Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Temir

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Temir

Erkin tabiiy jism holida topilgan temir, misdan farqli ravishda yer qobig’ida deyarli uchramaydi. Lekin u ko’plab minerallatning tarkibiga kiradi va rangli metallardan ko’ra ancha keng tarqalgan. Qadimda uni deyarli hamma joydan qazib olish mumkin edi – xattoki,  botqoqlik, ko’lmak, yaylovli va boshqa rudalardan ham. Biroq, mis metallurgiyasiga nisbatan temir metallurgiyasi anchagina qiyin jarayon hisoblanadi. Temir 1539 °C haroratda eriy boshlaydi. Bunday yuqori harorat qadimgi temirchi ustalar uchun yetib bo’lmas manzil edi. Shu sababli temir inson hayot faoliyatiga misga nisbatan kechroq kirib keldi. Temirning qurol yarog’ hamda mehnat asboblari yasash materiali sifatida qo’llanilish faqat eramizdan avvalgi birinchi ming yillikdagina keng quloch yoza boshladi. Bunga sabab temirni tiklashning temirni maxsus pechlarda (1300-1400 °C li gorn pechlarida) rudadan to’g’ridan to’gri tiklash usuli kashf etilishi bo’ldi. Ba’zi xalqlarning temirni ancha erta o’zlashtirgani haqida ham ma’lumotlar mavjud, masalan, kavkaz hududida yashagan qadimgi qabilalar eramizdan avvalgi 3 ming yillikdayoq temir rudasidan metall ajratib olishni bilgan ekanlar.

 

Teir rudasining nisbatan keng tarqalganlari – magnitli temir, qizil temir, qo’ng’ir toshtemir kabilar yoki temirning kislorod bilan birikmasini (temir oksidi) yoki, temir oksidining gidratini tashkil qiladi. Bu birikmalardan metall temirini ajratib olish uchin uni tiklash – ya’ni temirni kisloroddan ajratib olish zarur. Qadimgi ustalar temirning tiklanish jarayonida yuz beradigan kimyoviy jarayonlar haqida tasavvurga ega bo’lmaganlari tabiiy. Lekin rudaning erish jarayonini tizimli kuzatib borib ular temir ishlab chiqarishning bir necha soda va lekin, muhim qonuniyatlarini aniqladilar. Hammasidan avval ajdodlarimiz temirni ajratib olish uchun uni erish haroratigacha qizdirish shart emasligini aniqladilar. Metall Temirni nisbatan past haroratlarda ham ajratib olish mumkin, lekin bunda, misni eritishdagidan ko’ra ko’proq yoqilg’i sarf bo’lar va bu yogqilg’i yuqori sifatli bo’lishi lozim. Shuningdek olov harorati ham imkoni boricha baland bo’lishi faqat foydaga xizmat qiladi.

Qoidaga ko’ra temirni eritishdan avval ustalar aylana shakldagi chuqurcha kavlab tayyorlashgan va bu cuqurchaning ichki devorlari qalin loy qatlami bilan suvalgan. Tashqi tarafdan bu chuqurchaga havo kirishi uchun tirqish qoldirilgan. Yoqilg’i uchun pistako’mirdan foydalanilgan. Uni pechning eng pastki joyiga tashlab ustidan shixta (ruda va ko’mir aralashmasi) bilan qoplashgan. Eng yuqori qismini esa qalin ko’mir qatlami bilan yopishgan. Pastki qatlamdagi ko’mir yona boshlaganda ruda qattiq qizigan va ko’mirning (uglerod) oksidlanishi hamda temirning tiklanishi bilan boradigan kimyoviy reaksiya yuz bergan. Kichik bo’lakchalar shaklidagi temir parchalari o’z og'irligi evaziga eng pastki qatlamga to’planib qola boshlagan. Chunki uning og'irligi qolgan aralashma va kullardan uch karra ortiq bo’lgan. Bu jarayonlar natijasida chuqurcha tubida 1 kg dan 8 kg gacha bo’lgan miqdordagi kritsa – yumshoq temir hom ashyosi hosil bo’lgan.  Keying ishlov endilikda temirchilik ustaxonasida berilgan: krtisani maxsus temirchilik pechi gornda yana qizdirishgan temirchilik bolg’asi bilan to’xtovsiz urib, sayqallashgan. Temir metallurgiyasida temirni bolg’alash bir necha asrlar davomida asosiy ishlov berish usuli bo’lib qolavergan. Temirchilik esa ishlab chiqarishning eng muhim tarmoqlaridan biri sanalgan. Faqat bolg’alashdan keyingina temir samarali sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lgan. Sof temirni o’zini biror ishga ishlatib bo’lmaydi, chunki u juda yumshoq bo’ladi. Shuning uchun xo’jalik maqsadlariga muofiq temir uglerod bilan qotishma holatida tayyorlanadi. Bunday qotishma tarkibida 0.3 dan 1.7% gacha uglerod mavjud bo’ladi va u endi temir emas, po’latga aylanadi. Uglerodli temir qotishmasi toblash uchun yaroqli sifat ko’rsatkichlariga ega. Buning uchun qadimda ham huddi hozirgidek bunday qotishma asosida tayyorlangan buyumni qizarib ketgunicha qizdirib, so’ngra suvda sovutishgan. Bunday toblash natijasida u nihoyatda yaxshi qattiqlik ko’rsatkichlariga ega bo’lib, ajoyib kesuvchanlik xususiyatiga erishilgan.

Pechga havoning tabiiy kirishi bilan ishlanganida harorat 1000 darajadan yuqiri ko’tarilmagan. Shu sababli qadimgi temirchi ustalar bosqonlar orqali pechga havo oqimini yo’naltirib, rudaning foydali qismini yanada ko’proq va sifatliroq ravishda olib qolishga erishganlar. Bosqonlarni hayvon terisidan tayyorlashgan, va qo’l kuchi orqali harakatga keltirishgan.

Temir arzon va keng tarqalgan material sifatida tezlik bilan inson hayotining barcha sohalariga: ishlab chiqarishga, harbiy sohaga, xo’jalikka kirib bordi va o’ziga xos inqilobiy ahamiyat kasb etdi. Temirdan yasalgan mehnat qurollari, xususan temir omoch dehqonchilik murakkab bo’lgan yerlarga ishlov berish va o’zlashtirishda katta rol o’ynadi. Temirning keng tarqalishi ko’plab xalqlarda dehqonchilikning ham jadal rivojlanishiga turtki berdi. Temir hunarmandga tosh ham bronza ham berolmaydigan darajadagi sifatli, qattiq va o’tkir asboblar tayyorlash imkonini berdi. Temir tarixiy inqilobi natijasida kishilik jamiyatida ibtidoiy jamoa tuzumi tanazzulga uchrab, uning o’rniga sinfiy tabaqalanuvchi jamiyat yuzaga kela boshladi…

Yangilаndi: 09.08.2013 15:12  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbital latifalar :) :)

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltaviy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!



Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)