Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Fizika Amorf Holat

Amorf Holat

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 21
Juda yomon!A'lo! 

Amorf Holat

Rentgen nurlari yordamida zarralari suyuqlikdagidek tartibsiz joylashgan qattiq moddalar mavjudligini aniqlash mumkin bo‘ldi. Bunday moddalar amorf moddalar yoki shishalar deyiladi, chunki oddiy shisha - amorf jismining eng oddiy misolidir.

Amorf holat - kristall va gazsimon holatlar orasidagi oraliq holat bo‘lib, zarralar kristalldagidek tartibli joylashmagan, lekin gazdagidan tartibliroq joylashgan bo‘ladi.

Yunonchadan tarjima qilganda "amorf" so‘zi "shaklsiz" degan ma'noni anglatadi. Bu moddalarning bunday nom olishiga sabab, ular kristallardan farqli, tabiatan ko‘pyoqliklar shakliga ega emas.

Agar eritma tez sovitilsa, suyuqlik kristallana boshlamasdanoq qotadi. Atomlar panjaraga tartib bilan joylashishga ulgura olmaydi va suyuqlikka xos bo‘lgan tartibsiz joylashishini saqlab qoladi. Biroq bu suyuq modda bo‘lmay, qattiq modda bo‘ladi. Uning yopishqoqligi suyuqliknikidan ancha katta va kristallning yopishqoqligiga yaqin bo‘ladi.

 

Amorf holati hosil qilish uchun zarur bo‘lgan sovitish tezligi moddaning tabiatiga, asosan uning yopishqoqligiga juda kuchli bog‘liq bo‘ladi: yopishqoq eritmalar ko‘pincha shisha ko‘rinishida qotadi. Masalan, eritmani havoda sovitib, odatdagi shishani hosil qilish mumkin. Sof metallarning amorf holatini hosil qilish amaliy jihatdan mumkin emas, ba'zi qotishmalarni esa hosil qilish mumkin. Sekundiga million gradusdan ortiq bo‘ladigan sovitish tezliklarida, "metall shishalar" - amorf metall qotishmalarni hosil qilish mumkin bo‘ladi.

Amorf metall qotishmalarni yuqori magnit xossalariga ega va deyarli magnit yo‘qotishlariga ega emas, shuning uchun ular transformatorlarning o‘zaklarini, ovoz - va videoyozuvlar uchun magnit kallaklari va hokazolarni tayyorlash uchun zarurdir

Amorf moddalar yangi turdagi shishalarni va ular asosidagi materiallarni yaratishda, hamda texnikaning ko‘pgina sohalari katta ahamiyatga egadir. Amorf holatning bir jinsliligi va ularda kristallardagidek nuqsonlar bo‘lmaganligi tufayli, bunday holatdagi moddalar, masalan, shishalar juda muhim qator xossalarga esha bo‘ladi. Chunonchi, ular elektromagnit tebranishlarning turli diapazonlarida shaffof, kimyoviy mustahkam, chidamli, qattiq, elektr izolyatsialovchi va boshqa fizik-ximik xossalarga ega bo‘ladi. Bunday shishalar turmushda, qurilishda, elektron nur trubka ishlab chiqarishda, optik tola ishlab chiqarishda, yuqori voltli elektr uzatish liniyalari uchun elektr izolyatorlar, turli shisha tolalari, shisha-moy ishlab chiqarish va boshqalarda keng qo‘llaniladi.

Metall (yuqorida) va amorf jism (pastda) kristall panjarasining tartibi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 07.12.2018 16:14  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar qizil qalpoqcha,
bo'ridan yorug'lik tezligiga yaqin tezlikda qochsa,
u infraqizil qalpoqchaga aylanadi...



Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!