Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Men haqimda

Maqola Reytingi: / 16
Juda yomon!A'lo! 

Men haqimda

Nokamtarlikka yo‘ymangu, lekin nimagadir o‘zim haqimda gapirishni va yozishni yoqtirmayman.

Qisqasini aytganda, 1985-yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilganman. 1992-yilda, Mirzo Ulug‘bek nomli 14-o‘rta maktabga, 1-sinfga borgan edim. Maktabning ilk kunida, nima sababdandir, sinf xonaga kech kirib oxirgi partaga o‘tirganman. Shu-shu ba'zi kam sonli qisqa o‘zgarishlar bilan, maktabni bitirguncha 11 yil oxirgi partada o‘tirdim. Turli sabablarga ko‘ra, maktabimni 3 marta o‘zgartirganman: 14-maktabda 3 yil o‘qib keyin Oybek nomli 27-maktabga, 7-sinfdan esa Aniq Fanlar litseyiga (hozirgi Marg‘ilon shahar 2-IDUM) o‘tib o‘qiganman. Litseydagi esda qolgan eng yorqin xotiralarimdan biri, 2001-yili, 9-sinfligimda Tarix fanidan shahar olimpiadasida g‘olib bo‘lgan edim. Qolaversa, litsey menga chuqur bilim bergan talabchan va professional pedagog ustozlar bilan xotiramda o‘chmas iz qoldirgan.

 

Aniq Fanlar litseyini 2003-yilda bitirib, shu yili oliygohga hujjat topshirib kira olmagan edim. Keyingi yili qayta topshirish uchun tayyorlana boshladim. Bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish uchun, o‘sha vaqt uchun ilg‘or xay-tek bo‘lgan kompyuter sohasini o‘rganishga qaror qildim. Kasb tanlash borasida bu qaror men uchun hal qiluvchi bo‘lgan ekan. 4 oylik qisqa kurs (Windows, MS Office va ho kazolar) meni kompyuter va dasturlash olamiga "payvandlab" qo‘ydi. Institutga ham aynan axborot texnologiyalari yo‘nalishiga topshirishga qaror qildim. 2004-yilda FarPI ning Informatika va Axborot Texnologiyalari yo‘nalishiga (Energetika fakulteti) hujjat topshirib, shartnoma asosida o‘qishga kirdim. 2008-yilda mazkur institutning bakalavr diplomiga ega bo‘ldim. Hozirda kimyo sanoati korxonasida avtomatik boshqaruv muhandisi bo‘lib ishlab kelmoqdaman.

Aytganimdek, 2004-yildan buyon, kompyuter va uning ikir-chikirlari, dasturlash sohalariga jiddiy qiziqib bu sohani professional ravishda o‘zlashtirishga intilib kelmoqdaman. Dasturlash va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan tizimli boshqarish sohalari, shaxsiy byudjetimni to‘ldirayotgan, sodda aytganda esa, menga non berayotgan asosiy sohalardir.

Asosiy ishdan tashqari, yaqin va uzoq xorijda chiqqan turli xil ilmiy-ommabop adabiyotlarni o‘zbek tiliga o‘girish bilan ham shug‘ullanaman. Tarjimonlik sohasiga dastavval qo‘shimcha daromad izlab kirib kelgandim. Endilikda asosan, o‘z qiziqishlarim doirasida, aniqrog‘i - aniq fanlar, ilg‘or texnika va texnologiyalar haqida ilmiy-ommabop asarlarni o‘zbekchaga o‘girishga kirishganman.

Ko‘pchilik singari men ham futbolning ashaddiy ishqiboziman. Ilk bora 1994-yilda AQSHda o‘tgan jahon chempionatida Said al-Ovayronning Belgiya darvozasiga urgan golini ko‘rib, bu jozibador o‘yinga maftun bo‘lib qolgan edim. 2000 yildan buyon Roma va Liverpul klublariga muxlislik qilaman. Futbolchilardan Franchesko Totti va Fernando Torreslarning o‘yinlari yoqadi. Afsuski ularning davri o‘tib bormoqda.

Yangilаndi: 23.11.2018 12:43  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Bildirilgan fikrlar   

 
+1 #1 Schrodinger operatorlariXurramov Yodgor 2019-10-12 20:21
Men samarqand davlat universtetida mex matda o'qiyman. Bizda asosiy tadqiqot ishi Schrodinger operatoplarning spektral xossalari o'rganiladi. Ammo birorta ham o'zbekcha adabiyot yuq. Siz yozgan ,,dunyoni o'zgartirgan 17 tenglama " mavzusidagi maqolangizni uqigandim. Bizda ko'pchilik til bilsada ammo ilmiy tilda yozilgan kitoblarni tarjima qila olmaydi.( matematik ruhiyatni tarjimada aks ettirolmayapti)
Agar imkoniyatingiz bulsa Michel Reed. Barry Simon Modern Mathematical Physics 4 tomlik kitobidan tarjima qilib bersangiz. Agar bizga faqat tarjimasi (qo'lyozmasi bulsa ham)bulsa kompyuterda terishga yordam bera olamiz( kitob uchun qanaqa moddiy manfaatdan mualliflikdan umidvor emasmiz) hozirda Uzbekistanda operatorlar sperktral xossalari buyicha kup ilmiy natijalar olinganmoqda va yuqoridagi kitoblar juda katta ahamiyatga ega.
 

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbital latifalar :) :)

Matematikning hayotidagi eng go‘zal lahzalari - uning teorema isbotini topgani, lekin, qilgan xatosini hali fahmlamagini vaqtlari bo‘lsa kerak.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Orbita.Uz tavsiya etadi:

Foydali havolalar:
Ilmiy-lugat.uz
Ilmiy-lugat.uz - Ilmiy terminlarning o'zbekcha-ruscha-inglizcha lug'ati, qisqacha izohi va amalda qo'llanishi
imlo.insof.uz
Lotin va kirill alifbolaridagi matnlarni o'zaro o'girish uchun mo'ljallangan, onlayn va offlayn ishlaydigan ajoyib lug'at.
Лотин ва кирилл алифболаридаги матнларни ўзаро ўгириш учун мўлжалланган, онлайн ва оффлайн ишлайдиган ажойиб луғат.
http://Gulruxsora.uz/
Jurnalist va blogger Gulruxsora Xudayberdiyevaning shaxsiy sayti
Ziyouz.com
Ziyouz.com - O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona.
Oshxona.Uz
O'zbek milliy taomlari haqidagi ajoyib veb-sayt.

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11838781

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov