Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa SI bo'yicha qoidalar SIning old qo'shimchalari

SIning old qo'shimchalari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 13
Juda yomon!A'lo! 

SIning old qo'shimchalari

11-O'TXK da (1960, Rezolyutsiya 12, CR 87) SI birliklarining, 1012 dan 10-12 gacha bo'lgan oraliqdagi o'nli karrali va ulushli qiymatlarining nomlari va belgilarini ifodalashda foydalanish uchun, old qo'shimhchalar va ularning belgilari tartibini tasdiqladi. 10-15 va 10-18 lar uchun old qo'shimchalar, 12-O'TXK tomonidan (1964, Rezolyutsiya 8, CR 94); 1015 va 1018 lar uchun old qo'shimchalar esa, 15-O'TXK tomonidan (1975, Rezolyutsiya 10; CR 106 va Metrologia 1975, 11, 180-181); 1021 ; 1024 ; 10-21 va 10-24 lar uchun old qo'shimchalar esa, 19-O'TXK (1991, Rezolyutsiya 4, CR 185 va Metrologia 1992, 29, 3) tomonidan kitirilgan.

Quyidagi jadvalda, tasdiqlangan barcha old qo'shimchalar ro'yxati keltirilgan.

 

SI ning old qo'shimchalari.

Ko'paytuvchi

Nomi

Belgisi

Ko'paytuvchi

Nomi

Belgisi

101

deka

da

10-1

detsi

d

102

gekto

g (h)[1]

10-2

santi

s

103

kilo

k

10-3

milli

m

106

mega

M

10-6

mikro

mk (-)[2]

109

giga

G

10-9

nano

n

1012

tera

T

10-12

piko

p

1015

peta

P

10-15

femto

f

1018

eksa

E

10-18

atto

a

1021

zeta

Z

10-21

zepto

z

1024

yotta

Y

10-24

yokto

y

 

Old qo'shimchalarni, matnda qo'llanilayotgan birlikning turidan qat'iy nazar, u bilan ifodalanayotgan birlik yoki, uning belgisi bilan birga, oraliq joy qoldirmasdan, tik shrift bilan yozish kerak. Deka (da), gekto (g) va kilo (k) old qo'shimchalari istisno qilingan ravishda, karrali qiymatlarni ifodalovchi barcha old qo'shimchalarning belgilari bosh harflar bilan yoziladi; ulushli qiymatni ifodalovchi barcha old qo'shimchalarning nomlari esa, doimo kichik harflar bilan yoziladi. So'z boshida kelgan holatdan boshqa barcha holatlarda, barcha old qo'shimchalarning nomlari kichik harflar bilan yoziladi.

Birlik belgisi bilan old qo'shimcha belgisini birlashtirish orqali hosil qilingan belgilar guruhi, (tegishli belgining karrali, yoki, ulushli shaklini o'zida namoyon qilivchi) o'zaro ajralmas bo'lgan yangi belgi turini tashkil qiladi va bunday belgini, musbat va manfiy darajalarga ko'tarish, yoki, boshqa belgilar bilan, tarkibiy birliklarning belgilari tarzida o'zaro birlashtirib qo'llash mumkin bo'ladi.

Misollar: 2.3 sm3 = 2.3 (sm)3 = 2.3 (10-2 m)3 = 2.3 · 106 m3 ;

1 sm-1 = 1 (sm)-1 = 1 (10-2 m)-1 = 102 m-1 = 100 m-1 ;

1 V/sm = (1 V)/(10-2 m) = 102 V/m = 100 V/m ;

5000 mks-1 = 5000 (mks)-1 = 5000 (10-6 s)-1 = 5·109 s-1 ;

Huddi shuningdek, old qo'shimchalarning nomlari ham, nazarda tutilayotgan birlik nomi bilan birgalikda qo'shib yoziladi va ular o'zaro ajralmasdirlar. Ya'ni, masalan, millimetr, mikropaskal va meganyuton kabilar - alohida so'z tarzida emas, aynan bitta so'z shaklida ifodalanadi.

Old qo'shimchalarning belgilaridan foydalanishda, ikki yoki undan ortiq old qo'shimchaning belgisini o'zaro birlashtib ishlatish mumkin emas. Bu qoida shuningdek, old qo'shimchalaring nomlariga ham taaluqlidir.

Old qo'shimchalarning belgilari yakka holda qo'llanishi, yoki, bir (1 raqami) birligiga nisbatan ishlatilishi mumkin emas. Huddi shuningdek, old qo'shimchalrning nomlari ham bir birligiga va 1 soniga nisbatan qo'llanilishi mumkin emas.

Old qo'shimchalar va ularning belgilari, SI tarkibiga kirmaydigan (5-bo'libga qarang) birliklarning aksari bilan birga qo'llaniladi, biroq, ular hech qachob vaqt o'lchov birliklari: daqiqa, daq; soat, soat; soniya, s; kun; k lar bilan birgalikda ishlatilmaydi. Biroq, astronom olimlar, juda kichik burchaklarni o'lchash va ifodalash uchun, millisekund[1], mas; va mikroekund, mkas birliklarini qo'llashadi.


[1] o'zbek tilida, vaqt birligi nazarda tutilayotganida "soniya" tarzida, burchak va yoy o'lchami birligi nazarda tutilayotganida esa, "sekund" tarzida ifodalansa, adashmovchlik va ikkiyoqlamalik oldi olingan bo'lar edi (izoh-tarjimondan).


[1] Karrali qiymatni ifodalovchi old qo'shimchalarning belgilari ichida "gekto" ning belgisi, o'zbek tilida (g) va xalqaro (h) tariqasida o'zaro farqalanadi

[2] Ulushli qiymatni ifodalovchi old qo'shimchalarning belgilari ichida "mikro" ning belgisi, o'zbek tilida (mk) va xalqaro (-) tariqasida o'zaro farqalanadi.

Yangilаndi: 23.01.2025 14:38  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:
Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

"Dohiyona" qisqartirish:

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 885
O'qilgan sahifalar soni : 12099447

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)