Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli fizika Katalik Neytralizator

Katalik Neytralizator

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Katalik Neytralizator

Katalik konverter – neytralizatorlarni avtomobillarning tutun chiqarish tizimlariga o‘rnatiladi. Neytralizatorlar tutun gazlarida kimyoviy  reaksiya keltirib chiqaradi va bu orqali, ular tarkibigidagi zaharli moddalarning atmosferaga chiqish darajasini kamaytiradi.

Jahon bo‘ylab yo‘llarda millionlab avtomobillar harakatlanmoqda. Ularning umumiy chiqindi gazlari – dvigateldagi yoqilg‘ining yonishidan hosil bo‘lgan tutunlarning hajmi esa juda katta miqdorni tashkil qiladi. Avtomobil tutuni tarkibidagi asosiy tashkil qiluvchular bu – azot, suv va karbonat angidrid gazlari bo‘lib, ular alohida holatda zararli hisoblanmaydi. Lekin karbonat angidrit gazining katta miqdorda atmosferada to‘planib qolishi, «issiqxona effekti» hodisasini keltirib chiqaradi va global iqlim o‘zgarishlariga sababchi bo‘lishi ehtimoli katta.

Lekin avtomobil tutuni tarkibida oz miqdordagi is gazi (CO), ulgevodorodlar va azot oksidlari mavjud bo‘ladi. Bu zaharli gazlar inson va boshqa barcha tirik organizmlar uchun koni ziyondir. Katalik neytralizatorlar bu moddalarning chiqarish hajmini kamaytirish uchun xizmat qiladi.

Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, katalik neytralizatorlarda maxsus katalizator moddalar qo‘llaniladi. Katalizatorlarning ikki turi avtomobil chiqindi gazlarini neytrallashda nisbatan samaraliroq hisoblanadi: birinchisi – oksidlovchi katalizatorlar, va ikkinchisi – tiklovchi katalizatorlar. Ari uyasi ko‘rinishidagi metall katalizatorni keramik asosga maxkamlanadi. Bu orqali, chiqindi gazlar oqimining katalizator yuza maydoniga maksimal miqdorda kelib tushishi ta’minlanadi.

Tiklovchi katalizator – avtomobil chiqndi gazlarini zararsizlantirishning birinchi bosqichi hisoblanadi. Bunda Platina yoki Rodiy metallari asosidagi katalizator azot oksidlarini neytrallaydi, ya’ni zararsiz bo‘lgan kislorod va azotga parchalaydi: NO → N+O .

Keyingi bosqichda oksidlovchi katalizator ishga kirishadi: unda Palladiy va Platinadan tayyorlangan katalizator yonmay qolgan uglevodorod chiqindiliarini, va uglerod oksidlarini neytrallaydi. Bu jarayonda, katalizator uglevodorod chiqindilarini oksidlab, ularni suv va CO2 ga parchalaydi, is gazi ham uglerod ikki oksidga aylantiriladi. Zamonaviy avomobillarning ba’zilariga uchinchi bosqich -  chiqindi gazlar miqdorini nazorat qilish tizimi ham o‘rnatilgan bo‘lib, ular datchik yordamida qayd qilingan miqdoriy qiymatlarni tahlili orqali dvigatelga yoqilg‘i uzatish jarayonini nazorat qilib boradi.

Foto fakt:

Jahondagi yirik sanoatlashgan va ko‘p sondagi serqatnov avtomobil harakatiga ega shaharlarning ustida doimiy ravishda tumanga o‘xshash xira tutunli havo qatlami mavjud bo‘lib turadi. Bu asosan avtomobil chiqndi gazlarining shahar osmonida to‘planib qolishidan hosil bo‘lib, hudud tabiiy zanjiriga va ekomuvozanatiga nihoyatda salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qushlar, hashoratlar va o‘simliklarning ba’zi turlari bunday sharoitda yashay olmaydi. Natijada yoki nobud bo‘ladi yoki bunday hududni butunlay tark etadi. Tasvirda jahondagi eng aholisi zich va serqatnov avtomobil harakatiga ega shaharlardan biri – Mexiko osmoni.

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

 

Yangilаndi: 24.03.2018 11:57  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma'lumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11580489

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!