Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Oy toshlari

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Oy toshlari

Yerdan turib ham qurollanmagan ko‘z bilan sirtini kuzatish mumkin bo‘lgan yagona osmon jismi - Oy bo‘ladi. Oyni o‘rganish bo‘yicha zamonaviy tadqiqotlar butun boshli mustaqil fan - selenologiyani shakllantirgan. Oyga uyishtirilgan kosmik parvozlar esa uning sirtiga oid jinslarni, ayniqsa, Oy toshlarini o‘rganish imkonini berdi. Oy toshlarining oxirgi partiyasi Yerga 1976-yilda keltirilgan edi.

Oy bizga faqat bir tarafi bilan qarab turadi. Lekin bu Oy umuman harakatsiz degan noto‘g‘ri taassurot uyg‘otmasligi lozim. Oy ham o‘z o‘qi atrofida aylanadi. Lekin, uning o‘z o‘qi atrofida aylanish jarayoni juda olis uzoq o‘tmishda uning Yer atrofida aylanish jarayoni bilan sinxronlashib, uyg‘un monandlikka kelgan. Yani, Oyning o‘z o‘qi atrofida aylanish davri uning Yer atrofini aylanib chiqish davriyligi bilan tenglashib qolgan va shu sababli, har ikkala jism muttasil aylanishda bo‘lgani bilan, baribir biz Oyning faqat bir tarafini ko‘ramiz.

 

Bu effektni fanda ko‘taruvchi istilo deyiladi. Aynan shu effektga ko‘ra, Oy ham yerdagi okean va dengiz suvlarini ko‘tarilishga majbur qiladi. Shuningdek, aynan shu effektga ko‘ra Yer ham Oydagi tuproq jinslarini o‘ziga qaragan tarifiga ko‘proq markazlashib to‘planishga majbur qilgan. Ya'ni, Oyning bizga qaragan tarafi bo‘rtiqroq bo‘lib, Yerning tortish kuchi tufayli bu tarafda materiya ko‘proq markazlashgan. Albatta, Oyning umumiy massasi va hajmiga nisbatan bu bo‘rtiqlik unchalik ham sezilarli darajada emas. Oy tuproq va tog‘ jinslarining Yerga qaragan tarafda ko‘proq to‘planishi uning aynan shu tarafida og‘irlik jamlanishiga sabab bo‘lgan va bu narsa Oyning aylanishni borgan sari sekinlashtirib, oxir-oqibatda uning Yerga nisbatan holati muvozanatlashib, doimiy bir xil barqarorlikka erishishiga sabab bo‘lgan.

Albatta, Oyning Yerdan ko‘rinishi doimiy bir xil emas va u Quyoshga nisbatan doimiy barqaror emas. Biz uning faqat Quyosh yoritib turgan qismini ko‘ramiz va shu sababli ham, yangi Oy chiqqan paytda hilolni, to‘lgan paytda to‘linoyni va oy oxirida oy o‘rog‘ini kuzatamiz.

Oy dengizlari.

Oyning Yerdan qaraganda eng yaqqol ko‘zga tashlanadigan jihati - uning yuzidagi «dog‘lari» bo‘lib, avvalgi asrlarda yashab o‘tgan astronomlar ushbu dog‘larni suv bilan to‘lgan havzalar deb o‘ylashgan. Shu sababli ham Oyning ushbu joylarni dengizlar deb atash urfga kirib qolgan. Oy dengizlari bir-biridan g‘alati nomlarga ega. Masalan, «Bo‘ronlar okean», «Tinchlik dengizi», «Kamalak ko‘rfazi» kabi nomlar aynan Oy dengizlariga tegishli. Albatta, ushbu dengizlarda bir tomchi ham suv yo‘q aslida. Mabodo Oyda suv bo‘lgan taqdirda ham, u chuqur kraterlarning Quyosh nuri mutlaqo tushmaydigan sovuq qa'rida muz holida bo‘lishi mumkin. Oy dengizlari bu - Oyda qadimda faol bo‘lgan Oy vulqonlari tomonidan hosil qilingan pasttekisliklar bo‘lib, lava bilan to‘lgan pastliklardan iborat. Ko‘rinishidan Oy dengizlari uning sirtining katta qismini egallagandek tuyulsa ham, aslida, ular Oy sirtining atiga 16% qismini egallagan xolos. Oyning Yerdan ko‘rinmaydigan teskari tarafida esa Oy dengizlari mutlaqo yo‘q. Buning sababi hanuzgacha astronomlar topa olmagan jumboqlar sirasiga kiradi. Ehtimol, Yerning o‘ta kuchli gravitatsiyasi tufayli, Oyning faqat Yerga qaragan tarafida vulqonlar otilgan bo‘lishi mumkin. Lekin, nima bo‘lganda ham, ushbu jarayon juda qadimda allaqachonlar nihoyalagan bo‘lib, Oy dengizlarining yoshi milliard yildan kam emas.

Oy tog‘lari va pasttekisliklari.

1609-yilda Galiley teleskop bilan Oyga yuzlanmagunicha, odamlar Oyni sirti silliq yumaloq shar deb o‘ylashgan. Lekin, aslida Oy sirti g‘adir-budir va notekis ekanini Galiley guvoh bo‘ldi va boshqalarga ham buni ma'lum qildi. Oyda ham xuddi Yerdagi singari tog‘ tizmalari mavjud ekan. Oy tog‘larini ham Yerdagi tog‘ tizmalarining nomlari bilan atash an'anasi Oyni teleskop bilan kuzatgan dastlabki selenologlardan qolgan. Oy tog‘larini ayniqsa, ular Oy sirtiga uzun soya tashlab turgan paytda kuzatish oson.

1650-yillarda Oyni kuzatgan selenolog Jovanni Batista Richchioli Oydagi kraterlardan birini Kopernik sharafiga nomlashni taklif qilgan edi. o‘shandan buyon, Oy kraterlarini o‘tmishda yashab o‘tgan buyuk astronomlar sharafiga nomlash an'anasi vujudga kelgan. Galileyning o‘zi Oy kraterlarining kelib chiqishi vulqon otilishlari bilan bog‘liq bo‘lsa kerak deb taxmin qilgan edi. Lekin, keyingi sinchiklab o‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, Oy kraterlari asosan meteorit zarbalari natijasida hosil bo‘lgan ekan. Oy sirtida kislorod va suv yo‘qligi, shuningdek shamollar bo‘lmasligi sababli, Oy sirtidagi jinslar eroziyaga uchramaydi va joyidan qo‘zg‘almaydi. Shu sababli, Oy sirtidagi jinslar o‘ta barqarordir. Oy kraterlari ham shunday. Ular asosan bundan 3 milliard yil muqaddam hosil bo‘lgan va o‘shanda qanday yuzaga kelgan bo‘lsa, hozir ham shunday saqlanmoqda. Ular qarimaydi va ko‘milib ham ketmaydi. Oy tuprog‘ini regolit deyiladi va u asosan, meteorit kelib urilishi natijasida parchalanib, uqalanib ketgan Oy toshlarining changidan iborat.

 

1969-1972 yillarda Oyga uchirilgan «Apollon» ekspeditsiyalari jami bo‘lib Yerga 400 kg ga yaqin Oy tuprog‘i va toshlaridan namunalar keltirgan edi. Oydan keltirilgan toshlar asosan vulqon otilishidan hosil bo‘lgan bo‘lib, qizigan va erigan lavaning sirtga otilib chiqishi va keskin sovishi tufayli yuzaga kelgani aniqlangan. Geolog olimlar sinchiklar o‘rganishlari shuni ko‘rsatdiki, Oy tuprog‘i va toshlari ham Yerdagi jinslarga juda-juda o‘xshash, tarkiban o‘ta yaqin ekan. Eng asosiy farq shunda ediki, Oydan keltirilgan jinslarda Yerdagi og‘ir metallar mavjud emas ekan. Shunga ko‘ra, olimlar juda uzoq qadim o‘tmishda Oy va Yer aslida bitta jism bo‘lgani va keyinchalik, qandaydir favqulodda ulkan kosmik falokat tufayli, masalan, Yerning biror kometa yoki sayyora bilan to‘qnashishi sababli, undan muayyan bo‘lak ajrab, Oy sifatida tabiiy yo‘ldosh bo‘lib qolgan degan farazlarni ilgari surishga olib kelgan. Ushbu kosmik to‘qnashuv kamida 4 milliard yil muqaddam ro‘y bergani taxmin qilinadi.

Oyning Yerga qaragan (chapda) va Yerdan ko'rinmaydigan (o'ngda) taraflarining fototasviri


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 21.11.2018 11:13  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyogar ota o'z oshnalariga maqtanmoqda:

-Kecha meni o'g'lim tili chiqib, birinchi so'zini gapirdi!

-Nima dedi? Dadami, oyimi?

-Izopropiloftormetilfosfonat...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11841880

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov