Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Bu-qiziq... Fan haqida faktlar Rekordlar kitobi kimyo haqida nima deydi? Yoxud kimyoning eng-eng-eng ajabtovur raqamlari. (2-qism)

Rekordlar kitobi kimyo haqida nima deydi? Yoxud kimyoning eng-eng-eng ajabtovur raqamlari. (2-qism)

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Rekordlar kitobi kimyo haqida nima deydi? Yoxud kimyoning eng-eng-eng ajabtovur raqamlari.
(2-qism)

 

Ko‘plab sport turlarida rekordlar muntazam qayd etib, tarixga muhrlanib boriladi. Rekordlar deganda, ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida avvalo o‘sha mashhur Ginnesning rekordlar kitobi gavdalanadi. Ushbu kitob, inson va uning faoliyati, ilm-fan, tabiat va ho kazolarga oid turli tuman, ba'zan esa, o‘ta kulgili rekordlarni ham qayd etib, muntazam ravishda chop etib boradi. Bu kitobni jahonning ko‘plab mamlakatlarida, mahalliy rekordlar bilan to‘ldirilgan shaklda qayta nashr etilib, millionlab adadlarda sotilishi barchaga ayon. Ushbu kitobda, aniq fanlarga, xususan, kimyo borasidagi "eng-eng" iborasi bilan qo‘shib yoziluvchi son va sifatlarga ham keng o‘rin berilgan.

Muhtaram saytimiz mutolaachilari, ushbu maqolamizda, Ginnes rekordlari kitobidagi, kimyoga oid qaydlar bilan tanishamiz. (Maqolaning davomi)

 

Eng og‘ir organik suyuqlik - metilenyodid ekanligi haqidagi ma'lumot bilan avvalgi maqolani yakunlagan edik. Og‘ir suyuqliklar haqida hali yana alohida batafsil hikoya qilmoqchimiz. Hozir esa, avvalgi maqoladagi fikrni davom ettiramiz.

Organik suyuqliklar ichida eng yengili haqida gap ketganda turli xil sharoitlarni inobatga olish kerak bo‘ladi. Agar, me'yoriy atmosfera bosimi va xona harorati sharoitida qaralsa, eng yengil organik suyuqlik bu - izopentan [(CH3)2CHCH2CH3], ya'ni, 2-metilbutan bo‘ladi. Yuqorida qayd qilingan sharoitlarda ushbu moddaning zichligi atiga 0,62 g/sm3 bo‘ladi. Demak, u eng og‘ir organik suyuqlikda deyarli 5 barobar yengil ekan! Agar, atmosfera bosimi, umuman, bosim bo‘yicha cheklashni inobatga olinmasa, unda suyuq etan (C2H6) undan ham yengil bo‘ladi. Yuqori bosim ostida va haroratida suyuq etanning zichligi taxminan 0,5 g/sm3 atrofida bo‘ladi. Agar, harorat bo‘yicha cheklashni ham olib tashlansa, unda eng yengil organik suyuqlik etan ham, izopentan ham emas, balki, metan (CH4)bo‘lib chiqadi. 164 °C dagi metanning zichligi 0,466 g/sm3 bo‘ladi. qayd etib o‘tish joizki, bosim qanday bo‘lishidan qat'iy nazar, 82 °C dan yuqori haroratlarda metan umuman suyuqlanmaydi!

Noorganik suyuqliklar ichida esa, eng yengili tabiiyki suyuq vodoroddir. −250 °C haroratdagi suyuq vodorodning zichligi atiga 0,067 g/sm3 ni tashkil qiladi. Qattiq vodorod ham qattiq moddalar ichidagi eng yengili bo‘lib, u me'yoriy sharoitda atiga 0,076 g/sm3 tosh bosadi. Xona haroratida barqaror mavjud bo‘la oladigan eng yengil suyuqlik bu - litiyning suyuq ammiakdagi eritmasi bo‘ladi.

Mirkoorganizmlar ichida eng patogen turi bu alfa-protobakteriyalar oilasining vakili bo‘lgan rikketesiya bakteriyasidir. Organizmga tushgan atiga bir dona rikketesiya bakteriyasi ham ku-vasvasasi kasalligini keltirib chiqarishga qodir bo‘ladi. Tulyaremiyaga olib keluvchi bakteriyalarning patogenligi ham undan ko‘ra o‘n chandon pastroq bo‘ladi.

Eng kuchli adsorbent moddani 1974-yilda, kraxmal, akrilamid va akril kislotalarining aralashmasidan olingan. Ushbu adsorbent o‘zidan 1300 marta og‘ir massaga ega bo‘lgan suv miqdorini o‘ziga singdira oladi.

Ginnesning rekordlar kitobida shuningdek kimyo laboratoriyasi texnikasi, o‘lchash asboblari va ish anjomlari haqida ham ko‘plab qiziq ma'lumotlarni uchratish mumkin. Masalan, jahondagi eng ingichka trubkani toza nikeldan yasalgan bo‘lib, uning tashqi diametri 12,5 mikrometrga, ichki diametri esa atiga 3,25 mkm ga teng. Bunday trubkaning 1 km uzunlikdagi namunasining massasi atiga 1 grammni tashkil etadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 11.12.2018 12:59  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma'lumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11743161

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)