Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar Evanjelista Torichelli

Evanjelista Torichelli

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Evanjelista Torichelli

Evanjelista Torichelli (italyancha - Evangelista Torricelli) - italyan matematigi, fizik. Galileo Galileyning shogirdi. Fizikada atmosfera bosimining kashf etilishi tarixi va atmosfera bosimini o‘lchagan ilk olim sifatida mashhur. Torichelli shuningdek, mexanika va boshqa bir qancha ilmiy-texnikaviy yo‘nalishlarda Galileyning izlanishlarining davomchisi bo‘lgan.

Evanjelista Torichelli 1608-yilning 15-oktyabrida Italiyaning Faensa shahrida tug‘ilgan. Otasidan erta ajralgan Torichellini ilm ko‘rgan ruhoniy bobosi tarbiyaladi. Bobosi keyinroq Torichellini iezuitlar maktabiga bergan; 18 yoshida esa matematikadan bilim olishi uchun Rimga yuboradi. Rimda Torichelli, Galileyning izdoshi va maslakdoshi bo‘lgan olim Bendetto Kastelli (1577-1644) bilan yaqin aloqada bo‘lib, do‘stlashadi. Torichelli u orqali Galileyning mexanikaga oid ishlari bilan ilk marotaba tanishadi. Galileyning ishlari yosh Torichellida juda katta taassurot uyg‘otadi. Aynan Galileyning asarlari ta'siri ostida, 1640-yilda Torichellining ' Harakatni tabiiy tezlantiruvchi haqida" nomli asari nashrdan chiqadi. Ushbu asar haqida xabar topgan Galiley, yosh Torichellini o‘z huzuriga, Archetri shahriga taklif etadi. Torichelli Galileyni o‘zi uchun ustoz deb bilgan. 1642-yilda Galiley vafot etgach, uning ilmiy ishlarini davom ettirish uchun aynan Torichelli eng munosib nomzod deb topiladi va uni Florensiya universitetining matematika va fizika kafedrasiga rahbarlikka tayinlashadi.

Evanjelista Torichelli Galileydan so‘ng, uning olib borgan tadqiqotlari bo‘yicha, shuningdek boshqa fan sohalaridagi mustaqil ilmiy g‘oyalari bilan katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Xususan uning Dekartdan mustaqil ravishda, logarifmik spiralning yoyi uzunligini aniqlagani, sikloida va parabolaning kvadraturasi borasidagi ishlari, matematika tarixida o‘zining munosib o‘rniga egadir. Shuningdek uning mexanikaga oid izlanishlari ham, o‘z davri fizikasi uchun muhim ahamiyat kasb etgan. Torichellining "Erkin tushayotgan va tashlangan jismlarning harakati haqida" nomli asarida, og‘irlik markazining harakatlanishi tamoyillari haqidagi g‘oyalarni rivojlantiradi hamda, ballistikaga oid bo‘lgan qator masalalarni hal etadi. Bulardan tashqari, Torichelli, uchburchak tekisligida joylashadigan va undan uchburchakning uchlarigacha bo‘lgan masofalarning yig‘indisi eng kichik bo‘ladigan nuqtani aniqlaganligi bilan ham tarixda nom qoldirgan. Muayyan texnik-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan, bunday nuqtalar hozirda Torichelli nuqtasi deb yuritiladi. Torichelli nuqtasi, ayniqsa konchilik, metallurgiya va shunga o‘xshash yirik sanoat korxonalaridagi ichki logistika ishlarida muhimdir. Biroq, yuqoridagi ilmiy yutuqlarning barchasidan ko‘ra, Evanjelista Torichellining nomini ilm-fan tarixiga qat'iy muhrlagan fakt sifatida, eng avvalo uning atmosfera bosiminiong mavjudligini isbotlab berganligi tan olinadi (1644-yil)." Atmosfera bosimining kashf etilishi hodisasiga muvofiq ravishda esa, Torichellining ixtirosi bo‘lgan atmosfera bosimini o‘lchash asbobi -simobli barometr ham paydo bo‘lgan edi. Simobli barometrning ishlash tamoyili va tayyorlanishi haqidagi masalalarni, olim o‘zining 1644-yilda Florensiyada nashrdan chiqqan "Geometriya operasi" nomli asarida bayon qilib bergan. Torichellining ixtirochilik ishlari bu bilan cheklanib qolmaydi. U yasagan mikroskoplar ancha mukammalligi bilan shuhrat qozongan bo‘lib, shuningdek u teleskoplar uchun linzalar yasash borasida ham usta sanalgan.

Iste'dodli olim Evanjelista Torichellining ko‘plab ilmiy ishlari, uning erta vafoti tufayli to‘xtab qolgan. Torichelli 1647-yilning 25- oktyabrida Florensiyada olamdan ko‘z yumgan. Uning nomini abadiylashtirish maqsadida, bosim o‘lchov birligi uchun torr atamasi biriktirilgan; shuningdek Oydagi kraterlardan biriga Torichelli nomi berilgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

 

Yangilаndi: 25.02.2019 12:52  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar arktangens shimoliy yarimsharda mavjud bo'lsa,
demak, janubiy yarimsharda

Antarktangens ham mavjuddir!!!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11593758

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)