Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Bu-qiziq... Fan haqida faktlar Kimyo tarixidan qiziqarli faktlar

Kimyo tarixidan qiziqarli faktlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 62
Juda yomon!A'lo! 

Kimyo tarixidan qiziqarli faktlar

Tasodifiy ixtiro

1903-yilda farang kimyogari Eduard Benediktus nitroselyuloza bilan to‘la bo‘lgan shisha kolbani tasodifan sindirib qo‘yadi. Shisha sindi, ammo lekin Benediktus xavfsirab yuzini qo‘llari bilan berkitishi bilan qaytib ko‘zlarini ocharkan, sodir bo‘lgan manzaragahayron qoldi: shisha kolba yorilgan bo‘lsa-da, mayda bo‘laklarga bo‘linib sochilib ketmagan edi. U alohida parchalar holida, lekin xuddi ustidan yupqa plyonka bilan o‘zaro biriktirib qo‘yilgan kabi, bir joyda to‘planib turardi. Benediktus ushbu tasodifiy ixtironi avtomobil peshoynalari uchun qo‘llashni tavsiya etdi. Ixtiro avtomobilsozlikda muvaffaqiyat qozonib, bir necha yuzlab (balki minglab) insonlarni, peshoyna singanda shisha bo‘laklari yuziga va tanasiga sachrab sanchilib qolishida saqlab qolgan...

Yog‘dulanuvchi professor.

Moskva universiteti kimyo professori Semyon Volfkovich laboratoriyada fosfor moddasi bilan juda ko‘p va uzoq ilmiy tajribalar olib borgan. Ish jarayonida gazsimon fosfor olimning kiyimlariga o‘rnashib, shimilib qolar edi. Shu tufayli ham akademik ishdan so‘ng qorong‘u Moskva ko‘chalari bo‘ylab piyoda uyga qaytayotganida, uning kiyimlari moviy rangdagi shu'la taralib turar, poyabzalidan esa uchqun chiqayotgandek taassurot uyg‘otar edi. Odatda akademik o‘z ortidan hayrat bilan ergashib kelayotgan avom olomonga e'tibor bermasdi. Biroq, asl mohiyatda bexabar bo‘lgan savodsiz Moskvaliklarning orasida, universitetda ishlaydigan, kechalari o‘zida yog‘du taratadigan "o‘zga sayyoralik", "narigi dunyodan kelgan kimsa" haqida uydirmalar tarqalishi uchun bu narsa yetarli bo‘lgan.

Fizikadan kimyoga.

Yadro fizikasi otasi bo‘lmish Ernest Rezerford, bir paytlar fizika faniga haddan tashqari mubolag‘a bilan katta baho berib, "barcha fanlarni ikki turkumga bo‘lish mumkin: Fizika va pochta markalarini yig‘ish!" deb aytgan edi. Biroq, eng qiziqarlisi shundaki, unga Nobel mukofotini, fizikadan emas, balki kimyo bo‘yicha, "Radioaktiv moddalar kimyosi sohasida, elementlarning yemirilishi borasida olib borgan tadqiqotlari uchun" (1906-yil) berilgan. Natijada esa, Rezerford keyingi bayonotlarining birida hazil aralash, uning hayotda ko‘rgan eng kutilmagan shakl o‘zgarishlaridan biri sifatida, aynan o‘zining fizik mutaxassisdan kimyogarga aylanib qolganligi ekanini ta'kidlagan edi.

Besaranjom xodim va uning olamshumul kashfiyoti.

Shotlandiyalik bakteriolog Aleksandr Fleming, laboratoriyada mehnat qilar ekan, hamkasblari orasida unchalik saranjom emasligi va ish joyini ko‘pincha yig‘ishtirmasdan, pala-partish saqlashi borasida tanqidga uchrar edi. U haqiqatan ham o‘ta betartib ish yuritadigan fe'l-atvor egasi bo‘lgan. Lekin, baxtli tasodif tufayli uning bu xurmacha qiliqlari, 1928-yilda, XX-asr tibbiyotining eng katta yutuqlaridan biri bo‘lmish - antibiotiklarning kashf etilishiga sabab bo‘ldi.

o‘z odatiga sodiq ravishda Fleming, bakteriyalar bilan tajriba o‘tkazilgan maxsus idishchalarni, 2-3 haftalab yuvmay, tashlab qo‘ygan. Saranjom hamkasblar esa, o‘z idishlarini doimo toza tutishar edi. U yangi tajriba uchun ishlatish maqsadida idishlarni yuvishga chog‘lanar ekan, ulardan birida saqlangan bakteriyani o‘rab olib, halok qilayotgan po‘panakni ko‘rib qoladi. Shu tarzda tarixdagi ilk antibiotik - pensillin kashf etilgan edi.

Fleming o‘z kashfiyotidan nafaqat tibbiyotda, balki, tasviriy san'atda ham foydalangan ekan. U mikroblarning shtammlaridan foydalanib, ajoyib asarlar hosil qilgan.

Rezina ixtirochisi.

Amerikalik Charlz Gudir ham rezina tayyorlash retseptini tasodifan kashf qilgan. U adashib, kauchuk va oltingugurtdan iborat aralashmani oshxona plitasida qizdiradi. Shu tarzda, kauchukning rezinaga aylantiradigan vulkanizatsiya jarayoni ixtiro qilingan. Gudirning o‘zi, ixtirosining tasodifiy ekanligini inkor etmasa-da, biroq, unga shunchaki to‘satdan erishilgan natija sifatida ham qarash noo‘rin ekanligini ta'kidlar edi. Olim uzoq olib borilgan tajribalar seriyasida erishilgan kuzatuvchanlik va ziyraklik shunday yutuqqa olib kelgan deb fikr bildirgan.

Tushda ayon bo‘lgan davriy jadval.

Bu hikoyani ham ko‘p eshitganmiz: emishki, D.I.Mendeleyev, o‘zi tuzgan kimyoviy elementlar davriy jadvalini avvaliga tushida ko‘rgan emish... Bu haqida olimning o‘zi shunday degan edi: "Men u (jadval) haqida balki 20 yil va undan ko‘proq o‘ylangandirman; siz esa, "mudradi va... tayyor!"-deb o‘ylaysiz". Haqiqatan ham, Mendeleyev, davriy jadvalni kunlardan bir kun, tasodifan, o‘zi umuman o‘ylamagan holda tushida ko‘rib qolib kashf etgan emas. Balki, uning ustida yillar davomida izlangan, tunu-kun fikri-yodi unda bo‘lgan. Inson bir narsani muttasilo‘ylayversa, uni tushida ham albatta ko‘radi. Bu ko‘pchiligimizga ayon oddiy haqiqat. Shunday ekan, har qanday yutuq va muvaffaqiyatning zamirida tinimsiz mehnat yotadi. Bu kabi tasodiflar esa, aslida qonuniyatdir.

Tarjima mashaqqatlari.

Shakarni o‘rnini bosuvchi modda - sukraloza, Professor Lesli Hyuning ingliz tilini yaxshi bilmaydigan xorijlik talabalaridan biri tufayli kashf etilgan. Olim laboratoriya ishlaridan birida, xorijlik talabaga shakarning xlorlangan birikmalarini tekshirishni buyuradi (inglizchada, "test" fe'li bilan murojaat qiladi); talaba esa, professorni yaxshi tushunmasdan, undan moddani tatib ko‘rishni so‘rayapti deb o‘ylaydi (inglizchadagi "taste" fe'lini tushunadi). Talab moddani yalab ko‘radi. Qarasa ship-shirin narsa...

Gazli suv ichasizmi?

Ingliz olimi Jozef Pristli 1767-yilda, uzumni achitib tayyorlanadigan ichimliklarda, bijg‘ish jarayonida hosil bo‘ladigan, va suyuqlik yuzasiga qalqib chiqib yoriladigan gaz pufakchalari bilan qiziqib qoladi. Achitilayotgan uzum bochkasi ustida u suv to‘ldirilgan idishni qo‘yib, bir muddatdan keyin uni oladi va mazasini tatib ko‘radi. Pristli bunday suv tetiklantiruvchi xususiyatga ega ekanligini o‘z tanasi bilan his qilgan edi. Shu tarzda olim, hozirda ham gazlangan ichimliklar tayyorlashda qo‘llaniladigan karbonat angidrid gazini ochgan edi. 5 yildan keyingi e'lon qilgan ilmiy risolasida esa Jozef Pristli karbonat angidrid gazi olishning yanada takomillashgan usuli - bo‘r va oltingugurt kislotasini o‘zaro reaksiyaga kiritish yo‘li bilan hosil qilish haqida mufassal bayon qilgan.

"Buyuk Kimyogar!!!"

1837-yil kunlarining birida, Rossiya Imperiyasining yirik shaharlaridan biri Qozondagi xususiy pansionatlardan birining yerto‘lasida kuchli portlash yuz berdi. Hammani qo‘rquvga solgan portlash manzarasidan so‘ng, arang o‘ziga kelgan shahar tartib nozirlari, tekshiruvlarda aniqlashicha, bino yerto‘lasida, Aleksandr Butlerov ismli, mahalliy maktab o‘quvchisi yashirincha ravishda, qandaydir kimyoviy tajriba o‘tkazgan ekan.

U o‘qigan maktab pedagog kengashi, "bezori"ni barchaga kulgi qilib, sazoyi qilish bilan jazolashga qaror qildi. Sasha Butlerovni, bo‘yniga katta harflar bilan, "Buyuk Kimyogar!!!" yozuvi osilgan taxtachani ilib, maktabning eng gavjum joyida - oshxonada soatlab tik turishga majbur qilindi. Barcha kirgan-chiqqan o‘quvchi va o‘qituvchilar uni ustidan kulib o‘tishar edi. Bunday tahqirlovchi yozuv bilan balki maktab ma'muriyati, haqiqatan ham bo‘lajak buyuk kimyogarga salbiy munosabat bildirishayotganligini xayoliga ham keltirmagan bo‘lsa kerak. Yosh iste'dod egasining ham bu narsani qanday qabul qilgani noma'lum. Balki u iztirob chekkandir, balki, shu holatda ham ilmiy mulohazalar bilan band bo‘lgandir. Nima bo‘lganda ham, aslida ermak uchun yozilgan yozuv oqibatda haq bo‘lib chiqdi. Aleksandr Butlerov o‘z asrining eng buyuk kimyogarlaridan biri bo‘lib yetishdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

"

Yangilаndi: 26.12.2018 08:32  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Bildirilgan fikrlar   

 
+9 #2 Javob: Kimyo tarixidan qiziqarli faktlar. Bakhtisher Aslonov 2015-08-08 11:39
Shu ixtirolar qatoriga Yod (J) elementining kashf etilishini qo'shsa ham yaxshi bo'lar edi.
 
 
-2 #1 XatoFarrukh 2015-01-05 15:36
Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay - Buxoriyning gapi, Behbudiy emas..
 

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma'lumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!



Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis