Ammiak
Molekulasining tuzilishi. Azot vodorod bilan bir necha xil birikma hosil qiladi, ulardan eng muhimi ammiakdir. Ammiak molekulasining elektron formulasi quyidagicha:
H
: N: H
H
Ko'rinib turibdiki, azotdagi to'rtla elektronlar juftidan uchtasi umumiy (bog'lovchi) va bittasi bo'linmagan (bog'lovchi emas). NH3 molekulasining tuzilishi piramida shaklida bo'ladi. Kimyoviy bog'lanish qutbli: musbat zaryad vodorod atomlarida, manfiy zaryad - azot atomida to'plangan. Shu tufayli ammiak molekulalari orasida vodorod bog'lanish hosil bo'ladi. buni shunday tasvirlash mumkin:
Vodorod bog'lanishlar borligi tufayli ammiakning suyuqlanish va qaynash temperaturasi nisbatan yuqori. Bug'lanish issiqligi ham katta bo'ladi, u oson suyuqlikka aylanadi.
Fizikaviy xossalari. Ammiak - o'ziga xos o'tkir hidli rangsiz gaz, havodan deyarli ikki marta yengil. Bosim oshirilganda yoki ammiak sovitilganda u osonlik bilan rangsiz suyuqlikka aylanadi (qaynash temperaturasi −33,4 °C). Ammiak suvda juda yaxshi eriydi (20 °C da 1 hajm suvda 700 hajm NH3 eriydi).
Ammiakning suvdagi eritmasi ammiakli suv yoki navshadil spirit deyiladi. Qaynatilganda erigan ammiak eritmadan uchib chiqib ketadi.
Kimyoviy xossalari. Ammiakning suvda ko'p eruvchanligiga sabab uning molekulalari orasida vodorod bog'lanishlar hosil bo'lishidir:
Lekin ammiakning bunday gidratlari bilan bir qatorda qisman ammoniy ionlari va gidroksid-ionlar ham hosil bo'ladi
Gidroksid ionlar boriigi sababli ammiakli suv kuchsiz ishqoriy muhitga ega bo'ladi. Gidroksid-ionlar NH4+ ionlari bilan o'zaro ta'sirlashganida yana vodorod bog'lanish bilan bog'langan NH3 va H20 molekulalari hosil bo'ladi, ya'ni reaksiya teskari yo'nalishda ketadi. Ammiakli suvda ammoniy ionlari va gidroksid-ionlar hosil bo'lishini ushbu tenglama bilan ifodalash mumkin:
NH3+H2O→NH3·H2↑NH4++OH-
Ammiakli suvda ammiakning eng ko'p qismi NH3 molekulalari holida bo'ladi, muvozanat ammiak hosil bo'lish tomoniga siljigan shu sababli bu suvdan ammiak hidi keladi. Shunga qaramay, ammiakning suvdagi eritmasini NH4OH formula bilan ifodalash odat bo'lib qolgan va u ammoniv gidroksid deyiladi, ammiaik eritmasining ishqoriy muhiti esa NH4OH molekulalarining dissotsilanish natijasi deb qaraladi:
NH4OH = NH4++OH-
Ammiakning suvdagi entmasida gidroksid-ionlarnmg konsentratsiyasi kichik bo'lganligi sababli ammoniy gidroksid kuchsiz asoslar qatoriga kiritiladi.
Shunday qilib, ammiakning suv bilan o'zaro ta'sir reaksiyasida ammiak molekulasiga suvdan proton birikadi, natijada amn kationi NH4+ va gidroksid ion OH- hosil bo'ladi. Ammoniy kationida to'rtta kovalent bog'lanish bor, ulardan bittasi donor-akseptorli mexanizm bo'yicha hosil bo'lgan .
Ammiakning muhim kimyoviy xossasi uning kislotalar bilan o'zaro ta'sirlaslnb. ammoniy tuzlarini hosil qilishidir. Bu holda ammiak molekulasiga kislolaning vodorod ioni birikib, tuz tarkibiga kiradigan ammoniy ionini hosil qiladi:
NH3+HCI=NH4CI, NH3+H3PO=NH4H2PO,
Keltirilgan misollardan ammiak uchun protonlar biriktirib olish rcaksiyalari xosdir. dcgan xulosa kclib chiqadi.
Ammiak kislorodda va oldindan qizdinlgan havoda yonib, azot hamda suv hosil qiladi:
4NH3+3O2=2N2+6H2O
Katalizator (masalan, platina, xrom (III) oksid) ishtirokida reaksiya azot (II) oksid va suv hosil bo'lisln bilan boradi:
4NH3+5O2=4NO+6H2O
Bu reaksiya ammiakning katalitik oksidlanishi deyiladi Ammiak - kuchli oksidlovchi. Qizdirilganda u mis (II) oksidni qaytaradi, o'zi esa erkin azotga qadar oksidlanadi:
Bu reaksiya yordamida laboratoriya sharoitida azot olish mumkin.
Olinishi va ishlatilishi. Laboratoriya sharoitida azot odatda ammoniy xlorid bilan so'ndirilgan ohak aralashmasini ohista qizdirish orqali ohnadi:
2NH4Cl+Ca(OH)2=CaCl2+2NH3↑+2H2O
Bu reaksiya ammiak bilan suvning o'zaro ta'sir muvozanati gidroksid-ion'lar qo'shilganda siljishiga asoslangan:
NH4+ + OH→NH3↑+H2O
Sanoatda ammiak olishning asosiy usuli uni azot bilan vodoroddan sintez qilishdir. Reaksiya ekzotermik va qaytar:
N2+3H2→2NH3 , Q =-92,4 kJ.
U faqat katalizator ishtirokida sodir bo'ladi; katalizator sifatida aktivatorlar - aluminiv, kaliy, kalsiv, kremniy (ba'zan magniy) oksidlari qo'shilgan g'ovak temir ishlaliladi. Boshlang'ich mahsulotlar quyidagicha; azot - suyuq havodan, vodorod - konversiya usuli bilan yoki suvdan olinadi.
Ammiakning ko'p miqdori nitrat kislota, azotli tuzlar, mochevina, ammiakli usul bilan soda olishga sarflanadi. Ammiakning sovitish maqsadida qo'llanilishi uning suyuqlikka aylanishi va so'ngra issiqlik yutib bug'lanishiga asoslangan.
Suyuq ammiak va uning suvdagi eritmalari suyuq o'g'itlar sifatida ishlatiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|