Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Astronomiya DAWN sayyoralararo avtomatik stansiyasi Serera mitti sayyorasiga yetib bordi.

DAWN sayyoralararo avtomatik stansiyasi Serera mitti sayyorasiga yetib bordi.

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

DAWN sayyoralararo avtomatik stansiyasi Serera mitti sayyorasiga yetib bordi

2015-yilning 6-mart kuni NASAning DAWN koinot kemasi mitti sayyora - Sereraga yetib bordi va uning atrofida aylanish orbitasiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. 2015-yilga mo‘ljallangan dasturning ilk bandlariga ko‘ra, Dawn Serera orbitasida 2015-yilning iyul oyigacga faoliyat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan. Avvallari fazoga uchrilgan sayyoralaro avtomatik fazo stansiyalaridan faqrli o‘laroq, Dawn o‘ziga belgilangan vazifalar yuzasidan tashrif buyurishi lozim bo‘lgan osmon jismlari - Vesta asteroidi hamda Serera mitti sayyorasini «uchib o‘tish» yo‘nalishida, ya'ni, yaqinidan uchib o‘tayotib o‘rgnadigan apparat sanalmaydi. Balki u o‘zi yo‘nalgan osmon jismi orbitasi atrofida ma'lum muddat aylanib, keyin esa navbatdagi manzil tomon yo‘l oladigan fazoviy apparat sanaladi. Xususan u, Sereraga yetib borgunicha, Vesta asteroidi atrofidas deyarli bir yil aylanib, undasn keyingina, aniqrog‘i, 2012-yil sentyabrida mitti sayyoraga yo‘l olgan edi.

Dawn sayyoralararo apparatining asosiy maqsadi Vesta asteroidi va Serera mitti sayyorasini o‘rganishdan iborat bo‘lib, bu apparat 2007-yilning 27-sentyabr kuni Kanaveral kosmodromidan Delta-2 7925H raketa eltuvchisi tomonidan uchirilgan edi. Parvoz vaqtidagi massasi 725 kg bo‘lgan. o‘rganish uchun Vesta va Serera tanlanishining sababi sifatida esa, NASA mutaxassisari tomonidan, bu ikki osmon jismining bir-biriga qarama-qarshi turdagi asteroidlar sinfiga mansubligi bilan izohlashgan edi. Ya'ni, Vesta asteroidi - yaxlit tog‘ jinsiga o‘xshash, suvsiz osmon jismi bo‘lsa, Serera esa - taxminan 100 km gacha bo‘lgan qalin muz qatlamiga ega bo‘lgan va shaklan sfera shakilga yaqin osmon jismi hisoblanadi. Bundan tashqari, Vesta asteroidi Yer sirtiga yetib keladigan meteoritlarning asosiy manbai sanaladi.

Dawn stansiyasi uchun mo‘ljallangan parvoz rejasi 8 yil bo‘lib, Quyosh atrofida uchta spiralsimon aylanish bilan uchishi rejalashtirilgan. Uning parvoz rejasini shartli ravishda quyidagi xronologik qismlarga ajratish mumkin:

1) 2007-yil 27-sentyabr: Yerdan uchib chiqish;

2) 2009-yil fevral oyi - Mars gravitatsiya maydoni atrofida aylanib, tezlanish olish;

3) 2011-yil avgust oyi - Vesta asteroidi yaqiniga yetib borishi va ksenon ionili dvigatellar yordamida, mazkur osmon jismi orbitasiga chiqish;

4) 2011-yil avgustdan 2012 yil avgustigacha - Vesta asteroidini tadqiq qilish;

5) 2012-yil avgusti - Vesta gravitatsiya maydonidan kengayadigan spiral ko‘rinishidagi orbita bo‘ylab tezlanish olish orqali uchib chiqib ketish va Serera sari yo‘l olish;

6) 2015-yil mart oyi - Serera ga yetib borish va uning orbitasiga chiqish;

7) 2015-yil iyul - missiya yakuni.

Dawn sayyoralararo avtomatik satansiyasining parvoz traektoriyasi

Dawn parvozini unga o‘rnatilgan uchta ksenon ionli dvigatella ta'minlab beradi. Dvigatellarning har biri 30 mN taynch kuchiga va 3100 s solishtirma impulsga ega bo‘lib, unga 425 kg ksenon ion yoqilg‘isi yuklangan edi. Bu yoqilg‘i yonishi evaziga dvigatel me'yoriy ish rejimida apparatga 97 km/soat tezlik bera oladi.

Apparatning foydali yuki - ilmiy tadqiqot asboblaridan quyidagilarni keltirish mumkin: ikkita oq-qora matritsali 1024 pikselli fotokameralar; gamma-kvantlari va neytronlar detektori GraND; hamda, VIR nomli ko‘rish diapazoni spektrometri.

Dawn orqali shu paytgacha olingan ilmiy natijalar esa quyidagi tartibda bayon qilinmoqda:

- 2011-yil 3-may kuni. Vesta asteroidining 1.21 million km masofadan olingan fotosuratini Yerga yubordi;

- 2011-yilning 16-iyul kuni, apparat Quyosh atrofida deyarli ikkita to‘liq aylanishni amalga oshirgach, Vestaning 16000 km balandlikka ega bo‘lgan aylana orbitasiga chiqib bordi;

- 2011-yil 17-dekabr kuni, Dawbn Vesta orbitasidan olingan birinchi fotosuratni yubordi;

- 2011-yil 12-dekabr kuni, u Vesta orbitasi bo‘ylab eng past masofaga tushib bordi. Bu bosqichda Vesta sirtigacha bo‘lgan masofa atiga 210 km ni tashkil qildi. Bu bosqichda asteroidnin gravitatsiya maydonini aniq o‘lchash, uning massasining jism bo‘lyalb qanday taqsimlanishini aniqlash; kosmik nurlarning Vesta sirti bilan ta'sirlashuvidan paydo bo‘luvchi gamma-kvantlarni va neytronlarni qayd qilish; shuningdek asteroid sirtining kimyoviy elementlar tarkibini aniqlashdan iborat ishlar amalga oshirildi.

- 2011-yil 13-dekabr kuni, Dawndan Vesta sirtining eng katta tiniqlikda (bir pikselda 23 metr) olingan fotosuratlari qabul qilindi.

- 2012-yil 5-sentyabr kuni Dawn Vestani tark etib, navbatdagi manzil - Serera tomon parvozga chiqdi;

- 2014-yil noyabrida Dawn Sereradan 0,0175 a.b. va Yerdan 3,652 a.b. masofada edi. Bu masofani yorug‘lik taxminan 31 daqiqada bosib o‘tadi.

- 2015-yil 6-mart oyida Dawn sayyoralararo avtomat fazo apparati mitti sayyora Serera orbitasiga muvaffaqiyatli chiqarildi.

Endilikda olimlar Serera sirtining tiniq tasvirlarini va boshqa muhim ma'lumotlarni olishni kutmoqdalar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 22.12.2018 11:17  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltaviy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11694234

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!