Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli matematika Chumolilarda qadam hisobi

Chumolilarda qadam hisobi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Chumolilarda qadam hisobi

Chumolilar taxminan 150 million yil muqaddam, o‘rta bo‘r davrida paydo bo‘lgan va kuchli ijtimoiylashgan hashoratlardir. Taxminan 100 million yillar muqaddam tabiatda gullaydigan o‘simliklar ham keng tarqala boshlashi natijasida chumolilarning ham juda ko‘p turlari shakllandi va yer yuzi bo‘ylab tarqalib ketdi.

Sahroi Kabirda yashaydigan chumolilardan bir turi, ya'ni, Cataglypshis fortis (mahalliy xalqlar tilida chopqir chumoli deyiladi) ozuqa izlab sahro bo‘ylab katta masofalarni bosib o‘tadi. Sahro odatda faqat qumliklardan iborat ulkan landshaftlardan iborat bo‘lishini yaxshi bilasiz. Bunda odamlar uchun ham, jonivorlar uchun ham biror bir vizual orientir mavjud bo‘lmaydi. Xullas, o‘z nomi bilan sahro. Shunday sharoitda yashab, harakatlanadigan ushbu tur chumolilari tabiatan ajoyib bir xususiyatga ega.

Ya'ni, ular ozuqa izlab uyadan tashqariga chiqqach, ozuqa topguncha har xil masofalarni bosib o‘tishi mumkin. Lekin, ortga qaytishda, o‘zi turgan joydan o‘z uyasigacha bo‘lgan eng qisqa masofani aniqlay oladi va qaytishda, o‘zi kelgan egri-bugri yo‘l bilan emas, balki, eng qisqa yo‘l bilan ortga yo‘l oladi. Bu chumolilar yo‘nalishni Quyoshga qarab aniqlash bilan birgalikda, shuningdek, o‘zi bosib o‘tgan masofani hisoblab boruvchi "qadam hisoblagich" sezgisiga ham ega ekanligi aniqlangan. Ushbu qadam hisobi asosida esa, chumoli o‘zi bosib o‘tgan masofani aniqlay oladi.

 

Germaniyalik va Shveytsariyalik olimlar birgalikda ushbu chumolilar ustida qator kuzatuv va tajribalar olib borishgan. Ular chumolining oyoqlari uzunligini o‘zgartirib, ya'ni, uzaytirib yoki qisqartirib ko‘rish orqali, chumoli bosib o‘tilgan masofani haqiqatan ham qadamlar soniga ko‘ra aniqlashini isbotlashdi. Masalan, chumoli ozuqa izlab chiqib, yo‘lida biror o‘lja uchratgach, ortga qaytishidan oldin olimlar uning oyoqlarini uzaytirib, yoki qisqartirib qo‘yishgan. Keyin yana chumolini qo‘yib yuborib, kuzata boshlashgan. Shunda, oyoqlari uzaytirilgan chumolilar qadamlar soniga qarab ortga qaytishda o‘z uyasidan o‘tib ketib, uzoqroqqa borib to‘xtashgan. Oyoqlari kaltalangan chumolilar esa aksincha, ortga qaytishda muayyan masofani bosib o‘tib, lekin uyaga yetib bormasdan to‘xtab qolishgan. Lekin, agar chumolining oyoqlari uyasidan chiqishidan avval o‘zgartirilgan bo‘lsa, ular o‘lja topib qaytishni yana aniq uddalay olishgan va qadamlari hisobini to‘g‘ri yurita bilishgan. Bunga ko‘ra, shunday xulosa qilish mumkinki, birinchi holatda chumolilarni adashib ketishiga sabab bo‘lgan narsa bu - ularning oyoqlari uzunligini o‘zgarishi va natijada ularning qadam hisobiga ko‘ra aniqlagan masofa uzunligi o‘zgarib qolganligi bo‘lgan. Chumoli miyasining murakkab buyruqlari esa, unga yo‘l hatto qum barxanlaridan iborat past-balandliklardan iborat bo‘lsa ham, hashorat yo‘nalishni to‘g‘ri belgilay olishi va yo‘lni tekislik tarzida proyeksiyalashini nazorat qilar ekan. Ushbularga ko‘ra, olimlar chumolilarni Yer yuzida sanashni o‘rgangan ilk jonivorlar bo‘lgan degan taxminga kelishmoqda..

Sahroi Kabirda yashovchi yuguruvchi chumolilar o zi bosib o tgan masofani qadam hisobi vositasida aniqlash qobiliyatiga ega.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Ya'ni, ular ozuqa izlab uyadan tashqariga chiqqach, ozuqa topguncha har xil masofalarni bosib o‘tishi mumkin. Lekin, ortga qaytishda, o‘zi turgan joydan o‘z uyasigacha bo‘lgan eng qisqa masofani aniqlay oladi va qaytishda, o‘zi kelgan egri-bugri yo‘l bilan emas, balki, eng qisqa yo‘l bilan ortga yo‘l oladi. Bu chumolilar yo‘nalishni Quyoshga qarab aniqlash bilan birgalikda, shuningdek, o‘zi bosib o‘tgan masofani hisoblab boruvchi �qadam hisoblagich� sezgisiga ham ega ekanligi aniqlangan. Ushbu qadam hisobi asosida esa, chumoli o‘zi bosib o‘tgan masofani aniqlay oladi.

Germaniyalik va Shveytsariyalik olimlar birgalikda ushbu chumolilar ustida qator kuzatuv va tajribalar olib borishgan. Ular chumolining oyoqlari uzunligini o‘zgartirib, ya'ni, uzaytirib yoki qisqartirib ko‘rish orqali, chumoli bosib o‘tilgan masofani haqiqatan ham qadamlar soniga ko‘ra aniqlashini isbotlashdi. Masalan, chumoli ozuqa izlab chiqib, yo‘lida biror o‘lja uchratgach, ortga qaytishidan oldin olimlar uning oyoqlarini uzaytirib, yoki qisqartirib qo‘yishgan. Keyin yana chumolini qo‘yib yuborib, kuzata boshlashgan. Shunda, oyoqlari uzaytirilgan chumolilar qadamlar soniga qarab ortga qaytishda o‘z uyasidan o‘tib ketib, uzoqroqqa borib to‘xtashgan. Oyoqlari kaltalangan chumolilar esa aksincha, ortga qaytishda muayyan masofani bosib o‘tib, lekin uyaga yetib bormasdan to‘xtab qolishgan. Lekin, agar chumolining oyoqlari uyasidan chiqishidan avval o‘zgartirilgan bo‘lsa, ular o‘lja topib qaytishni yana aniq uddalay olishgan va qadamlari hisobini to‘g‘ri yurita bilishgan. Bunga ko‘ra, shunday xulosa qilish mumkinki, birinchi holatda chumolilarni adashib ketishiga sabab bo‘lgan narsa bu - ularning oyoqlari uzunligini o‘zgarishi va natijada ularning qadam hisobiga ko‘ra aniqlagan masofa uzunligi o‘zgarib qolganligi bo‘lgan. Chumoli miyasining murakkab buyruqlari esa, unga yo‘l hatto qum barxanlaridan iborat past-balandliklardan iborat bo‘lsa ham, hashorat yo‘nalishni to‘g‘ri belgilay olishi va yo‘lni tekislik tarzida proyeksiyalashini nazorat qilar ekan. Ushbularga ko‘ra, olimlar chumolilarni Yer yuzida sanashni o‘rgangan ilk jonivorlar bo‘lgan degan taxminga kelishmoqda.

Yangilаndi: 03.12.2018 12:13  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma'lumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11617485

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov