SGS tizimi. (mutloq tizim)
O‘lchov birliklarini xalqaro miqiyosda yagona tizimga keltirish g‘oyasi XIX asrda paydo bo‘ldi. Nemis olimi Karl Fridrix Gauss tomonidan ishlab chiqilgan va Santimetr - Gramm - Soniya birliklariga asoslangan SGS (asosiy birliklarning bosh harflaridan yig‘ma akronim) tizimi 1832-yilda xalqaro tizim sifatida fanga taklif etilgan edi. SGS tizimini "mutloq tizim" deb ham nomlashgan. 1881-yilda, o‘sha davr uchun yangi va istiqbolli soha hisoblangan elektr sohasi mutaxassislarining I Xalqaro kongresida SGS tizimi rasman qabul qilindi. SGSni joriy etishdan asosiy maqsad eng muhim elektrotexnik hisoblashlar uchun yagona va unifikatsiyalangan birliklarni xalqaro miqiyosda qabul qilish bo‘lgan.
SGS tizimi Britaniya elektrotexnika etalonlari qo‘mitasi tomonidan 1862-1870 yillarda ishlab chiqilgan. U hozirgi amaldagi SI tizimi tarkibiga to‘liq kirmaydi, lekin, fizika fani uchun professional tizim sifatida juda qulay va o‘zining turli ko‘rinishlari - SGSE, SGSM kabilar orqali ilm fanning turli sohalarida keng qo‘llanilgan.
SGSning turli variantlarda va nomlarda namoyon bo‘lishiga albatta jiddiy sabab bor: uning to‘rtinchi asosiy birligi ham mavjud bo‘lib, uni qo‘yilgan masala yoki tadqiqotdan ko‘zlangan maqsaddan kelib chiqib tanlab olinadi. Qabul qilingan to‘rtinchi birlik "o‘lchamsiz kattalik" uchun deb hisoblanadi va uning uchun agar, magnit singdiruvchalik qabul qilinsa, tizim endilikda SGSM, agar, elektr singdiruvchanlik qabul qilinsa, SGSE deb yuritilaverdi. Qisqa variant ham mavjud - oddiygina SGS. Bunda har ikkala singdiruvchalik qiymati birga teng deb olingan. Bu tizimni uzoq yillar Gauss tizimi deb ham atashgan. Chunki bu tizimni dastavval fanga olmon olimi Karl Fridrix Gauss 1832-yilda tavsiya etgan edi. Agar mazkur tizim qoidalariga ko‘ra, to‘rtinchi birlik qilib zaryad birligi uchun Franklin qabul qilinsa, SGSF, tok birligi sifatida esa Bio ni qabul qilib SGSB ni hosil qilish mumkin edi. Shuningdek, SGS tizimining SGS?0 va SGS?0 ko‘rinishlari ham mavjud.
SGS da kuch birligi - Dina bo‘lib, u massasi 1 gramm bo‘lgan jismga yo‘nalish bo‘yicha 1 sm/soniya2 tezlanish beradigan kuchga teng.
SGSning ba'zi birliklari va ularni SIga o‘tkazish
Kattalik |
Birlik |
Belgilanishi |
SI dagi qiymati |
Bosim, Mexanik kuchlanish |
Dina taqsim santimetr kvadrat |
din/sm2 |
0.1 Pa |
Dinamik qovushqoqlik |
Puaz |
p |
0.1 Pa·soniya |
Energiya, Ish, Issiqlik miqdori |
Erg |
erg |
10–7 Joul |
Kinematik qovushqoqlik |
Stoks |
St |
10–4 m2/soniya |
Kuch |
Dina |
din |
10–5 nyuton |
Magnit induktsiyasi |
Gauss |
Gs |
10–4 Tesla |
Magnit maydon kuchlanganligi |
Ersted |
E |
79.5775 A/m |
Magnit oqimi |
Maksvell |
mks |
10–8 Veber |
Magnit yurituvchi kuch |
Gilbert |
Gb |
0.795775 Aamper |
Massa |
Gramm |
gr |
10–3 kilogramm |
Maydon, Yuza |
Kvadrat santimetr |
sm2 |
10–4 metr |
Quvvat |
Erg taqsim soniya |
erg/soniya |
10–7 Vatt |
Ravshanlik |
Stilb |
Sb |
10–4 kd/m2 |
Solishtirma og‘irlik |
Dina taqsim santimetr kub |
din/sm3 |
10 N/m3 |
Tezlanish |
Gal |
sm/soniya2, Gl |
10–2 metr/soniya2 |
Tezlik |
Soniyasiga sanimetr |
sm/soniya |
10–2 metr/soniya |
Uzunlik |
Santimetr |
sm |
10–2 metr |
Yoritilganlik |
Fot |
? |
10–4 lyuks |
< avvаlgi | kеyingi > |
---|