Rudolf Yulius Emmanuil Klauzius
Rudolf Yulius Emmanuil Klauzius (nemischa: Rudolf Julius Emanuel Clausius) asl ismi Rudolf Gottlib (Rudolf Gottlieb) olmon fizigi, mexanik, matematika. Termodinamika fani asoschilaridan biri.
U 1822 yilda, Germaniya imperiyasining Kyoslin (hozirgi Koshalin) shahrida tugilgan. Oliy malumotni Berlin universitetida olgan. Klauziusning dastlabki ilmiy ishi 1850 yilda nashrdan chiqqan bolib, Issiqlikning harakatlantiruvchi kuchi va undan issiqlik nazariyasi uchun keltirib chiqarish mumkin bolgan qonunlar haqida deb nomlangan. Unda Klauzius, Karnoning issiqlikni ishga aylantirish haqidagi hamda, Mayer va Gelmgoltslarning energiyaning saqlanish qonuni borasidagi fikrlarini tizimlashtirilgan shaklda tahlil qilib, mazkur masalalarni ozining koplab yangicha nazariy goyalari bilan boyitadi. Xususan, uning ozi issiqlik aksiomasi deb atagan va fanda, termodinamikaning ikkinchi bosh qonunining eng dastlabki korinishidagi tariflaridan biri bolgan issiqlik sovuq jismdan harorati balandroq jismga oz-ozidan otishi mumkin emas tarzidagi tasdigini keltiradi. Hozirda bu tarif Klauzius tarifi deb yuritiladi. Keyingi bir nechta asarlarida, Klauzius, oz tarifini yanada aniqlashtirdi va boshqa muhim faktlar bilan oz nazariyasini yanada boyitdi.
Ushbu asarning oziyoq, u muallifning ilk ilmiy ishi bolishiga qaramasdan, Klauziusga katta shuhrat keltirdi. Uni, asar nashrdan chiqqan yilning ozida Berlin Qirollik Artilleriya va Harbiy Muhandislik maktabiga, professor ilmiy unvoni bilan ishga tayinlanadi. 1855 yildan esa, Shveytsariya Politexnika maktabining matematik fizika kafedrasi professori bolib ishlay boshlaydi. Klauzius shuningdek, bugungi termodinamikaning ajralmas qismi bolgan entropiya tushunchasini fanga kiritgan olim hisoblanadi. Aynan uning 1865 yilda nashrdan chiqqan Issiqlikning matematik nazariyasining ikkinchi bosh qonunining, qollash uchun qulay bolgan shakllari haqida nomli asarida, entropiya atamasi ilk bor qollaniladi va unga ilmiy tarif beriladi. Mazkur asar butun Yevropa boylab, ilmiy jamiyatlar va akademiyalarda katta etirofga sazovor bolgan. Aynan 1865 yilda, Klauziusni, olib borayotgan samarali ilmiy tadqiqotlari uchun Fransuz Fanlar Akademiyasiga azolikka qabul qilinadi. 1867 yilda, endilikda ilmiy nufuzi eng yuksak doiralarda ham tan olingan olim, avvaliga Vyurtsburg universiteti, keyinroq 1869 yilda esa, Bonn universiteti professori lavozimlariga erishadi.
Rudolf Klauzius, oz tadqiqotlarini, kitob shaklida nashr etish bilan cheklanib qolmasdan, ular bilan davriy nashrlarda, asosan ilmiy jurnallarda muntazam chiqish qilib borgan. Uning termodinamikadan tashqari, optika, elektr hodisalari va jismlarning elastikligi borasida ham olib borgan izlanishlari diqqatga sazovordir. U mexanika uchun muhim tushunchalardan bir bolgan virial atamasini fanga kiritgan (1870).
Rudolf Klauzius, haqli ravishda, termodinamika fanining asoschilaridan biri hisoblanadi. U 1888 yilning 24-avgustida Bonnda vafot etgan.
< avvаlgi | kеyingi > |
---|