Biotranzistorlar- biokompyuterlar uchun navbatdagi qadam!
Stenford Universiteti Biomuhandislari DNK va RNK genetik materiallari asosida, dastlabki biologik tranzistorni ishlab chiqdilar. Biotranzistor Transkriptor nomi bilan ataldi va hozirgi kungacha tirik toqima va hujayralar ichidada tolaqonli ishlashi mumkin bolgan biologik kompyuterlarni loyihalash va ishlab chiqarish uchun shu kungacha yetishmay kelgan muhim tarkibiy elementlardan biri sifatida e'tirof etildi. Ushbu biotranzistor asosisida loyihalanish kozda tutilayotgan biokompyuterlar, kelajakda, inson tana toqimalari darajasida, hujayralar miqiyosidagi ozgarishlarni qayd etishi va DNK asosidagi hotiraga yozib borishi mumkin boladi. Avvaldan loyihalangan algoritmlarga kora bu biokompyuterlar ozidagi axborotni tashqi manbalarga uzatishi, tashqi manbalardan olingan buyruqlarni bajarishi, ya'ni, masalan hujayralarga insulin ishlab chiqarishga buyruq berishi yoki, saraton belgilari namoyon bolgan toqimalarga oz-ozini yoqotishni buyurishi mumkin bolar ekan.
Biotranzistor va oddiy raqamli tranzisor ortasida togridan togri funksional oxshahshliklar kozga tashlanadi: raqamli tranzistorlar elektr toklarining oqishi, taqsimoti kabilarni nazorat qiladi, transkriptorlar esa, RNK-polimerazalarning fermentlar kombinatsiyalaridan foydalangan holatda DNK rishtalari orqali otishini nazorat qilish orqali oz vazifasini ijro etishi nazarda tutilgan. Shu sababli, zaruriy fermentlarning saralanishi ham ota muhim vazifa bolib, ular bakteriyalar, zambruglar, ozimliklar va hayvonlarda bir xil ish qobiliyatiga ega bolishi, bu bilan esa biokompyuterlarning foydali ish kolami sferasini kengaytirishi zarur.
Tranzistorlarda kichik qiymatli tok katta qiymatlisining otishi jarayonlarini nazorat qiladi; transkriptorlarda han huddi shunday signal kuchaytirish tamoyili qollaniladi. Fermentlar faoliyatidagi kichik ozgarishlar ham, ular orqali ozaro boglangan genlar holatida katta ozgarishlar keltirib chiqaradi. Turli xil fermentlar kombinatsiyasidan foydalanish yo'li bilan tadqiqotchilar, har-xil mantiqiy amallarga moljallangan transkriptorlar - VA (AND), YOKI (OR), EMAS (NAND), va ularning inversiyalari kabiilarni tayyorlash umidida.
Tabiiyki, bikompyuter tayyorlash uchun faqat ushbu elementlar yetarli emas. Ma'lumotlar saqlanadigan Xotira qurilmasi, va turli transkriptorlar va xotirani ozro boglovchi uzatish shinalarini ham hali amalda tayyorlash zarur. Ushbu vazifalarni yechimi ustida bir necha ilmiy guruhlar ish olib borishmiqda, Stenfordning ozida M13 virusini xotira sifatida qollashga urinish tajribalari boshlangan. (Bu virus DNK rishtalarni toqimalararo boglab qoyadi).
Alabatta, biokompyuterlarni yaqin orada keng iste'molga chiqishi mavhum masala, lekin, amaliy ish boshlangan va bu jarayon mobaynida boshqa bir qancha muhum kashfiyotlar ham royobga chiqib boldi. Hususan, toqimalar holatining ozgarishini qayd qila oladigan biosensorlar ishlab chiqarish jarayoniga asos solindi. Biokompyuterlar kasalliklarni erta bosqichlarida ogohlantiruvchi vositalar sifatida tashxischi, garmonlar ishlab chiqarilishini nazoratini olib boruvchi, soglom toqimalar paydo bolishini stimullovchi va kasallangan toqimalarning osishdan toxtatuvchi vositalar sifatida qollanilishi mumkin. Natijada esa, hozirda qollanilayotgan koplab dori vositalariga ehtiyoj qolmasligi mumkin.
manba: extremetech.com
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|