Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Buyrak dializi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 10
Juda yomon!A'lo! 

Buyrak dializi

 

Buyrak hastaliklari bilan og‘rigan bemorlar, maxsus tibbiy apparat - gemodializator va uning ixtirochilaridan o‘ta minnatdor bo‘ladilar. Bu uskunaning vazifasi inson buyraklari bajarishi lozim bo‘lgan ish - qondan siydik va boshqa moddalarni ajratib olishdir. Undan buyrak faoliyatini tiklash muolajalari yoki, bemorga buyrak transplantatsiyasi amaliyotini qilish operatsiyasigacha bo‘lgan davrda foydalaniladi.

Yaratgan hech kimning boshiga kasallik va dard solmasin. Taasufki, issiq jon, hech kasalliklardan mutloq himoyalngan emas... ba'zan insonning eng muhim ichki a'zolari, masalan, yurak, buyrak kabilar, ma'lum hastaliklar yoki surunkali zararli odatlar natijasida, o‘z ish faoliyatidan chetlashib, tabiiy funksional vazifasini bajara olmay qoladi. Bunday holatda organ, uning faoliyatini quvvatlovchi apparatga muhtoj bo‘ladi. Shunday apparatlardan biri - buyrak yetishmovchiligi bilan jabr chekayotgan bemorlarga yordam beruvchi gemodializ apparatidir. Uni sun'iy buyrak deb atash mumkin va u ham xuddi tabiiy vazifadoshidek, qon tarkibidagi toksik moddalarni ajratib chiqarib tashlaydi. Buyrak transplantatsiyasiga buyurilgan bemorlar, operatsiya qilingunigacha gemodializator apparatiga ulab qo‘yiladi.

Bunday apparatning dastlabki namunasini 1914-yilda AQSHlik bir guruh vrachlar tayyorlashgan. Ular buyrak yetishmovchiligi bilan kasallangan itning qonini sterillangan suvli idishga tishirilgan quvurlar orqali haydab ko‘rishgan. It qonidagi barcha zararli moddalar trubkalar orqali suvga chiqarib tashlangan, tozalangan qon yana itning tomirlariga yuborilgan. Biroq, buyrak yetishmovchiligi bilan hastalangan millionlab insonlarga hayot quvonchini hadya etgan haqiqiy ma'nodagi gemodializator asosidagi muolaja davolash amaliyotini, gollandiyalk vrach Villem Kolf (1911-2009) joruy qilgan. Kolf o‘zi loyihalangan birinchi gemodializ apparatini 1943-yilda bemor inson tanasida muvaffaqiyatli qo‘llab, samarali muolaja natijalariga erishdi.

 

Buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekayotgan bemorga odatda, haftasiga kamida uch martadan, va har biri 3-4 soatdan davom etuvchi gemodializ jarayoni zarur bo‘ladi. Bemorning qoni, odatda, uning qo‘lidagi qon tomirlariga ulangan trubkalar orqali olinib, gemodializ apparatiga yuboriladi. U yerda qondagi barcha toskik moddalar va siydik ajratib olinib, tozalangan qon qaytdan, boshqa trubka orqali, bemor tomirlariga yuboriladi. Bu jarayon davomida, bemorning tanasidagi barcha qoni (4.5-5 litr hajmda) har 15 daqiqada apparatdan o‘tkaziladi.

Dastlabki gemodializator apparatlarda bemor tomiriga ignani bir necha martada qayta-qayta sanchishga to'g'ri kelardi. Natijada, tomirlar yuzasi zararlanib, u yerga infeksiya tushish hollari ham bo‘lgan. Gemodializatrorning takimillahuvidagi muhim ratsionalizatorlik ishlaridan birini, AQSHlik vrach Belding Skrinber (1921-2003) amalga oshirdi. U bemor qo‘liga kiritib qo‘yiladigan ingichka devorli teflon kran-shunt yasab, o‘z bemorlariga beg‘araz taqdim etdi. Mazkur takomillashuv natijasida, dializ muolajasiga muhtojlarning dard chekishlari birmuncha yengillashib, qon tomirlari devorlarining yaxlitligi saqlanadigan bo‘ldi.

Yirirk planda:

Gemodializ amaliyotini klinikada ham, uy sharoitida ham qilish mumkin. 1970 yillarda paydo bo‘lgan gemodializ usullaridan birda - bemorga maxsus paketchada dializator o‘rnatiladi. Uning ichida sterillangan suv, tuzlar, va boshqa zaruriy aralashmalar bo‘lib, ular membra orqali o‘tgan qonni filtrlash vazifasini bajaradi.

1. Bemor tomiridan qon olinib, nasos orqali dializatro apparatga yuboriladi.

2. Gemodializatordagi maxsus suyuqlik - dializat orqali qon filtrlanadi.

3. Apparat ichidagi membrananing o‘t kichik teshikchasi orqali faqat qon o‘ta oladi holis. Dializat va unga birikib qolgan toksik moddalar, hamda, ortiqcha suyuqlik miqdori, chiqarib tashlanadi.

4. Toza qon bemor organizmiga qaytariladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

 

Yangilаndi: 19.03.2018 08:15  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Massaning saqlanish qonuni


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11716641

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)