Xalqaro Birliklar Tizimi - SI
Mazkur risolani o‘zbek tiliga tarjima qilishda, O‘TXQ rasmiy sayti - www.bipm.org da 2006-yil may oyida e'lon qilingan va 2014 yil iyul oyida yangilangan, farang va ingliz tillaridagi 8-nashr "SI The International System of Units (SI)" risolasi asos qilib olindi.
o‘zbek variantida, fizik kattaliklar va ularning birliklarining nomlari va ramziy belgilari, o‘zbek adabiy tilining imlo qoidalariga muvofiqlashtirib yozildi. Zaruriy o‘rinlarda, tegishli izohlar kiritildi.
Kitob ikki qismdan iborat: Asosiy qism va ilova. Asosiy qism to‘liq ravishda, O‘TXQning "The International System of Units(SI)" risolasining 8-nashri (Parij, Acheve d'imprimer : mai 2006) tarjimasidan iborat.
Ilovada esa SI tizimining kelib chiqish tarixi, undagi birliklarning amaliy keltirib chiqarish usullari bayoni va boshqa qiziqarli ma'lumotlar, shuningdek, SI tizimiga kirmaydigan boshqa birliklar bilan munosabatlari ifodalanadi. Boshqa birliklar tizimlari va tizimlashmagan nostandart birliklar, shuningdek maxsus tor sohalarga oid birliklar bo‘yicha ham ma'lumotlar keltiriladi.
Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko'rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.
Muallif: O'lchov va Tarozilar Xalqaro Qo'mitasi; www.Orbita.Uz
o‘zbek tiliga www.Orbita.Uz sayti tarjimasi
Tematik yo‘nalishi: Fizika, Xalqaro O'lchov Birliklari, SI, Metrologiya
Tarixi: www.Orbita.Uz elektron kutubxonasii, 2014-yil.
Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .pdf formatidagi, kompyuterda terilgan.
Grafikasi: O‘zbek tili lotin alifbosida.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|