Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa SI ning asosiy birliklari Modda miqdori birligi - mol

Modda miqdori birligi - mol

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 93
Juda yomon!A'lo! 

Modda miqdori birligi - mol

Kimyoning fundamental qonunlari kashf qilinganidan so‘ng, kimyoviy elementlar va ularning birikmalarining miqdorini ifodalash uchun masalan, "gramm atom" va "gramm molekula" birliklari qo‘llanilgan. Ushbu birliklarda, qiymatlari amalda juda nisbiy bo‘lgan "Atom massasi" va "molekulyar massa" bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud edi. "Atom massasi" dastavval, bosh kelishuvga ko‘ra, kislorodning atom massasi - 16 ga nisbatan olingan edi. Biroq, fiziklar spektrometrda kislorod izotoplarini ajratib olishganida, ular 16 qiymatini, izotoplardan bittasi uchun, kimyogarlar esa, aynan shu qiymatni (biroz o‘zgaruvchanini) kislorodning 16, 17, 18 izotoplarining o‘zaro aralashmasi uchun qabul qilishdi. Vanihoyat 1959/60 yillar davomida, Xalqaro Amaliy va Nazariy Fizika ittifoqi (IUPAP) va Xalqaro Amaliy va Nazariy Kimyo ittifoqi (IUPAC) bilan o‘zaro hamkorlikda bunday ikkiyoqlamalikka barham berdi. o‘sha vaqtdan buyon fiziklar va kimyogarlar, moddaning atom massasini, to‘g‘riroq aytganda nisbiy atom massasi Ar(12C), massa soni 12 bo‘lgan uglerod 12 izotopi (uglerod 12, 12C) asosida belgilashga kelishib oldilar. Ushbu birlashtirilgan shkalaga ko‘ra, nisbiy atom massa va molekulyar massa (ular shuningdek mos ravishda "Atom massasi" va "molekulyar massa" ham deyiladi) qiymatlarini beradi.

Kimyogarlar tomonidan, kimyoviy elementlar yoki birikmalarning miqdorini aniqlash uchun qo‘llaniladigan miqdor nomini endilikda "Modda miqdori" deb ataladi. Qaralayotgan muayyan modda uchun modda miqdori, boshqa barcha moddalar uchun ham umumiy (universial) bo‘lgan, doimiy o‘zgarmas miqdoriy qiymatga (konstantaga) ega moddaning miqdoriga proporsional nisbatda aniqlanadi. Modda miqdori birligi mol, ramziy belgisi (ham) mol. Mol - uglerod 12 ning massasiga ko‘ra, bir mol uglerod 12 ning o‘zida qancha atom tutishiga qarab aniqlangan. Xalqaro kelishuvga ko‘ra, bir mol uglerod 12 izotopi, 0.012 kg, ya'ni, 12 gramm uglerod miqdori bilan belgilangan.

O‘TXK, 1967-yilda XANFI, XANKI va XST tashkilotlarining taklifiga ko‘ra mol uchun quyidagi ta'rifni ma'qulladi va 1969 yilda uni tasdiqladi. Molning ta'rifi 1971 yilda 14-O‘TXK tomonidan (1971, Rezolyutsiya 3; CR, 78 va Metrologia, 1972, 8, 36) qabul qilindi:

  1. Mol - massasi 0.012 kg bo‘lgan 12C uglerodda qancha atom bo‘lsa, tarkibida shuncha struktur elementlar tutgan sistemaning modda miqdoridir. Uning belgisi - "mol".
  2. Molni tadbiq etishda struktur elementlarni xoslashtirlgan (spetsifikatsiyalashtirilgan) bo‘lishi shart va ular, atom, molekula, ion, elektron va boshqa zarrachalar, yoki zarrachalarning xoslashtirilgan guruhi bo‘lishi mumkin

Bundan kelib chiqadiki, uglerod 12 niong molyar massasi - aniq 12 gramm taqsim mol bo‘lar ekan: M(12C)=12 g/mol

1980-yilda O‘TXQ, Birliklar Konsultativ Qo‘mitasi 1980 (CCU) ning quyidagi axborotini ma'qulladi:

Mazkur tarif, uglerod 12 erkin atomining tinch va standart holati uchun keltirilgan.

Molning ta'rifi shuningdek, har qanday modda uchun bir moldagi struktura birliklarining sonini ifodalovchi universial konstantanig qiymatini ham aniqlaydi. Bu konstantaning nomi - Avogadro doimiysi, belgisi NA yoki L. Agar tanlangan X namunadagi mollar sonini N(x) bilan belgilasak va aynan shu namunadagi modda miqdorini n(X) bilan ifodalasak, quyidagi nisbat o‘rinli bo‘ladi.

n(x)=N(X)/N(A)

shuni e'tiborga olingki, N(x) - o‘lchamsiz kattalik va n(X) ning SI tizimidagi birligi mol, Avogadro doimiysi SI tizimida mol bilan bog‘liq kogerent birlikka ega.

"Modda miqdori" so‘zidagi "modda" so‘zini, ishlatishda qulay bo‘lishi uchun, ta'kidlanayotgan moddaning maxsus nomlar bilan almashtirib, masalan Vodorod xlorid HCl miqdori, yoki Benzol C6H6 miqdori kabi tarzida qo‘llanilishi mumkin. Nazarda tutilayotgan moddaning empirik kimyoviy formulasi keltirish orqali, struktur elementni alohida ta'kidlab aytish muhim (Mol ta'rifning ikkinchi qismida aytilganidek). Garchi "miqdori" so‘zining asosiy lug‘aviy ma'nosi ancha keng bo‘lsa ham, uni "modda miqdori" so‘zining qisqartirilgan shakli sifatida qo‘llashga ruxsat etiladi. Bu qoida shuningdek, "modda konsentratsiyaning miqdori" kabi, keltirib chiqarilgan miqdorlar uchun ham tegishli bo‘lib, uni ham, shunchaki "konsentratsiya miqdori" sifatida qo‘llash mumkin. Shunga ko‘ra, klinik kimyo sohasida, "modda konsentratsiyasi miqdori" nomi, "modda konstentratsiyasi"gacha qisqartirib olingan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 24.12.2018 10:13  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11456662

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!