Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa

Arximed qonunining kashf etilishi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 34
Juda yomon!A'lo! 

Arximed (mil.avv. 287-212 y.) Yunonistonning Sirakuza shahrida deyarli butun umr shu shaharda yashab otgan. Uning otasi Fidiy ismli munajjim bolib, shahar hokimi Gieron huzuridagi kozga koringan arboblardan biri bolgan. Arhimed ham koplab zmondoshlari singari, Misrdagi Ptolomeylar sulolasi tomonidan asos solingan ilgor ilm-fan, yetuk mutafakkirlar olimlar va eng katta kutubxonalar maskani - Iskandariyada ta'lim oldi.

Iskandariyadagi ta'lim yakunlanganidan song, Arximed Sirakuzaga qaytdi va oz otasining hizmat vazifasini davomchisi sifatida faoliyat yuritdi.

Nazariy fan sohasida ushbu buyuk olimning mehnatlari tahsinga loyiq bolgan. Arximedning asosiy ilmiy ishlari matematika va geometriya, gidrostatika, mexanika hamda fizika sohalaridagi muammolarining amaliy yechimlarga tadbiqi bolgan. Parabola kvadraturasi asarida Arximed parabolaik segmentning maydonini hisoblash usulini batafsil bayon etdi. Shuni ta'kidlash kerakki, Arximed, integral hisoblashlar kashf etilishidan ikki ming yil avval ushbu yechimni uddalagan. Aylana olchamlari haqida asarida esa Arximed pi sonini qiymatini aniqladi va uning har qanday aylana uchun ozgarmas qiymat ekanligini isbotladi. Biz hozirgacha butun sonlarni Arximed oylab topgan usul bilan hisoblaymiz.

Qadimiyatning buyuk notiqi sifatida bizga ma'lum bolgan Sitseron Arximed sferasi - Osmon jismlarining yer atrofida aylanishi modelini korib, bu Sitsiliyalik odam tabiatan imkonsiz bolgan aqliy qobiliyat egasi deb ta'rif bergan ekan.

Arximed shuningdek jismlar faqat olcham va shaklgagigina ega bolib qolmay, balki ular ma'lum kuch ta'siri tufayli harakatlanishi yoki harakatdan toxtab muvozanatlanishi mumkinligini ilmiy asoslashga harakat qilgan va buni u matematikaning yangi yonalishi sifatida, geometrik shaklga ega bolgan moddiy jismlar, ayni holatda holatda oz vaznini ham saqlashi tarzida ifodalagan. Mohiyatan bu ratsional geometriya - mexanika, statika va gidrostatikaning boshlanishi deb hisoblash mumkin.

Gidrostatika borasidagi izlanishlarini Arximed ozining Jismlarning suzishi asarida bayon qiladi. Tasavvur qilamiz - mulohaza qiladi olim, - suyuqlik shunday tabiatga egaki, agar suyuqlik biror idishga zichlanmagan va boshqa bir narsa bilan siqilmayotgan bolsa undagi bir sathda joylashgan va bir biriga jipsroq joylashgan zarrachalarning nisbatan kam siqilganlari, oziga nisbatan tik joylashgan, nisbatan koproq siqilganlari tomonidan itariladi.

Ushbu farazga asoslanib Arximed, quyidagi hodisalarni matematik jihatdan asoslab isbotlab beradi:

1) Suyuqlik bilan teng vaznga ega bolgan jism unga tushirilganida (botirilganida) u suyuqlikka shunday botadiki, uning biror qismi suyuqlik ustiga chiqib qolmaydi va pastga harakatlanmaydi.

2) Agar suyuqlikdan kora yengilroq jism unga botirilsa, jism toliq botmay (chokmay) qoladi va uning bir qismi suyuqlik yuzasida qoladi.

3) Agar suyuqlikdan kora yengilroq jism unga botirilsa, ushbu jism suyuqlikka shunday botadiki, bunda uning ining suyuqlikka botib turgan qismi hajmiga teng hajmdagi suv ogirligi, ushbu jismning umumiy ogirligiga teng boladi.

4) Suyuqlikdan kora yengilroq jism unga tushirilganida, jism hajmiga ten hajmdagi suv ogirligiga teng kuch bilan yuqoriga itariladi.

5) Suyuqlikka undan kora ogirriq jism tashlansa, u ushbu suyuqlik tubiga yetgunicha chokadi va suyuqlik ichida oz hajmiga teng hajmdagi suyuqlik ogirligi miqdoricha yengillashadi.

Songgi 5-ta'rifot amalda, hammaizga ma'lum bolgan mashhur afsona - Sirakuza podshosi Gieronning toji tarkibidagi ma'danlar miqdorini topilishi bilan bogliq holda ochilgan Arximed qonunini ifodalaydi. Arximed qonuning ilk marotaba amalda qollanilishi haqidagi ushbu mashhur hikoya qadimgi Rimlik Vitruviyning Me'morchilik haqida nomli asarida quyidagicha keltiriladi:

...oz mulohazalaridan kelib chiqib u ikkita quyma tayyorladi: biri oltindan, ikkinchisi kumushdan. Keyin u idishni chetlarigacha (lim-lim) qilib suv bilan toldirdi va unga kumush quymani tashladi. Kumush quyma hajmiga teng hajmdagi suv idishdan toshib chiqib ketdi. Quymani chiqarib olib, idishga, undagi kamaygan suv miqdorini toldirishga yetarlicha boladigan hajmda suv quydi va quyayotgan suvi miqdorini sekstariy bilan olchab, qayd qilib oldi. Idish yana eng chetlarigacha limmo-lim suv bilan toldi.

Bu orqali u ma'lum hajmdagi suvga qanday vazndagi kumush togri kelishini aniqlab oldi.

Huddi shu usul bilan u oltinni ham tegishli vazn va unga mos suv hajmi qiymatlarini aniqladi. U oltin quymasini suvdan olgandan song, idishni qayta toldirish uchun sarflangan suv miqdori kumush quyma bilan bolgandagidan kamroq ekanini aniqladi va bu orqali, teng vazndagi oltin va kumushning hajmlari orasidagi farqni topdi!

Keyin esa u, idishni yana suv bilan toldirib, unga tojni tashladi. Shuni aniqladiki, toj, oz vazniga teng bolgan vazndagi oltin quymasiga nisbatan koproq hajmdagi suvni siqib chiqardi; shu tarzda u zargarning toj tayyorlanishida ishlatgan hiylasini va toj tarkibidagi kumush aralashmasi miqdorini aniqladi.

Bu hikoyada faqat Arximedning tojning ma'danlar aralashmasidan iboratligi, ya'ni uning sof oltindan emasligi haqidagi mulohazalari va hulosasi aniq tavsiflangan, ikkinchi modda kumush yoki osha davrda jamiyatga ma'lum bolgan istalgan ma'danlardan biri bolganbolishi mumkin. Lekin Arximedning bu kashfiyoti, tarixda ilk marotaba buyumlarning butunligini saqlagan holda uning kimyoviy tarkibini amaliy tahlil va nazorat qilishning fizik olchash usullarini amalda qollash hodisasi bilan ham ayniqsa qadr-qimmatlidir.

Ushbu kashfiyotning ota muhim amaliy ahamiyatga ega bolganligidan, ungacha bunaqa usullar amaldan umuman bolmagan davrda, ommaviy e'tiborni oziga qaratdi va keyingi bir necha asrlar davomida amaliy tadqiqotlar va izlanishlar markazida boldi.

Ma'lumotlarga kora Arximed ozi ham, qayd etilgan tajribalarning ozi bilan chegaralinib qolmay, yana ham aniqroq miqdorlar va olchovlar ustida ishlar olib borgan. XII asr arab olimi al-Hazini ozining tafakkur tarozilari haqida kitob asarida, Rim imperatori Domitsian (mil.avv. 81-96 y.) davrida yashagan, ammo asarlari bizgacha yetib kelmagan yunon muallifi Manel bir asaridan iqtibos keltirar ekan, Arximed tojni shaklini buzmasdan ham, uning tarkibida qancha oltin va qancha kumush borligini aniqlay oladigan murakkab tuzilishga ega mexanik vosita ixtiro qildi deb yozadi. al-Hazini oz asarida shuningdek harakatlanuvchi yukli Arximed tarozusining tuzilishi sxemasini ham keltirgan. Ushbu tarozida Arximed, yuqorida aytib otilgan suvdagi oltin va kumush quymalarining vaznlarini taqqoslab korib, harakatlanuvchu yuk yordamida tekshirilayotgan buyum (toj)dagi oltin va kumushning solishtirma ogirliklarini aniqlashi mumkin bolgan ekan.

IV-asrda yashab otgan Kirenalik olim Sineziy, Arximed tamoyillariga asoslangan holatda gidroskop suyuqliklarning solishtirma ogirliklarini aniqlovchi asbob areometrni kash etgan. Bu asbob bronzadan tayyorlangan bolib, tirqishlarga ega bolgan. Aftidan bu asbob turli hil suyuqliklarning solishtirma ogirliklarini aniqlash uchun ishlatiladigan jadvallar tuzish uchun bolsa kerak. Lekin bunday jadvallar bizgacha yetib kelmagan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 14.09.2018 09:07  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Ixtiro va Kashfiyotlar

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11829369

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)