Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli fizika Entropiya uchun Bolsman tenglamasi

Entropiya uchun Bolsman tenglamasi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Entropiya uchun Bolsman tenglamasi

"Millionlab odamlar shuurini uyg‘otish uchun bir tomchi siyoh kifoya qiladi" - deb yozgan edi bir paytlar Jorj Jordan Bayron. Avstriyalik fizik Lyudvig Bolsman sistemadagi ko‘p sonli zarrachalarning xatti-harakatini matematik jihatdan bayon qiluvchi statistik termodinamika bilan shug‘ullangan. Masalan, stakandagi suvga tomizilgan siyoh tomchisidagi zarrachalarning harakatini ifodalash uchun, statistik termodinamikadan foydalanish mumkin. 1875-yilda Lyudvig Bolsman sistemaning entropiyasi S va sistemaning mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarining soni W o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ixcham, lekin juda aniq formulani keltirib chiqardi. Uning formulasi S=k lnW ko‘rinishida bo‘lib, bu yerda k - Bolsman doimiysi deyiladi. Ushbu doimiyni "Bolsman doimiysi" deb atash fikri keyinroq Maks Plankdan chiqqandi. Bolsman doimiysi, sistemaning harorati va energiyasi orasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi.

 

Keling, Bayron nazarda tutgan o‘sha siyoh tomchisini ko‘rib chiqamiz. Faqat biz siyoh tomchisini, u o‘ylaganidek, nazmiy nuqtai nazardan emas, kamtarona - fizika nuqtai nazaridan tekshiramiz. Kinetik nazariyaga muvofiq, molekulalar doimiy to‘xtovsiz tartibsiz harakatda bo‘ladi va o‘zaro joylashuvini uzluksiz o‘zgartirib turadi. Konfiguratsiyaning turli xil holatlari ehtimolligi teng deb olamiz. Lekin, ochiq ravshanki, ushbu konfiguratsiyalarning juda ko‘p turi, siyoh molekulalari yagona tomchi sifatida jamlanib turgan holati bilan mos tushmaydi. Siyoh molekulalarining suv molekulalari bilan erkin va betartib aralashib ketishining sababi shundaki, ushbu ikki moddaning aralashmasining mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlari soni, ularning har ikkalasi alohida bo‘lgan vaziyatdagi holatlarining sonidan ko‘proq bo‘ladi. Spontan (ya'ni, o‘z-o‘zidan yuz beradigan) jarayonlar odatda, ehtimolligi eng kuchli bo‘lgan yakuniy holatga olib boradi. S=k lnW formuladan foydalanib biz entropiyani hisoblashimiz mumkin. Teranroq nazar tashlasak, sistemaning holatlari soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning entropiyasi, ya'ni, betartibligi darajasi ham shuncha katta bo‘lishini tushunamiz. Ehtimollikligi kattaroq bo‘lgan sistema (masalan, suvga aralashib ketgan siyoh tomchisi) katta entropiyaga ega bo‘ladi. Spontan jarayonlar entropiyasi eng maksimal bo‘lgan yakuniy holatga olib boradi. Ushbu tasdiq, amalda termodinamikaning ikkinchi bosh qonunining ta'riflaridan biridir. So‘zimizni ilmiy terminologiya bilan ifodalaydigan bo‘lsak, joriy makroholatni (bizning misolimizda - stakandagi suv va siyoh aralashmasi) taqdim etishi mumkin bo‘lgan usullarning soni W ta bo‘ladi.

Garchi, molekulalarning statistik xossalariga tayanib termodinamika qonunlarini keltirib chiqarish borasidagi Bolsman g‘oyalari bugungi kunda juda aniq-ravshan va oson tushuniladigandek ko‘rinsa-da, lekin, shunisi g‘alatiki, olimning o‘z zamondoshi bo‘lgan olimlaridan aksariyati, nafaqat Bolsman g‘oyalarini, balki, atom tuzilishi haqidagi ta'limotlarni ham qat'iy inkor etishgan edi. Eskicha qarashlarga yopishib olgan biryoqlama fikrlovchi fiziklardan iborat bir guruh mutaxassislar, Bolsmanning statistik fizika va termodinamika borasidagi ilmiy ishlarini ham, Daltonning atom nazariyasini ham inkor etib, ularni mazax qilishdan ham toyishmadi. Bolsman o‘z g‘oyalarining haq ekanini isbotlash uchun ko‘p va xo‘b urindi. U shu sababli o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan ziyolilari bilan ham ixtiloflarga borib qoldi. Ilmiy ishlari muntazam va surunkali rad etilavergach, olim ruhiy tushkunlikka tushib qoldi. U hammasidan bir muddatga uzoqlashib, qizi va xotini bilan Italiyada, dengiz sohilida dam olib kelmoqchi bo‘lgan edi. Biroq, 1906-yilda uni dam olish ta'tili vaqtida borib joylashgan mehmonxonadagi o‘z xonasida o‘lik holda topildi. Olim chuqur ruhiy tushkunlik iskanjasida o‘z joniga qasd qilgan edi. Bolsmanni Venada dafn etilgan. Uning qabr toshiga, olim o‘zi keltirib chiqargan va fizika fanida nihoyatda muhim o‘rin tutgan entropiya formulasi o‘yib bitilgan

 

Suvga aralashgan siyoh misolida entropiyaning ortishi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda:https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda:@OrbitaUz

Google+ :https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz:https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 11.12.2018 12:52  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Bir kuni Evkliddan so'rashibdi:

-Sizga ikkita butun olma ma'qulmi, yoki to'rtta yarimtakkimi?

-To'rtta yarimtakisi

-Nima uchun?

-Yarimtakki olmani ichida qurti bormi-yo'qmi aniq ko'rinib turgan bo'ladi.



Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)