Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa SI ning asosiy birliklari Vaqt birligi - Soniya

Vaqt birligi - Soniya

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Vaqt birligi - Soniya

Vaqt birligi – soniyani avvallari Quyosh sutkasining 1/86400 qismiga teng deb qabul qilinar edi. «Quyosh sutkasi»ning aniq ta’rifini astronomlar shakllantirishgan. Lekin, o‘lchashlarning ko‘rsatishicha, yerning aylanish jarayoni nodavriy o‘zgarishlar bilan kechishi tufayli, yuqoridagi ta’rif qoniqarli bo‘lmay qoldi. Vaqt birligini yanada aniq belgilash uchun 11 - O‘TXK (1960 yil, 9-rezolyutsiya, CR, 86) Xalqaro Astronomiya Ittifoqining 1900-chi tropik yilga asoslanib taklif qilgan ta’rifini qabul qildi. Biroq, tajribalar shuni ko‘rsatdiki, atom yoki molekulaning ikki energetik sathlararo o‘tishiga asoslangan Atom vaqti standarti yanada aniqroq va tushunarli amaliy keltirib chiqarilishi mumkin ekan. Fan va texnika uchun vaqtning o‘ta aniq ta’rifi zarurligini inobatga olib, 13 – O‘TXK (1967/68, 1-Rezolyutsiya, CR, 103 va Metrologia, 1968, 4, 43) soniyaning ta’rifini quyidagicha belgiladi:

Soniya – Seziy-133 atomining ikkita o‘ta nozik sathlari orasidagi bir-biriga o‘tishiga muvofiq keladigan yorug‘lik nurlanishining 9 192 631 770 davriga teng

 

Bundan kelib chiqadiki, Seziy-133 atomining standart holatdagi o‘ta nozik parchalanishi aniq 9 192 631 770 Gersga teng. v(hfs Cs)=9 192 631 770 Gers.

1997 yildagi O‘TXI yig‘ilishida quyidagi tasdiqlandi:

Ushbu ta’rif Seziy-133 atomining tinch holati va 0°K sharoit uchun.

Bu izoh, SI tizimiga ko‘ra, soniyaning ta’rifi,  Seziy-133 atomining tinch holati, ya’ni tashqi radiatsion ta’sirlarga uchramagan, hamda, mutlaq qora jism tomonidan qo‘zg‘atilmagan va  0° Kelvin termodinamik haroratdagi holatiga asoslanganligini ta’kidlash  maqsadida qo‘shib qo‘yildi. Shunga ko‘ra, Vaqt va Chastota konsultativ qo‘mitasining 1999 yildagi bayonotiga asosan, Chastotaga asoslangan barcha asosiy chastotaviy standartlar, tashqi radiatsiya ta’sirini inobatga olgan holda o‘zaro muofiqlashtiriladi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 31.01.2018 15:43  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Haqiqy matematikning ovqatlanish qoidasi: ratsional nonushta; kompleks tushlik va yaxlitlangan kechki ovqat



Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)