Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Moziyga nazar Qanday qilib yer maydonini quduq bilan o'lchash mumkin?

Qanday qilib yer maydonini quduq bilan o'lchash mumkin?

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Qanday qilib yer maydonini quduq bilan olchash mumkin?

Bobil davlatining kop sonli aholisining muayyan qismi dehqonchilik bilan, asosan boshoqli ekinlar yetishtirish bilan shugullangan. Mamlakat joylashgan hududning issiq iqlimi, yer maydonlarining tez-tez sugorilishini talab qilgan. Bobil qolyozmalarida, yer maydonlarining olchamini ifodalovchi belgi ieroglif, quduqni ifodalovchi belgi ieroglif bilan bir xil bo'lgan, boshqacha aytganda, Bobilliklar dala maydonini ifodalash uchun ham, quduq sozini yozish uchun ham bitta ieroglifdan foydalanishgan. Bundan kelib chiqadiki, Bobil dehqonlari, bitta quduqdan chiqarilgan suv miqdori, qanday olchamdagi dala maydonini sugorishga yetishini hisoblash orqali, ekin ekiladigan yerlarning maydonini belgilashgan. Masalan, "bir quduq yerga ekilgan arpa" kabi...

olchov birligi sifatidagi quduqni odatda, har biri 100 ta joyakdan iborat 18 ta dala maydoniga ajratishgan. Zamonaviy olchovlarga kora, Bobilliklarning ortacha joyagi taxminan 35.25 m2 bo'lgan. bunday holatda, bir quduq yer maydoni taxminan 6.345 gektarga bolishi kerak. bundan kelib chiqadiki, agar Bobillik har bir oila ortacha 600 m2 (an'anaviy 6-sotix) yerga ega bolgan taqdirda, bir quduq yer, 106 ta oilaga yetgan bolar ekan. Ularga suv borasida ota tejamkor bolishga to'g'ri kelgan bolsa kerak.

Qadimgi Rimda esa, oddiy Rim dehqoning hayotiy tajribasidan kelib chiqqan yuza va maydon birligi - yuger (jugerum) deb atalgan. Yuger bu - bir bahor kunida, bir juft hokiz haydab chiqishi mumkin bo'lgan dalaning maydoni. Ushbu birlikning nomi, birdaniga ikkita hokizga kiydirish mumkin bo'lgan boyinturuq nomi - yugun (igium) dan olingan.

Aytish joizki, hozirda hech kim, bir yugerning aynan qanday olchamdagi maydon bo'lganligini aniq bilmaydi. Buni bilish juda mushkul, sababi, yuger mutlaqo Apennin yarim oroliga xos bo'lgan, mintaqaviy xarakter kasb etadi. Apenninda yer maydonlarining tarkibi, shunchalik keskin ozgaruvchanki, u yerda haydash qiyin bo'lgan toshloq yerlarga ham, tekis ochiq maydonlarga ham, va adir qiyaliklariga ham ekin ekiladi. Kunduz kuni ikkita hokiz haydashi mumkin bo'lgan yer maydoni, yoki yuger olchami ham, yuqoridagi omillarga chambarchas bogliq ekanligi kundek ravshan.

Aftidan yuger singari keltirib chiqarilgan yuza olchov birliklari, tarixdagi dehqonchilik bilan shugullangan otroq xalqlarning kopchiligida mavjud bo'lgan. masalan, qadimgi Xitoyda asosiy maydon olchov burligi - mu (taxminan 0.061 gektar ~6 sotix), tarixiy Xitoy qolyozmalariga asoslanib aytish mumkinki, bitta oilaning, qolda ishlov berish orqali foydalangan yer maydoni bolgan ekan. Bu orinda tarixchilar hozircha aynan qanday ishlov berish - yerni chopib, agdarishmi, yoki, joyak (egat) olishmi, yoki ekin ekib yetishtirish nazarda tutilganmi, aniqlay olganlaricha yoq. Zamonaviy Xitoyda muning qiymati 0.015 gektardan 0.32 gektargacha bo'lgan qiymatlarda ozgaradi. Xitoy haqidagi manbalarda, odatda mu haqida 0.067 gektar, Gonkong haqida soz borganda esa, 0.084 gektar tarzida ifodalanadi.

Olmonlarda ham shunga oxshash birlik - morgen mavjud bo'lgan. Nemis tili oqiganlar yaxshi bilishadi - morgen bu - tong. Yer maydoni olchov birligi morgen esa - tonggi vaqtda haydab chiqish mumkin bo'lgan olchamdagi dala maydonidir. Rus Novgorod knyazligida ham, yer maydoni olchov birligi nomi soxa ham, qadimgi rus yer haydash ish quroli - omoch yoki soqa nomi bilan bir xil bo'lgan.

Umuman olganda bu kabi yuza va maydon olchov birliklarining bir oziga xos ajoyib jihati mavjud: ular biror bir geometrik shaklga boglangan emas! Biz oz zamonamizda kvadrat metr, kvadrat kilometr kabi birliklardan foydalanamiz. Ya'ni biz, kvadrat yoki, to'g'ri tortburchak shaklidagi yer maydonini nazarda tutamiz. Amalda esa, osha biz oylagan (olchagan) yer maydonining shakli istalgan korinishda - uchburchak, trapetsiya, va hattoki doira shaklida ham bolishi mumkin. Yuger, mu, morgen, quduq, soxa kabi birliklarda esa, yer maydoni yoki dalaning shaklini mutlaqo ahamiyati bolmaydi...


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 30.01.2025 10:02  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma'lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi..


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 883
O'qilgan sahifalar soni : 12198813

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)