Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Ixtirolar tarixi Cho‘g‘lanma lampa

Cho‘g‘lanma lampa

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 15
Juda yomon!A'lo! 

Cho‘g‘lanma lampa

Yaqin yillar ichida cho‘g‘lanma lampalar ham tarixga aylanadi. Chunki, ularning zamonasi deyarli tugadi va deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda yoritish tizimlari uchun energiya tejamkor fluoressent lampalardan foydalanishga o‘tilmoqda. Shunga qaramay, cho‘g‘lanma lampaning ham insoniyat tarixidagi ko‘p yillik munosib o‘rnini va xizmatini e'tirof etmaslik adolatdan emas. Deyarli 1 asrdan ziyod vaqt mobaynida cho‘g‘lanma lampalar yoritish tizimlari uchun eng maqbul lampa sifatida idoralar va xonadonlar shiftida o‘z muqim o‘rniga ega bo‘lib keldi. Cho‘g‘lanma lampalar - dunyoni o‘zgartirgan ixtirolardan biridir.

Cho‘g‘lanma lampa - issiqlik energiyasini yorug‘likka aylantirib berish orqali nur taratuvchi sun'iy yoritish manbasidir. Bunda lampa ichida joylashtirilgan va qiyin eruvchan metalldan tayyorlangan o‘ta ingichka spiral metall tola (odatda u volfram metallidan tayyorlangan bo‘ladi) qiziganida o‘zidan nur chiqarishi xossasidan foydalaniladi. Metallning oksidlanish natijasida lampa ishdan chiqishini oldini olish maqsadida, lampa ichidagi havo so‘rib olinadi, ya'ni, vakuumli muhit hosil qilinadi.

 

Cho‘g‘lanma lampani ixtiro qilgan shaxs sifatida odatda deyarli hamma Amerikalik muhandis Tomas Alava Edisonni taniydi va tan oladi. Aslida Edison cho‘g‘lanma lampani ixtiro qilgan eng birinchi shaxs emas. Xususan, cho‘g‘lanma lampani muvaffaqiyatli variantini ixtiro qilgan va amalda qo‘llay olgan ilk muhandislardan biri Angliyalik kimyogar va fizik, Jozef Suon (1828-1914) haqida ham albatta yodga olib o‘tish joiz. U 1878-yilda o‘zi ixtiro qilgan cho‘g‘lanma lampa uchun Britaniya patentini olgan. Suon lampalarida siyrak kislorodli muhitda joylashtirilgan ingichka ko‘mir tola orqali elektr toki o‘tkazilishi natijasida, yorqin yorug‘lik nurlari olish mumkin edi. Aslida Suon lampani ancha yillar muqaddam, ya'ni, 1850-yillar o‘rtalarida ixtiro qilgan bo‘lib, uning 1860-yilda olgan ilk patenti muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Chunki, o‘sha paytda Suon lampa ichida vakuum hosil qilishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olmagan edi. Adolat yuzasidan qayd etib o‘tish joizki, cho‘g‘lanma lampani Suondan ham avval tajriba qilib ko‘rgan boshqa olimlar ham bo‘lgan. Chunonchi, 1840-yilldarda yana bir ingliz olimi, astronom Uorren de la Ryu (1815-1889) ham platina spirali asosida tayyorlangan cho‘g‘lanma lampani yasab namoyish qilgan edi. 1854-yilda esa olmon muhandisi, asli kasbi soatsoz usta bo‘lgan Genrix Gyobel ham amaliy qo‘llash mumkin bo‘lgan, vakuumli muhitda joylashtirilgan ingichka metall tola asosidagi ilk cho‘g‘lanma lampani tayyorlab namoyish qilgan.

Unda nima sababdan ko‘pchilik Gyobel, de la Ryu va Suon kabi ixtirochilar haqida eshitmagan va cho‘g‘lanma lampa ixtirochisi sifatida hamma joyda Edison qayd etiladi?

Aytish mumkinki, Edisonning muvaffaqiyati - uning ixtirosini ommalashishiga xizmat qilgan qator omadli omillar tufaylidir. Chunonchi uning cho‘g‘lanma lampalarida xizmat muddati uzoqroq bo‘lgan ingichka metall tola qo‘llanilgan. Bunda lampaning cho‘g‘lanma tolasi 1200 soat mobaynida nur taratib tura olgan. Qolaversa, Edison lampalarida vakuum kuchliroq va barqaror bo‘lgan. Boz ustiga, u ko‘p sonli lampalar o‘rnatilishi taqozo etilgan joylarda elektr quvvatini chiroqlar soni bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash tizimini ishlab chiqqan edi.

Eng asosiysi, Edison o‘z ixtirosi orqali muvaffaqiyatli biznes yurita olgan va marketingni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bilan katta miqdorda iqtisodiy naf ham ko‘rgan. Bu omil esa unga mazkur yo‘nalishdagi yangi va istiqbolli loyihalarga investitsiya kiritish yo‘li bilan, elektr yoritish chiroqlarining yangi-yangi avlodlarini ishlab chiqish, takomillashtirish imkonini bergan. U yirik bino va inshootlardan tortib, butun boshli mahallalar (kvartallar {#emotions_dlg.smile}) va shaharning shoxko‘chalarini yoritish loyihalarini amalga oshirgan va natijada yirik mulkdor - milliarderga aylangan.

Bugungi kunda cho‘g‘lanma lampalardan foydalanish ' energiya tejamkorlik nuqtai nazaridan qaralganda g‘oyat samarasiz va aytish joizki, isrofgarchilikka asoslangan amaliyotdir. Albatta, o‘z davrida cho‘g‘lanma lampalar insoniyatga benazir xizmat qildi. Ular o‘sha zamonlargacha zulmat ichida bo‘lgan ko‘chalarga yorug‘lik, charog‘onlik olib kirdi. Katta shaharlarda esa, shoxko‘chalardagi moyli mash'alalar va zaharli gaz bilan to‘ldirilgan gazli lampalar o‘rniga, xavfsiz va samarador yechim bo‘lib kelgan edi. Lekin endi, XXI-asrda cho‘g‘lanma lampalarning ham davri o‘tdi. Aytilganidek, bunday lampalar eng avvali energiya sarfi bo‘yicha samarasizdir. Chunonchi, cho‘g‘lanma lampa o‘zi iste'mol qilayotgan energiyaning atiga 10% qisminigina foydali ishga, ya'ni, - yorug‘likka aylantirib beradi xolos. Qolgan 90% energiyani esa u issiqlik tarzida atrofga taratib yuboradi. Masalan, ayniqsa yoz kunlarida ushbu issiqlik energiyasi shunchaki atrof muhitga besamar tarqab ketadi. Aynan shu sababdan, so‘nggi yillarda deyarli barcha rivojlangan davlatlarda cho‘g‘lanma lampalardan foydalanish asta-sekinlik bilan tugatilmoqda. Ba'zi davlatlarda esa bunga Davlat hokimiyati darajasida e'tibor qaratilgan bo‘lib, maxsus qonunlar ham qabul qilingan. Xususan, Vatanimiz - o‘zbekiston Respublikasida ham cho‘g‘lanma lampalarni ishlab chiqarish va sotishni to‘xtatish borasida tegishli hukumat qarorlari qabul qilingan.

Lekin, bu degani, cho‘g‘lanma lampalardan endi butunlay voz kechish kerak degani ham emas. Chunki, ayrim tibbiyot uskunalarida, o‘quv-laboratoriya jihozlari va biotexnologik qurilmalarda, boshqa turdagi lampalar cho‘g‘lanma lampaning o‘rnini bosa olmaydi. Shu sababli, yuqoridagi kabi maxsus uskunalar uchun cho‘g‘lanma lampalardan foydalanish davom etishi tabiiy.

Edison lampochkasi. Unda uglerodli tola qizishi evaziga yorug‘lik taralgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 24.11.2018 21:35  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar arktangens shimoliy yarimsharda mavjud bo'lsa,
demak, janubiy yarimsharda

Antarktangens ham mavjuddir!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11595326

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)