Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar German Lyudvig Ferdinand fon Gelmgolts

German Lyudvig Ferdinand fon Gelmgolts

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

German Lyudvig Ferdinand fon Gelmgolts

German Lyudvig Ferdinand fon Gelmgolts (nemischa: Hermann Ludwig Ferdinand von Helmholtz ) - buyuk olmon vrachi, fizik, psixolog va fiziologi. 1821-yilning 31 avgustida, Berlin yaqinidagi Potsdam shaharchasida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ta'limni Potsdam gimnaziyasida olgan va 17 yoshida, gimnaziyani tamomlab, Qirollik tibbiyot-jarrohlik institutiga o‘qishga kirgan. Institutni 1842-yilda, doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoyasi bilan tamomlagan. Qirollik tibbiyot-jarrohlik instituti bitiruvchilari uchun, mamlakatda majburiy 8 yillik harbiy xizmat mavjud bo‘lib, Gelmgolts 1843 yildan boshlab, Potsdamning o‘zida harbiy vrach bo‘lib xizmat qila boshlaydi. 1847-yilning 23-iyulida, Berlin fizika jamiyati majlisida, o‘zining mashhur "Kuchning saqlanishi haqida" nomli ma'ruzasini o‘qiydi. U keyinchalik alohida risola tarzida ham chop etilgan. Mazkur risolada u, Joul, Mayer va Karnolarning ishlarida yoritib berilgan, energiyaning saqlanish tamoyilini umumlashtirib, o‘z g‘oya va xulosalari bilan boyitib, tarixda birinchi marta energiyaning saqlanish tamoyili - termodinamikaning birinchi bosh qonunini ta'riflab beradi. Shundan so‘ng, 1848-yilda, Aleksandr Gumboldtning tavsiyasiga ko‘ra unga harbiy xizmatdan muddatidan avval ozod etiladi. U Berlindagi Badiiy Akademiyaga anatomiya o‘qituvchisi bo‘lib ishga kiradi; bir vaqtning o‘zida, anatomiya muzeyida assistent bo‘lib ishlay boshlaydi. Mazkur yillar davomida u, mustaqil ravishda, nerv tolalarining rivojlanish jarayonlari, ko‘rish va eshitish organlarining fiziologiyasini tadqiq qiladi. 1849-yilda uni, ustozining tavsiyasiga ko‘ra, fiziologiya va umumiy anatomiya professori unvoni bilan Kyoningsbergga yuboriladi. 1855 yilda u Bonnga ko‘chib o‘tib, anatomiya va fiziologiya kafedrasining mudiri lavozimiga tayinlanadi. 1858-yilda esa, Geydelbergdagi fiziologiya kafedrasi rahbarligi ham unga topshiriladi. 1871-yilda, u Berlin universitetining fizika kafedrasiga, fizika professori lavozimiga tayinlandi. Gelmgolts ishga kirishgach, hukumat bilan hamkorlikda, mazkur kafedra bazasida yangicha ilmiy muassasa - Fan saroyi (hozirda Berlin universitetining fizika instituti) tashkillaydi va uning oyoqqa turishiga katta mehnatlar sarflaydi. U mazkur muassasaga 1788-yilgacha rahbarlik qilgan. 1788-yilda, mamlakat parlamentining hamkorligida, Sharlottenburgda Imperial fizika-texnika idorasi tashkil etiladi va unga Gelmgolts prezident etib saylanadi. U yangi lavozimga o‘tgach, Berlin fizika institutida ma"ruzalar o‘qishda davom etadi.

 

Gelmgolts nafaqat o‘tkir zehnli olim va malakali rahbar, balki, kuchli pedagog, mohir ixtirochi sifatida ham bo‘lgan. Gelmgoltsning tibbiyotga oid ixtirolaridan - ko‘z to‘r pardasini tekshirish uchun oftalmoskop (1850-yilda) va, ko‘z olmasining egriligini o‘lchovchi oftalmometr (1851 yilda)lar XIX asr ikkinchi yarmi oftalmologiyasi uchun benazir tibbiy anjomlar hisoblangan. Shuningdek, fizika sohasida ham, bir jinsli magnit maydon hosil qilish uchun, bir biridan, o‘zining radiusiga teng masofada, bir o‘qda joylashtirilgan ikkita solenoiddan iborat bo‘lgan Gelmgolts g‘altagi va akustik signallarni tahlil qilish hamda past chastotali tovush to‘lqinlarini nazorat qilish va sozlashga mo‘ljallangan Gelmgolts rezonatori kabilarini misol qilib keltirish mumkin. Shuningdek u, tibbiyot va fizikadan tashqari, o‘zining atmosferada yuz beruvchi hodisalar - uyurmalar, bo‘ron va momaqaldiroqlar, hamda, muz qatlamlarining tabiatini o‘rganish borasidagi ilmiy tekshirishlari bilan, ilmiy meteorologiya fanining shakllanishi jarayoniga ham o‘z hissasini qo‘shgan. Gidrodinamikaning fan sifatida shakllanib chiqishida ham Gelmgoltsning munosib o‘rnini e'tirof etish kerak. U suyuqliklarda uyurmalarning hosil bo‘lishi qonuniyatlarini birinchi bo‘lib asoslab bergan edi.

 

German Gelmgoltsning fan oldidagi buyuk xizmatlarini e'tiborga olib, 1888-yilda unga, imperator Fridrix III, zodagonlik unvonini berdi. 1891-yilda esa, yangi imperator Vilgelm II tomonidan, "Haqiqiy maxfiy maslahatchi" mansabi hamda, Qora Burgut ordeni bilan mukofotlandi va unga Excellenz - "Janobi oliylari" unvonini berildi. Olim, shu yilning o‘zida, Fransiyaning eng oliy mukofoti - "Faxriy legion" yulduzi ordeni bilan mukofotlangan. Shuningdek 1935-yilda, Xalqaro Astronomiya Ittifoqining qaroriga ko‘ra, Oydagi kraterlardan biriga Gelmgolts nomi berilgan.

German Lyudvig Ferdinand fon Gelmgolts 1894-yilning 8-sentyabrida, Sharlottenburgda vafot etgan

Yangilаndi: 13.12.2018 08:59  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar arktangens shimoliy yarimsharda mavjud bo'lsa,
demak, janubiy yarimsharda

Antarktangens ham mavjuddir!!!



Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)