nalishi: Kimyo, 1935-yil.

Iren Kyuri Mariya va Pyer Kyurilarning qizi bo‘lib, u ilm-fanda onasining davomchisi bo‘lgan. Iren Kyuri ham asosiy ilmiy faoliyatini radioaktivlik hodisasini tadqiq qilishga bag‘ishlagan. U o‘z Nobelini sun’iy radioaktivlik hodisasini kashf qilganligi uchun olgan edi. Iren Kyurining ilmiy ishlari asosida olingan ko‘plab sun’iy radioaktiv izotoplar zamonaviy tibbiyotdagi muhim yutuqlar uchun, chunonchi saraton kasalliklarini davolovchi preparat va uskunalar uchun poydevor bo‘lib xizmat qilgan.

3. Gerta Tereza Kori

Yo‘nalishi: Tibbiyot, 1947-yil.

Familiyasi ona va qiz Kyurilarga o‘xshasa-da, lekin, Gerta Tereza Korining ularga qarindoshligi yo‘q. U Chexiyada, Pragada tug‘ilgan. Asosiy ilmiy faoliyatini Avstriya va AQSHda olib borgan. Korining tadqiqotlari asosan odam tanasidagi metabolizm jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Xususan, u sut kislotasining hosil bo‘lishi va keyinchalik uni jigarda glikogenga aylanish jarayonini kashf etganligi bilan nom qoldirgan. Hozirda ushbu jarayon fanda «Kori jarayoni» deyiladi. Korining ilmiy ishining eng muhim ahamiyati shundaki, u diabet kasalliklarining mohiyatini anglashda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Gerta Tereza Kori – AQSHlik ayollar ichida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan birinchi ayol hamdir.

4. Mariya Gyoppert Mayer

Yo‘nalishi: Fizika, 1963-yil.

Nemis fizigi va matematigi Mariya Gyoppert Mayerni asosan atom fizikasi sohasida ulkan xizmatlari bilan yodga olinadi. U atom yadrosi qobig‘ining modelini fanga taklif etgan edi va aynan ushbu ishi u unga Nobel mukofoti loyiq ko‘rilgan. U shuningdek, atom bombasini tayyorlash jarayonida, maxsus izotoplarni ajratib, yetkazib turish vazifasi bilan ham shug‘ullangan.

5. Doroti Meri Kroufut Xojkin

Yo‘nalishi: Kimyo, 1964-yil.

Garchi, Doroti Kroufutning Nobeli kimyo yo‘nalishida berilgan bo‘lsa-da, aslida, uning ilmiy ishlarining ahamiyati tibbiyot sohasi uchun qadrliroq bo‘lgan. 1910-yilda Qohirada tug‘ilgan ushbu olima o‘z ilmiy faoliyatini Angliyada, Kembrij universitetida olib borgan. U rentgen nurlari vositasida turli biokimyoviy strukturalarni tadqiq qilgan bo‘lib, aynan shu usul bilan, penitsillin va B12 vitamining strukturasini aniqlab bergan edi. Uning mazkur ishlari ayniqsa Anemiyani davolashda katta istiqbollarni taqdim etgan. Aytish joizki, Doroti Kroufut – rentgenoskopik strukturaviy tahlil sohasining asoschisi sifatida, ilm-fan tarixida o‘z nomini zarhal harflar bilan bitdi hamda, rentgenologik kristallografiya sohasi rivoji uchun ham salmoqli hissa qo‘shdi. Uning ishlari asosida, insoniyat biokimyoviy birikmalarning uch o‘lchamli strukturalarini olish va tushunish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

6. Rozalin Sussman Yalov

Yo‘nalishi: Tibbiyot, 1977-yil.

Nyu-Yorkda tug‘ilib, shu yerda faoliyat yuritgan fizik olima Rozalin Sussmanning ilmiy ishlari ham, o‘z sohasi – fizikadan ko‘ra ko‘proq tibbiyot uchun ahamiyatli bo‘lgan. U radioimmunoanaliz sohasi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun ushbu nufuzli mukofotga sazovor bo‘lgan. Ushbu analiz vositasida, radioaktiv izotoplar yordamida organizmdagi gormonlar, viruslar, vitaminlar, fermentlar va ho kazolarning umumiy konsentratsiyasini aniqlash mumkin. Tashxis qo‘yishda ushbu ma’lumotlarning nechog‘lik muhim ahamiyat kasb etishini tushunish uchun esa professional medik bo‘lish shart emas albatta...

7. Barbara Mak-Klintok

Yo‘nalishi: Tibbiyot, 1983-yil.

1902-yilda AQSHda tug‘ilgan olima butun ilmiy faoliyati mobaynida makkajo‘xori genetikasini tadqiq qilish bilan shug‘ullangan. U makkajo‘xorining bir avlodidan ikkinchisiga irsiy axborotning o‘tishini o‘rganish asnosida, mobil gen elementlarini kashf qildi. Uning sitologik va genetik tadqiqotlari asosida, odam va hayvonlarda uchraydigan, Bezgakka o‘xshash, parazitar kasallik - Afrika tripanasomozasi (uyqu xastaligi) ning davosi topilgan edi.

8. Rita Levi Montalchini

Yo‘nalishi: Tibbiyot, 1986-yil.

Italiyalik neyrofiziolog olima Montalchini o‘z atrofidagilarni nafaqat o‘ta kuchli zehni va aqli bilan, balki, ayollarga xos bo‘lmagan dangal va qo‘rqmas xarakteri bilan lol qilgan. 97 yil umr ko‘rgan olima 1907-yilda Turinda tug‘ilgan edi. U o‘sish omili va u bilan bog‘liq biokimyoviy jarayonlarni tadqiq qilgan bo‘lib, xususan, NFG-oqsilini kashf qilganligi uchun ushbu mukofotga loyiq ko‘rilgan. Montalchini ilmiy ishlari ayniqsa Altsgeymer kasalligining sabablarini aniqlashda katta o‘rin tutadi.

9. Gertruda Elion

Yo‘nalishi: Tibbiyot, 1988-yil.

Gertruda Elion tibbiyotning juda xilma-xil sohalarda izlanish olib borgan bo‘lib, uning kashfiyot va ixtirolari o‘zidan boshqa yana bir necha kishining nomini ilm-fan tarixiga muhrlashga yetgan bo‘lardi. Xususan, uning izlanishlari asosida bezgak, OITS, hamda, oqqon kasalliklarida bemorlarga katta naf beruvchi dori vositalari yaratilgan. Shuningdek, tanaga tushgan yot to‘qimalarning faoliyatini to‘sib qo‘yuvchi «Imuran» preparatini ishlab chiqqan mutaxassis ham aynan Elion bo‘ladi. Gertruda Elionning ixtirolari ko‘plab kasalliklarni davolash metodikasida keskin ijobiy o‘zgarishlar taqdim etgan.

10. Xristiana Nyuslayn-Folxard

Yo‘nalishi: Tibbiyot, 1995-yil.

Germaniyalik biolog olima Xristiana Nyuslayn-Folxard 1942-yilda Magdeburgda tug‘ilgan. Uning ilmiy ishlari embrional rivojlanish sohasiga taalluqli bo‘lib, ko‘plab tug‘ma kasalliklarni oldini olish hamda, o‘z vaqtida davolash borasida g‘oyat muhim yangi imkoniyatlarni taqdim etgan.

11. Fransuaza Barri-Sinussi

Yo‘nalishi: Tibbiyot, 2008-yil.

1947-yilda Parijda tug‘ilgan ushbu olima hozirgi kunda, XXI-asr vabosi deya nom olgan bedavo kasallik – OITS xastaligini qo‘zg‘atuvchi retrovirusni kashf qilgan shaxsdir. U 1983-yilda, limfa tugunlari shishib ketgan bemorlar qonida aynan limfositlarga hujum qilayotgan retrovirusni aniqladi. Keyinchalik, ushbu virus tibbiyotda immun tanqisligi virusi deb nom olganini ko‘pchilik yaxshi biladi.

12. Donna Strikland

Yo‘nalishi: Fizika, 2018-yil.

Kanadada tug‘ilib o‘sgan olima Donna Strikland, fizikaning optika sohasi mutaxassisi hisoblanadi. U yaratgan yuqori intensivlikdagi ultraqisqa lazer impulslarini hosil qilish texnologiyasi juda keng amaliy qo‘llash sohasiga ega bo‘lib, birinchi navbatda, ko‘rish qobiliyatini tiklash va davolash yo‘nalishida muhim ahamiyat kasb etadi.

13. Frensis Gamilton Arnold

Yo‘nalishi: Kimyo, 2018-yil.

Bu olimaning tadqiqotlari biomuhandislik va biokimyo sohalarida bo‘lib, asosan, inson tanasida fermentlarning ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlanadi. 1956-yilda tug‘ilgan Gamilton 2018-yilda «yo‘naltirilgan evolyutsiya sohasidagi ishlari uchun» Nobel mukofotiga erishgan. U kashf qilgan bir necha oqsillar orqali, biokimyo sohasidagi zalvorli masalalarga yechim topilishi kutilmoqda.

14. Linda Bak

Yo‘nalishi: Tibbiyot, 2009-yil.

Sietl shahrida 1947-yilda tug‘ilgan biolog olima Linda Bak o‘z ilmiy ishlari orqali, odamning hid bilish sistemasi mexanizmlarini ochib bergan edi. Unga ko‘ra, odam burni hidlarni kodlash uchun maxsus kombinatorika sxema qo‘llashi ma’lum bo‘lgan hamda, hid bilish sensor neyronlari kashf qilingan edi.

15. Ada Yonat (Lifshits)

Yo‘nalishi: Kimyo, 2009-yil.

Isroil mamlakatidan chiqqan birinchi Nobel mukofoti sohibasi Ada Yonatning ishlari asosan kristallografiya sohasida bo‘lib, u o‘zining ribosoma strukturasini tadqiq qilishga bag‘ishlangan ilmiy ishlari uchun mazkur nufuzli mukofotga loyiq ko‘rilgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda:https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda:@OrbitaUz

Google+ :https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz:https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 11.03.2019 16:02  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar qizil qalpoqcha,
bo'ridan yorug'lik tezligiga yaqin tezlikda qochsa,
u infraqizil qalpoqchaga aylanadi...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11557722

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)