Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Teleskop

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 16
Juda yomon!A'lo! 

Teleskop

Ko‘zoynaklar singari, ko‘rish trubasi ham, ilm-fandan yiroq odam tomonidan ixtiro qilingan. Dekartning "Dioptrika" asarida ushbu muhim ixtiro haqida shunday hikoya bor: "Fanimizning uyatga qoldirgan holatda, shunday ajoyib va muhim ixtiro, dastavval, mutloq amaliy tajriba asosida va unda ham, tasodif tufayli amalga oshirilgan. Taxminan, 30 yilcha avval, Yakov Metsius, "hech qachon fanlarni o‘qimagan odam", qo‘l ostida har xil shakldagi linzalarga va oynalarga ega bo‘lgan holatda, ularning ketma-ketligidagi kombinatsiyasidan, o‘t oldirish, olov hosil qilish uchun foydalanish maqsadida, ularni tasodifan, omadli ravishda shunday joylashtirishga muvaffaq bo‘ldiki, u orqali qarab, umuman kutilmagan tarzda, dastlabki ko‘rish trubasini yasab oldi". Aytishlaricha, bunga sabab bo‘lgan narsa, Metsiusning ishlari ustida kuzatuvchanlik bilan o‘ynab yurgan bolalarining, o‘yin asnosida truba orqali unga qaraganlari bo'lgan ekan...

Shunday qilib, dastlabki ko‘rish trubasi Niderlandiyada, XVII asrning boshlarida paydo bo'ldi. Shuni aytish kerakki, uni, Metsiusdan tashqari, yana bir necha kishi, bir biridan mustaqil ravishda ixtiro qilishgan. Ularning hech birisi optikachi olimlar bo‘lishmagan, aksincha oddiy shishasoz usta hunarmandlar bo‘lishgan. Ulardan biri, Middelburglik ko‘zoynak ustasi Ioann Lippersgey - 1608-yilda o‘zining ixtirosi haqida Bosh Shtatlarda chiqish qiladi. Bu yangilik haqida eshitgan mashhur olim Galileo Galiley 1610-yilda shunday yozgan edi: "O‘n oycha muqaddam, Belgiyalik qandaydir odam perspektiva[1] (Galiley teleskopni shunday atagan) yasagani va uning yordamida ko‘zdan uzoqda joylashgan buyumlarni aniq farqlar bilan, xuddi ular yaqindagidek ko‘rish mumkinligi haqidagi xabar bizning qulog‘imizga ham yetib keldi". Galiley ko‘rish trubasining ishlash mohiyatini bilmagan, lekin, optika qonunlaridan xabardor bo‘lganligi uchun, u haqida tezkorlik bilan o‘z tushunchasiga ega bo‘lib, o‘zi ham, ko‘rish trubasi yasashga muvaffaq bo'lgan.

 

"Avvaliga men, qo‘rg‘oshindan trubka yasadim - deb yozadi u, - uning bir tomoniga ikkita ko‘zoynak shishasini, ularning har ikkisining ham bir tarafi tekis, ikkinchi tarafi qavariq-sferik, bir uchidagisi esa botiq edi. Ko‘zimni botiq shishaga qo‘yib, buyumlarni ancha katta va yaqindan ko‘rdim. Bundan keyin men, yana ham aniqroq truba yasadim, u buyumlarni oltmish marotabadan ham ko‘proq kattalashtirib ko‘rsatar edi. Buning uchun hech qanday mehnat va mablag‘ni ayamay, shunchalik mukammal asbob yasashga erishdimki, agar u orqali buyumlarga qaralsa, tabiiy holatdagisiga qaraganda, ming marta kattaroq, o‘ttiz marta yaqinroq ko‘rinar edi. Bunday asboblarning quruqlikda ham, dengizda ham qanchalik qulay ekanligini sanab o‘tirish ortiqcha bo‘lar edi".

Galiley birinchi bo‘lib ko‘zoynaklar va ko‘rish trubalari uchun linzalarni tayyorlashning texnologiyasi tamomila farq qilish lozimligini tushunib yetdi. Ko‘zoynak uchun tayyorlangan linzalarning aksariyati teleskop uchun yaroqsiz bo‘lib chiqar edi. Uning teleskop linzasini tayyorlash texnologiyasining takomillashtirishi natijasida, linzalarning kattalashtirish xususiyati 20 martagacha ko‘paydi. Ko‘zoynak ustalarning eng mohiri ham, bu ko‘rsatkichni uch martadan oshira olmagan edi.

Galileyning teleskopi ikkita linzadan - obyektiv, ya'ni, buyumga qaratilgan, nurlarni yig‘uvchi qavariq linzadan, hamda, ko‘zga qaratilgan sochuvchi linza - okulyardan iborat bo‘lgan. Buyumdan kelib tushayotgan nurlar avvaliga obyektivda sinib, so‘ngra, ko‘zga tushib tasvir hosil qilishdan avval esa, okulyarda sochilishga uchragan. Bunday tartibda oynalarning joylashtirilishida, nurlar haqiqiy tasvirni hosil qilmagan, bu jarayonda tasvir, ko‘zning o‘zida hosil qilinib, ko‘z ham optik zanjirning bir qismi sifatida ishtirok etgan.

Obyektiv, kuzatilayotgan buyumning haqiqiy tasvirini o‘zining fokusida hosil qilgan. Biroq, bu tasvir teskari, to‘nkarilgan holatda namoyon bo‘lib, keyingi jarayonda, obyektivdan o‘tib, yig‘ilgan nurlar, botiq linzali okulyarda yana sochilishga uchragan va o‘zining haqiqiy tasviri xususiyatlarini yo‘qotgan. Sochuvchi linzadan keyin, buyumning tasviriy ifodasi hosil bo‘lgan va u ko‘z uchun, eng maqbul ko‘rish masofasida joylashgan. Teleskopning kattalashtirib ko‘rsatish ko‘rsatkichi, obyektiv va okulyarning fokus masofalarining nisbatiga teng bo'lgan. Nazariy jihatdan, istalgan kattalikdagi tasvirni hosil qilish mumkindek, tuyuladi. Biroq, kattalashtirish ko‘rsatkichi uchun chegarani texnik imkoniyatlarning cheklanganligi qo‘yadi: katta diametrli shishani sayqallab, linza ko‘rinishiga keltirish juda mushkul yumush.Bundan tashqari, juda katta fokus masofalari uchun, juda uzun truba yasash taqozo etiladi va unda kuzatuvchining ishlashi imkoni bo‘lmay qoladi. Florensiyadagi ilm-fan muzeyida saqlanayotgan Galiley teleskoplarini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, olimning yasagan birinchi teleskopi 14 marta, ikkinchisi esa 19.5 marta kattalashtirib ko‘rsatish imkonini bergan ekan. Uchinchi teleskopi esa, undan ham yaxshi - 34.6 marta kattalashtirish imkoniga ega bo'lgan.

Albatta, Galileyni teleskopning ixtirochisi sifatida e'tirof etish to'g'ri emas. Biroq, u XVII asr boshi uchun optika ilm-faniga ma'lum bo'lgan bilimlar asosida, uni takomillashtirishga va ilmiy asosda mukammallashtirib, qudratli ilmiy asbobga aylantirishga erishdi. Aynan Galiley tungi osmonga teleskop orqali nigoh tashlagan dastlabki inson bo‘lgan. Shu sababli u, o‘zigacha hech kim ko‘rmagan narsalarni ko‘rishga muvaffaq bo'ldi. Dastavval, Galiley o‘z teleskopini Oyga qaratdi. Uning sirtida tog‘lar va vodiylar mavjud ekan. Tog‘larning cho‘qqilari quyosh nurlaridan kumushsimon yarqirardi, uzun soyalari esa, vodiylarga ko‘lanka tashlab turardi. Oy tog‘lari soyalarining uzunligini o‘lchash orqali, Galiley ularning balandliklarini hisoblab chiqdi. tungi osmonda u ko‘plab yangi yulduzlarni kashf etdi. Masalan, Pleyada yulduzlar turkumida, qadimdan naql qilib kelinganidek 7 ta emas, balki ancha ko‘proq - 30 dan ortiq yulduzlar bor ekan. Orion yulduz turkumida esa, 8 ta emas, 80 ta yulduz aniqlandi. Galileygacha bo'lgan qadimgi va o‘rta asr olimlarining, Somon Yo‘lining "nur chiqaruvchi bug‘lar to‘plami" degan qarashlari, Galiley teleskopining mazkur galaktikaga yuzlanishi tufayli chippakka chiqdi. Somon yo‘li, juda ko‘p miqdordagi alohida yulduzlarning yig‘ilgan joyi ekan. Galileyning katta hayratiga sabab bo‘lib, yulduzlar, teleskopdan qaralganda, oddiy ko‘z bilan qaralganidan ham kichikroq bo‘lib qolar, va o‘zlarining‘ gardishlaridan mosuvo bo‘lib qolar edi. Sayyoralar esa, endi xuddi oy singari yaqqol ko‘rina boshlagan edi. Teleskopi bilan Yupiterga yuzlanib, Galiley uning atrofida harakatlanayotgan va sayyoraga nisbatan o‘z vaziyatini muttasil o‘zgartirib turuvchi to‘rtta kichik osmon jismini kuzatdi. 2 oylik kuzatuvlardan keyin, Galiley, ularning Yupiterning tabiiy yo‘ldoshlari ekanligi va Yupiterning o‘zi Yerdan bir necha barobar katta ekanligi haqida xulosaga keldi. Teleskopni Veneraga yo‘naltirib, Galiley uning Oyga o‘xshash fazalar almashinish jarayoni borligi, demak u ham Quyosh atrofida aylanishini ilmiy asoslab berdi. Vanihoyat, teleskop va binafsharang shisha orqali, Quyoshga qarab, buyuk olim, undagi dog‘larning mavjudligini, ularning harakatlanishini kuzatish orqali esa, demakki, Quyosh ham o‘z o‘qi atrofida aylanishini kashf etdi.

Galileyning yuqorida sanab o‘tilgan barcha kashfiyotlari, nisbatan kichik muddat mobaynida, va teleskop tufayligina amalga oshirilgan edi. Zamondoshlari orasida bu kashfiyotlar olamshumul shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Teleskop va u orqali koinotga qarash ishtiyoqi shu darajada kuchayib ketadiki, o‘sha yilning o‘zidayoq, Galiley butun Italiya bo‘ylab teleskop uchun yuzlab buyurtmalarni qabul qiladi.

1610-yilda Galiley ko‘rish trubasining mutlaqo yangichakonstruksiyasini o‘ylab topdi. Keyingi yili esa u fundamental ilmiy ish - "Dioptrika"ni chop ettirdi. Unda olim, ko‘rish trubalari va optik asboblarning nazariy jihatdan tahlil qilib bergan.

Galileyning kashfiyotlarini birinchilardan bo‘lib munosib baholagan inson - boshqa bir buyuk astronom - Iogann Kepler edi. Keplerning o‘zi teleskop yasay olmagan. Chunki unda mablag‘ muammosi doimiy xalal berardi, qolaversa, Kepler yashagan muhitda malakali optikachi ustalar bo‘lmagan. Biroq, Kepler tamoyili bo‘yicha birmuncha mukammal teleskopni boshqa bir astronom - Sheyner yasagan.

Ko‘plab olimlar, teleskopining quvvatini Galileynikidan ham oshirish uchun jiddiy urinishlar olib borganlar. Ba'zilarga kattalashtirish darajasini 100 barobargacha olib chiqishga muvaffaq bo‘lishgan, biroq, bunda truba uzunligi 30-40 metrga yetib qolar edi. Tarixiy rekord astronom Ozuga tegishli bo‘lib, 1664-yilda u 600 marta kattalashtira oladigan teleskop yasashga erishgan. Uning teleskopi trubkasi uzunligi 98 metrga teng bo'lgan. 1672-yilda yana bir buyuk olim Isaak Nyuton tomonidan mazkur muammoning o‘ziga xos yechimlaridan biri optik amaliyotga joriy qilingan bo‘lib, Nyuton teleskopi Reflektor deb atalgan. Unda qavariq shisha linza o‘rniga botiq metall ko‘zgu qo‘llanilgan edi.

Yuqorida hikoya qilinganidan ko‘rinib turibdiki, teleskopning ixtiro qilinishi fanda yangi davr, aniqlikka asoslangan optik kuzatishlar erasini boshlab berdi. Astronomik, geografik izlanishlarda, dengizchilikda beqiyos optik asbob, butun insoniyatga beminnat xizmat qila boshladi.


[1]Perspektiva - "Kelajak" ma'nosida emas, optikadagi proyeksiyaning turlaridan biri ma'nosida qo‘llanilmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 08.12.2018 20:01  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbital latifalar :) :)

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma'lumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11835628

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!