Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Matematika Stirling formulasi

Stirling formulasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Stirling formulasi

Hozirgi kunda faktoriallar matematikada har qadamda uchraydi. n musbat va butun son uchun "n faktorial" ifodasi (n! tarzida yoziladi) -n sonning o‘zi va ungacha bo‘lgan barcha butun sonlarning o‘zaro ko‘paytmasini anglatadi. Masalan 4!=1×2×3×4=24.

Faktorialning n! ko‘rinishida ifodalanishi qoidasini 1808-yilda farang matematigi Kristian Kramp joriy qilgan. Faktoriallar kombinatorikada juda katta ahamiyat kasb etadi. Masalan ko‘p sonli obyektlarning o‘zaro bir-biriga nisbatan joylashish variantlarini hisoblash zarur bo‘lgan o‘rinlarda faktoriallar juda asqotadi. Shuningdek faktoriallardan sonlar nazariyasi, ehtimollar nazariyasi hamda, matematik analiz sohalarida keng foydalaniladi.

 

 

Faktorialning n! ko‘rinishida ifodalanishi qoidasini 1808-yilda farang matematigi Kristian Kramp joriy qilgan. Faktoriallar kombinatorikada juda katta ahamiyat kasb etadi. Masalan ko‘p sonli obyektlarning o‘zaro bir-biriga nisbatan joylashish variantlarini hisoblash zarur bo‘lgan o‘rinlarda faktoriallar juda asqotadi. Shuningdek faktoriallardan sonlar nazariyasi, ehtimollar nazariyasi hamda, matematik analiz sohalarida keng foydalaniladi.

Faktoriallarning qiymati favqulodda tez o‘sadi. Masalan, 70! ning qiymati 10100 dan ham katta, 25256! esa, 10100000 dan ham ulkan sonni tashkil qiladi. Shu sababli katta faktoriallarning qiymatlarini soddalashtirish imkonini beradigan qulay matematik usullarning ahamiyati ham favqulodda kattadir. Stirling formulasi quyidagi ko‘rinishda bo‘lib, n! ning aniq qiymatini topish imkonini beradi.

Formuladagi «» belgisi taqriban tenglikni ifodalasa, π va e sonlari esa, hammamizga tanish bo‘lgan matematik doimiylar, ya'ni, π=3.14159 va e=2.71828 ga teng. n ning juda ham katta qiymatlari uchun ushbu ifoda ln(n!)≈nln(n)-n ko‘rinishigacha yana ham soddalashtiriladi. Ushbu ifodani shuningdek yana n!= nn·en tarzida yozish mumkin.

Mazkur formula ilk bora 1730 yilda shotland matematigi Jeyms Stirlingning (1692-1770) tomonidan uning «Differensial uslublar» (Methodus Differtialis) asarida bayon qilgan bo‘lib, olim o‘z hayotining katta qismini sanoat korxonalarida texnologik jarayonlarni takomillashtirish va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish masalalariga bag‘ishlagan. Stirling o‘z zamondoshi bo‘lgan daho olim – Nyuton bilan yaqin ilmiy do‘stona aloqalarga ega bo‘lgan. Lekin u Shotlandiya va Angliya millatlari orasidagi diniy hamda siyosiy to‘qnashuvlar zamonasida yashaganligi sababli, ingliz ilmiy jamiyati bilan unchalik iliq munosabatda bo‘lmagan.

Kit Boll ismli ingliz matematigining fikricha, Stirling formulasi kabi murakkab va shu bilan birga g‘oyat jozibador matematik formulalarning keltirib chiqarila boshlanish – endilikda matematikaning shunchaki topqirlik o‘yinlari uchun ermak va hisob-kitob ishlari uchun vosita sifatida emas, balki professionallar shug‘ullanadigan haqiqiy kasbga aylanib borishiga ishora bo‘lgan emish...

 

Rasmda: 4! Faktorialning Stirling formulasi bo‘yicha yechimi -4!=24, tasvirda 24 ta qo‘ng‘izchachalar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 18.12.2018 09:21  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyogar ota o'z oshnalariga maqtanmoqda:

-Kecha meni o'g'lim tili chiqib, birinchi so'zini gapirdi!

-Nima dedi? Dadami, oyimi?

-Izopropiloftormetilfosfonat...



Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!