Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli fizika Dunyoning turli mamlakatlarida jahon xaritasi qanday tasvirlanadi?

Dunyoning turli mamlakatlarida jahon xaritasi qanday tasvirlanadi?

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 20
Juda yomon!A'lo! 

Dunyoning turli mamlakatlarida jahon xaritasi qanday tasvirlanadi?

Agar qadimgilar o‘ylaganidek, Yer - uchta fil va xo‘kiz ko‘tarib turadigan yassi shakldagi makon bo‘lganida, xaritashunoslarning ishi birmuncha yengil bo‘lardi. Biroq Yer faqat "lokal" yassi bo‘lib, uning faqat kichik-kichik qismlarinigina xaritaga tushirish, ya'ni, tekislikka proyeksiyalash oson xolos. Lekin, katta hududlar, mamlakat va mintaqalar, qit'a va materiklar xaritasini proyeksiyalashda xaritashunoslar turli xil ilmiy yondoshuvlar bilan asoslangan xaritalarni tuzishga majburdirlar va bunda shunchaki Yer sirti topologiyasini qog‘ozga tushirish bilan ish bitib qolmaydi. Qadimgi tamaddunlar o‘z chegaralarini kengaytirar ekanlar, o‘z sarhadlarining imkon qadar aniq xaritalarni yaratishga muttasil urinib kelganlar.

 

Tarixchilar, qadimgi geograflar ichida eng taniqlilaridan biri bo‘lgan, Iskandariya kutubxonasi mudiri bo‘lib ishlagan olim Eratosfenni (eramizdan avvalgi 273-194 yillar) o‘z zamonasida ma'lum bo‘lgan yirik shaharlar orasidagi masofani to‘g‘ri hisoblay olgan ilk mutaxassis deb hisoblaydilar. Eratosfen shuningdek Yer sharining o‘lchamlarini ham hisoblab chiqqan ilk olim bo‘lib, u Yer meridianining 1° yoyi uzunligi 100 km ga teng ekanini aniqlagan. Eratosfenning ushbu hisob-kitobi, o‘sha davrdagi geografiya fani taraqqiyoti darajasiga nisbatan olganda, hayratlanarli darajada bo‘lib, u asl qiymat, ya'ni, 111 km ga juda yaqin aniqlik bilan keltirib chiqarilgan. Yerdagi biror nuqtaning joylashuvini ikki xil koordinatlar bilan, ya'ni, kenglik va uzunlik yordamida belgilash amaliyotini esa, boshqa bir yunon - Gipparx amaliyotga joriy qilgan. Uning mazkur usulidan foydalangan yana bir qadimgi yunon olimi Ptolomey esa, tarixda ilk bora, sfera sirtini tekislikka proyeksiyalash, ya'ni, Yer sharining ikki o‘lchamli xaritasini tuzish masalasini ijobiy hal etib, o‘z davridan to XV asrgacha mashhur bo‘lgan va keng ommalashgan xaritalarni chizgan.

XV-asrdan boshlab esa, dengizchilikning mislsiz darajada rivojlanishi, yangi qit'alar, ummonlar va dengizlarning kashf etilishi munosabati bilan, Ptolomey xaritasiga o‘xshash tor ko‘lamli xaritalar o‘zini oqlamay qoldi. Boz ustiga, bunday xaritalar orqali yo‘nalishni to‘g‘ri belgilash biroz mushkul bo‘lib, bu narsa ayniqsa uzoq masofalarga suzishda dengizchilarga katta noqulayliklar paydo qilar edi. Shu sababli XV-asrdan boshlab xaritalarning yangi turi - Merkator xaritalari ommalasha boshladi. Hozirda ham jahonda eng keng tarqalgan xaritalar aynan Merkator proyeksiyasi bo‘yicha chizilgan xaritalar sanaladi. Siz bilan biz ko‘pchiligimiz aynan shu uslubda chizilgan xaritalar orqali dunyo mamlakatlarining joylashuvini o‘rganganmiz.

Odatda biz geografiya xonasida mana bu kabi xaritalarni ko‘rib, u orqali dunyo mamlakatlarining joylashuvi haqida tasavvur hosil qilganmiz:

Yuqoridagi kabi biz o‘rgangan va ko‘zimiz ko‘nikib qolgan xaritalarda biz - O‘zbekistonliklar uchun aytaylik Chili yoki Avstraliya mamlakatlari xuddi "dunyoning narigi chekkasi" bo‘lib ko‘rinadi. Shuningdek bu kabi xaritada Tinch ummoni to‘liq ifodalanmaydi uning bor haybatini tasavvur qilishda qiyinchilik keltirib chiqaradi. Ko‘zimiz ro‘parasida odatda o‘z vatanimiz joylashgan mintaqa turadi. Ya'ni, O‘zbekiston uchun chiqarilgan xaritalarda odatda markaziy o‘q aynan O‘zbekiston joylashgan meridiandan o‘tkaziladi.

Biroq, shuni unutmaslik kerakki, xarita bu aslida - egri chiziqli yuzaning, ya'ni, Yer sharining ikki o‘lchamli tekislikda muayyan nomuvofiqliklar bilan ifodalanishi xolos va xaritani qanday ifodalash ko‘p jihatda xarita muallifining ixtiyoriy tanlab oladigan omillariga ham bog‘liq. Xaritaning qanday ko‘rinishi, uni chizayotgan muallifning quyidagi uch jihatlarni qanday tanlab olishiga bog‘liq: 1) Xaritani g‘arb va sharqqa nisbatan qanday markazlashtirish; 2) Xaritani shimol va janubga nisbatan qanday markazlashtirish; 3) qanday proyeksiyalash uslubini qo‘llash.

Ushbu shartlarning qanday bajarilganiga ko‘ra, aslida jahonning turli mamlakatlari uchun xaritalar biz ko‘nikkanimizda tamomila farq qilishi mumkin. Gapni cho‘zavermay, quyida sizu-biz ko‘nikkan xaritalarda katta farq qiladigan, jahonning turli mamlakatlariga oid biz uchun "g‘alati" tuyiladigan xaritalardan ayrimlarini havola etamiz.

1. Rossiya uchun jahon xaritasi.

Rossiya uchun ishlangan jahon xaritasi Yevroosiyoning aksariyat mamlakatlari uchun mos kelaveradi. Ayniqsa Kavkaz davlatlari, Ukraina, Belorus va Boltiqbo‘yi va O‘rta Osiyo mamlakatlari uchun ham Rossiya uchun chiqarilgan jahon xaritasi katta muvofiqlik bilan to‘g‘ri kelaveradi. Ruslarning dunyo xaritasida markaziy o‘q (sharq va g‘arbga nisbatan markaz) Moskvadan o‘tkazilgan va unda Avstraliya va Amerika materiklari xaritaning chetlarida qoladi. Tinch ummoni ham to‘liq ko‘rsatilmasdan, xuddiki, ikkiga bo‘lingan tarzda, yarmi g‘arbda, yarmi sharda ifodalanadi.

2. Yevropa Ittifoqi uchun jahon xaritasi

Yevropa uchun chiqarilgan dunyo xaritasida markaziy o‘q Londondan o‘tadi. Bu oq ruslarning xaritasidagidan sal o‘nga siljigan xolos. Unda ham Avstraliya va Amerika qit'alari xaritaning chetlarida qolib ketadi. Lekin Afrika markaziy o‘ringa chiqadi.

3. Fransiya uchun dunyo xaritasi

Faranglar xaritalarida albatta markaziy o‘qni Parijdan olib otishadi

4. Xitoy uchun dunyo xaritasi

Tabiiyki, bu xaritada o‘q Pekindan o‘tgan. Avvalgi xaritalardan farqli tarafi, Xitoylarning xaritalarida Tinch okeani to‘liq ko‘rsatiladi va aksincha, endi Atlantika ummoni ikkiga bo‘lib ifodalanadi. Shuningdek, endi Afrika chekkaga chiqib, markazda Avstraliya namoyon bo‘lgan. Quyida Xitoylarning yana bir xaritasi.

Umuman olganda, Uzoq sharq mamlakatlari, xususan, Xitoy, Koreya, Yaponiya va Filippin uchun dunyo xaritalari deyarli bir xil bo‘ladi.

Deyarli bir xil xaritalarni ko‘rib zerikayotgan bo‘lsangiz, biroz shoshmang. Eng qiziqlari hali oldinda. Demak:

5. AQSH uchun dunyo xaritasi

AQSHliklar ko‘nikkan dunyo xaritalarida tabiiyki, markaziy o‘q Amerika qit'asi bo‘ylab otadi. Bunda endi Yevroosiyo ikkiga taqsimlab ifodalanadi va yana Avstraliya "dunyoning chekkasi" ga aylanib qoladi. Tinch va Atlantika okeanlari to‘liq, Hind okeani esa bo‘lingan holda tasvirlanadi. o‘rta statistik AQSHlik bu xaritaga qarab, Rossiya, Xitoy, Hindiston kabi mamlakatlar ikkita ekan deb ham tushunishi mumkin. Chunki xaritada ular haqiqatan ham ikki marta - ham sharqda, ham g‘arbda hozir bo‘lmoqda.

6. Avstraliya uchun jahon xaritasi

Biz yuqoridagi bir necha xaritada Avstraliyaning "dunyoning narigi chekkasi" sifatida ko‘rinishini aytib o‘tdik. Vaholanki, bu fikrga Avstraliyaliklarning o‘zi hech qanaqasiga rozi bo‘lishmaydi. Ularning nazdida aslida Avstraliya dunyoning markazida joylashadi. Ishonmasangiz Avstraliya uchun chop etiladigan quyidagi dunyo xaritasini tomosha qiling:

Ko‘rib turibsizki, bu xarita biz ko‘nikkan xaritalarda butunlay farq qiladi. Ya'ni, xuddi "oyog‘i osmondan" chizilgani kabi. Aslida buni hayron qolarli joyi yo‘q. Xaritani chizishda dunyo tomonlarini ixtiyoriy olish mumkin va xaritashunoslar chizilayotgan xaritaning real ahamiyatidan kelib chiqib, proyeksiya va yo‘nalishni o‘zlari tanlaydilar. Shu tariqa, Avstraliyaliklarning dunyo xaritasida endi AQSH va Rossiya "dunyoning narigi chekkasi"ga aylanadi. Kutilmaganda, Indoneziya va Kiribati davlatlari markaziy sahnada paydo bo‘ladi. Shuningdek, Avstraliyaliklarning xaritalarida Tinch okeani haqiqiy haybati bilan namoyon bo‘ladi. Hind okeani ham butunicha ifodalanadi. Boshqa xaritalarda deyarli ko‘zdan pana qoladigan Antarktida ham ko‘zga yaqin bo‘lib qoladi. Lekin Atlantika va Muz okeanlari o‘zining deyarli chetga chiqib qoladi.

7. Janubiy Afrika Respublikasi uchun jahon xaritasi

JAR davlati endi markaziy o‘qni o‘z hududidan o‘tgan holda ifodalaydi. Ularning xaritasida endi Kanada va Rossiya "dunyoning chekkasi" bo‘lib ko‘rinadi. Avstraliya ham yana chetga chiqib qolgan. Lekin Atlantika okeani endi butunicha tasvirlanmoqda.

8. Chili uchun jahon xaritasi

Eng qiziq xaritalarda biri. Bu xaritani Chili harbiy geografiya instituti tomonidan maktablarda o‘qitish uchun tavsiya qilingan. Avstraliya va JAR mamlakatlarining xaritalari singari Chilining dunyo xaritasi ham biz uchun "oyog‘i osmondan" tuyiladigan tarzda tasvirlanadi.

Ko‘rib turganingizdek, Chilining jahon xaritasida markaziy o‘rinni Tinch okeani egallaydi. Bu xaritada endi Afrika ikkiga bo‘linib qolgan va "dunyoning chekkasi" roli ham aynan Afrikaning va Grenlandiyaning chekiga tushgan. Chili - Tinch okeani mintaqasida o‘z munosib o‘rniga ega bo‘lishga intilayotgan davlat bo‘lib, bejizga ushbu mamlakat siyosiy xaritalarida Tinch ummoni markaziy o‘rin tutmasa kerak...


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 14.12.2018 08:27  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyogar ota o'z oshnalariga maqtanmoqda:

-Kecha meni o'g'lim tili chiqib, birinchi so'zini gapirdi!

-Nima dedi? Dadami, oyimi?

-Izopropiloftormetilfosfonat...



Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!