Yupiter
Yupiter Quyosh tizimidagi eng katta sayyora. Quyoshdan uzoqlashish tartibida beshinchi va Yerga nisbatan Quyoshdan 5.2 marta uzoqroq masofada harakatlanadi. Yupiter Quyosh atrofida deyarli 12 yilda bir marotaba to‘liq aylanib chiqadi. Uning ekvatorial diametri Yernikidan 11,2 marta katta bo‘lib, 142984±2 km ni tashkil qiladi. Yupiterning o‘z o‘qi atrofida aylanish davri, boshqa sayyorlarga nisbatan eng kichik bo‘lib, ekvatorida 9 soat, 50 daqiqa va 30 soniyani, o‘rta kengliklarida esa, 9 soat, 55 daqiqa va 40 soniyani tashkil qiladi. Shu tarzda Yupiter ham xuddi Quyosh singari qattiq jism kabi aylanmay balki, turli qismlarida turlicha aylanish tezligi hosil qiladi. o‘ta tezkor aylanishi tufayli bu sayyora qutblarida katta siqilish va zichlikning ortishi paydo bo‘ladi. Yupiter massasi Yer massasidan 318 barobar katta. o‘rtacha zichligi esa 1.326 gr/sm3 bo‘lib, Quyoshning o‘rtacha zichligiga yaqin qiymat hisoblanadi. Yupiterning aylanish o‘qi uning orbitasiga deyarli perpendikulyar - burchak 87°. Ekvatoridagi erkin tushish tezligi 24.79 m/s2.
Yerdan kuzatilganida Yupiterning yorqinligi, Oy va Veneradan keyingi uchinchi eng yorqin osmon jismi bo‘lib, buyuk qarama-qarshilik vaqtlarida uning ko‘rinadigan yulduz kattaligi -2,94m gacha yetadi. Yupiter yerdan eng uzoqlashganida esa, uning yulduz kattaligi ?1,61m gacha xiralashishi mumkin. Yer va Yupiter orasidagi masofa 588 milliondan 967 million km gacha bo‘lgan masofada o‘zgarib turadi. Sayyoraning Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi 778,57 million km (5.2 a.b.).
Mazkur sayyoraning ekvator tekisligining orbita tekisligiga nisbatan og‘ishi atiga 3,13° bo‘lganligidan, bu sayyorada fasllar almashinuvi bo‘lmaydi.
Yupiterning sirti katta hajmdagi bulutlar qatlami bilan o‘rab olingan. Yaqqol ko‘zga tashlanadigan manzaralardan biri - ulkan qizil dog‘ bo‘lib, u XVII-asrdan buyon olimlar nigohida. Qizil dog‘ 1644-yilda Robert Gukning kuzatishlari orqali ilk marta aniqlangan edi. Qizil dog‘ning o‘lchamlari 35000 ga 14 000 km radiuslardagi ovalsimon shakl bo‘lib, sayyoraning janubiy tropik va janubiy mo‘tadil kengliklari o‘rtasida joylashgan. Qizil dog‘ shakli va rangi vaqt bo‘yicha davriy o‘zgarib turadi. Masalan, uning XX-asr boshidagi o‘lchamlari XXI-asr boshidagidan deyarli ikki barobar katta bo‘lgan. Katta qizil dog‘ o‘ziga xos uzoq yashovchi ulkan uyurma bo‘lib, u soat miliga qarshi yo‘nalishda aylanib, 144 yer soatida bir marta to‘liq aylanib chiqadi.
Ulkan qizil dog‘dan tashqari, hozirgi vaqtda (2000 yildan buyon) Yupiterda yana bir qizil dog‘ - kichik qizil dog‘ ham paydo bo‘lgan. U 1938-yili Yupiterning 30° janubiy kengligida paydo bo‘lgan uchta ovalsimon oq dog‘larning (uyurmalar) o‘zaro bir-biriga yaqinlashib, oxiri, avvaliga 1998 yilda ikkitasining, keyinchalik, 2000-yilda uchinchisining ham avvalgi ikkitasiga birlashib ketishidan hosil bo‘ldi. 2005-yilda esa bu uyurma ham qizil tusga kira boshladi va u endilikda kichik qizil dog‘ deb yuritilmoqda. 2006-yilda katta va kichik qizil dog‘lar bir-biriga o‘ta yaqin masofada yaqinlashib keldi. Ko‘pchilik olimlar ularning o‘zaro birlashib ketishini taxmin qilishgan edi. Biroq, dog‘lar, o‘zaro urinma bo‘yicha teginib, qayta uzoqlasha boshladi.
Yupiter atmosferasi 89.8% vodorod va 10.2% geliydan iborat. Metan 0.2% va ammiak 0.1% ulushlarda bo‘lib, kam miqdorda etan, atsetilen, fosfen, va suv bug‘lari mavjudligi aniqlangan. Yupiter atmosferasi qalin va quyuq bulutlar qatlami bilan qoplangan. Yupiter bulutlari ammiakning kristallangan va shabnamlangan ko‘rinishlaridan iborat. Yupiterning atmosferasida ham yer atmosferasidagi singari, Ekzosfera, Termosfera, stratosfera, tropopauza va troposferalarni ajratish mumkin. Yerdan farqli ravishda, Yupiter atmosferasida mezosfera va Mezopauza mavjud emas. Atmosferaning yuqori qatlamlari harorat juda baland. Sayyora atmosferasidan ichkarilagani sari, tropopauzagacha harorat pasayib boradi. Termosferada Yupiter o‘z nurlanishining eng katta qismini yo‘qotadi. Aynan Termosferada, Yupiterning ionosferasi va qutb yog‘dusi shakllanadi.
Atmosfera qatlami 1000 km dan iborat bo‘lib uning eng quyi qatlamlarida toza gaz qavatidan keyin qalin bulutli qatlamni teleskoplarda ko‘rish mumkin. Suyuq molekulyar holatdagi vodorod qatlami 24000 km. Bu qatlamda bosim 300 GPa, harorat esa 11000 K gacha yetadi. Keyin esa, suyuq metall vodorod qatlami bo‘lib, u 42000 km qalinlikda va o‘z ostida kichik o‘lchamli temir-silikatli yadroni saqlaydi. Yadro radiusi 4000 km atrofida. Yadro va metall vodorod qatlami chegaralarida harorat 30 000 K gacha yetib boradi.
Yupiter chiqaradigan issiqlik miqdori uning Quyoshdan oladigan issiqlik energiyasi miqdoridan ikki barobar ko‘proq. Bunga sabab esa, sayyoraning doimiy ravishda ammo sekinlik bilan (yiliga 1 mm) siqilib borayotganligidan bo‘lishi mumkin.
Sayyoraning magnit maydoni murakkab bo‘lib, yaxshi o‘rganilmagan. U ikki qismdan iborat: dipolli maydon Yupiterda 1.5 mln km masofagacha tarqaladi va ikkinchisi - nodipolli magnit maydoni magnitosferaning qolgan qismini egallaydi. Hozirgi vaqtda olimlar, Yupiter magnit maydoni nafaqat dipol va nodipolli maydonlar, balki, kvadrupol, oktupol va boshqa garmonikalarga ham egaligi haqida ilmiy farazlarni ilgari surishmoqda. Yupiter sirtidagi magnit maydon kuchlanganligi 10 - 15 ersted bo‘lib, Yernikidan deyarli 20 barobar kuchli. Yupiterning magnit qutblari yerning magnit qutblariga nisbatan teskari joylashgan.
Hozirda Yupiterning 79 ta tabiiy yo‘ldoshi aniqlangan bo‘lib, quyosh tizimi sayyoralari orasida bu eng katta ko‘rsatkich hisoblanadi. Yupiter yo‘ldoshlari ikki turkumga - ichki va tashqi yo‘ldoshlarga tasniflanadi. Ulardan eng kattalarini - Io, Gannimed, Yevropa va Kallistoni 1610-yilda Galileo Galiley kashf etgan edi. Bu yo‘ldoshlar va sayyoraga eng yaqin masofadagi Amalteya yo‘ldoshi Yupiter ekvatori tekisligidagi fazoda harakatlanishadi.
Yupiterning eng katta, ya'ni, Galiley yo‘ldoshlari ichida, eng qiziqarlisi bu - Yevropa hisoblanadi. Chunki bu yo‘ldoshda, xuddi yerdagi kabi ulkan ummon mavjud bo‘lib, uning chuqurligi 90 km gacha yetadi. Yevropa ummonining hajmi, Yerdagi dunyo okeani hajmidan ancha katta. Olimlarning fikricha, Yevropadagi ummonda, bir hujayrali organizmlar uchun yetarli darajada hayot sharoiti mavjud bo‘lishi mumkin ekan. Yevropaning sirti qalin muz qatlami va undagi keng yo‘l-yo‘l chiziqlar bilan o‘ziga xosdir.
Io esa, astronomlarni o‘ta faol vulqonlari bilan o‘ziga jalb etadi. Ioda butun quyosh tizimidagi eng faol vulqonlar mavjud bo‘lib, yo‘ldosh sirti, vulqon chiqindi jinslari bilan qoplangan.
Gannimed esa, nafaqat Yupiterdagi, balki, butun quyosh tizimidagi tabiiy yo‘ldoshlar ichida eng kattasi hisoblanadi. Uning sirti kraterlar bilan qoplangan va ulkan yoriqlar - daralar mavjud.
Kallistoda ham uning sirti ostida joylashgan ummon borligi taxmin qilinadi. Bunga ayrim ishoratlar mavjud bo‘lib, ular orasida, Kallistoning kuchli magnit maydonini biror bir o‘ta o‘tkazgich suyuqlik hosil qilishi mumkinligi ta'kidlanadi.
Galiley yo‘ldoshlarining o‘ziga xosligi shundaki, ular, doimo sinxron ravishda, Yupiterga faqat bir tarafi bilan yuzlangan holatda harakatlanishadi. Undan tashqari, bu yo‘ldoshlarning o‘z sayyorasidan uzoqlashishi tartibida zichligining kamayib borishi ham xarakterli. Masalan, Io - 3,53 g/sm, Yevropa- 2,99 g/sm, Gannimed - 1,94 g/sm, Kallisto esa - 1,83 g/sm o‘rtacha zichlikka ega. Bu ko‘rsatkich, yo‘ldoshdagi suv miqdoriga bog‘liq bo‘lib, masalan Ioda u deyarli yo‘q, Yevropada 8%, Gannimed va Kallistoda esa ularning massasining deyarli yarmini tashkil qiladigan miqdorni egallashi ilmiy farazlarda ilgari surilgan.
Yupiterning qolgan yo‘ldoshlari ancha kichik o‘lchamlarda bo‘lib, qoyasimon notekis shakllardagi jismlardir. Kichik yo‘ldoshlar ichida eng qiziqarlilari bu Metida va Adrasteya bo‘lib, ular radiusi 128 ming kilometrlik orbita bo‘ylab, sayyorani 7 soat ichida to‘liq aylanib chiqadi va bu Yupiter yo‘ldoshlari ichida eng tez aylanadiganlaridir. Yupiter yo‘ldoshlarining nomi "e" bilan yakunlanadiganlari, qolganlariga nisbatan teskari yo‘nalishda harakatlanishadi. Masalan Ananke, Karme, Sinope va Pasife shunday yo‘ldoshlardandir.
Yupiterning barcha yo‘ldoshlari tizimining umumiy diametri 124 million km ni tashkil etadi. Olimlarning fikricha uzoq o‘tmishda Yupiterning yo‘ldoshlari yana ham ko‘p bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ulardan aksariyati ulkan sayyoraning ulkan gravitatsiya ta'sirida sayyora sirtiga qulab tushgan bo‘lishi mumkin ekan.
Yupiter ekvator tekisligida sirtidan 50000 km masofada joylashgan siyrak halqasi mavjud. Halqaning eni 1000 km atrofida. Bu halqani 1979-yilda "Voyajer-1" tomonidan aniqlangan.
Yupiterning tabiiy yo'ldoshlari:
№ |
Tabiiy yo‘ldosh nomi |
Sayyora sirtidan o‘rtacha uzoqligi (ming km.) |
Aylanish davri (kun) |
Diamteri yoki o‘lchamlari (km) |
Ochilgan yili |
Kashf etgan olim |
1 |
Io |
421.6 |
1.77 |
3680 |
1610 |
G.Galiley |
2 |
Yevropa |
670.9 |
3.55 |
3100 |
1610 |
G.Galiley |
3 |
Gannimed |
1070 |
7.16 |
5300 |
1610 |
G.Galiley |
4 |
Kallisto |
1880 |
16.69 |
4840 |
1610 |
G.Galiley |
5 |
Amalteya |
181 |
0.5 |
140x260 |
1892 |
E. Barnard |
6 |
Gimaliya |
11470 |
250.6 |
120 |
1904 |
Ch.Perrayn |
7 |
Elara |
11780 |
260.1 |
120 |
1905 |
Ch.Perrayn |
8 |
Pasifeya |
23300 |
735* |
40 |
1908 |
F.Melott |
9 |
Sinope |
23700 |
758* |
22 |
1914 |
S.Nikolson |
10 |
Lisiteya |
11710 |
260 |
22 |
1938 |
S.Nikolson |
11 |
Karme |
22350 |
692* |
24 |
1938 |
S.Nikolson |
12 |
Ananke |
20700 |
617* |
20 |
1951 |
S.Nikolson |
13 |
Leda |
11100 |
240 |
10 |
1974 |
Ch.Kouell |
14 |
Metida |
127.96 |
0.29 |
49 |
1979 |
S.Sinott |
15 |
Adrasteya |
129.8 |
0.27 |
25 |
1979 |
D.Danielson |
16 |
Fiva (Teba) |
221.9 |
0.67 |
110 |
1980 |
S.Sinott |
17 |
Femisto |
7393216 |
129.87 |
8 |
2000 |
|
18 |
S/2000 J 11 |
17144873 |
287.93 |
4 |
2000 |
|
19 |
Karpo |
17144873 |
458.62 |
3 |
2003 |
|
20 |
S/2003 J 12 |
17739539 |
482.69 |
1 |
2003 |
|
21 |
Evporie |
19088434 |
538.78* |
2 |
2002 |
|
22 |
S/2003 J 3 |
19621780 |
561.52 |
2 |
2003 |
|
23 |
S/2003 J 18 |
19812577 |
569.73 |
2 |
2003 |
|
24 |
S/2011 J 1 |
2010100 |
580.7 |
1 |
2011 |
|
25 |
S/2002 J 2 |
20307150 |
588.82 |
1 |
2010 |
|
26 |
Telksinoe |
20453753 |
597.61* |
2 |
2004 |
|
27 |
Evante |
20464854 |
598.09* |
3 |
2002 |
|
28 |
Gelike |
20540266 |
601.40* |
4 |
2003 |
|
29 |
Ortozie |
20567971 |
602.62* |
2 |
2002 |
|
30 |
Iokaste |
20722566 |
609.43* |
5 |
2001 |
|
31 |
S/2003 J 16 |
20743779 |
610.36* |
2 |
2003 |
|
32 |
Praksidike |
20823948 |
613.9* |
7 |
2001 |
|
33 |
Garpalike |
21063814 |
624.54* |
4 |
2001 |
|
34 |
Mneme |
21129786 |
627.48* |
2 |
2003 |
|
35 |
Germippe |
21182086 |
629.81* |
4 |
2002 |
|
36 |
Tione |
21405570 |
639.8* |
4 |
2002 |
|
37 |
Gerse |
22134306 |
672.75* |
2 |
2003 |
|
38 |
Etne |
22285161 |
679.64* |
3 |
2002 |
|
39 |
Kale |
22409207 |
685.32* |
2 |
2002 |
|
40 |
Taygete |
22438648 |
686.67* |
5 |
2001 |
|
41 |
S/2003 J 19 |
22709061 |
699,12* |
2 |
2003 |
|
42 |
Xaldene |
22713444 |
699.33* |
4 |
2001 |
|
43 |
S/2003 J 15 |
22720999 |
699.68* |
2 |
2003 |
|
44 |
S/2003 J 10 |
22730813 |
700.13* |
2 |
2003 |
|
45 |
S/2003 J 23 |
22739654 |
700.54* |
2 |
2004 |
|
46 |
Erinome |
22986266 |
711.96* |
3 |
2001 |
|
47 |
Ayode |
23044175 |
714.66* |
4 |
2003 |
|
48 |
Kallixore |
23111823 |
717.81* |
2 |
2003 |
|
49 |
Kalike |
23180773 |
721.02* |
5 |
2001 |
|
50 |
Kalliroe |
23214986 |
722.62* |
9 |
2000 |
|
51 |
Evridome |
23230858 |
723.36* |
3 |
2002 |
|
52 |
S/2011 J 2 |
23267000 |
726.8* |
1 |
2011 |
|
53 |
Pazife |
23307318 |
726.93* |
2 |
2002 |
|
54 |
S/2010 J 1 |
23314335 |
724.34* |
2 |
2010 |
|
55 |
Kore |
23345093 |
776.02* |
2 |
2003 |
|
56 |
Killene |
23396269 |
731.1* |
2 |
2003 |
|
57 |
Evkelade |
23483694 |
735.2* |
4 |
2003 |
|
58 |
S/2003 J 4 |
23570791 |
739.29* |
2 |
2003 |
|
59 |
Gegemone |
23702511 |
745.5* |
3 |
2003 |
|
60 |
Arxe |
23717051 |
746.19* |
3 |
2002 |
|
61 |
Isonoe |
23800647 |
750.13* |
3 |
2001 |
|
62 |
S/2003 J 9 |
23857808 |
752.84* |
1 |
2003 |
|
63 |
S/2003 J 5 |
23973926 |
758.64* |
4 |
2003 |
|
64 |
Sponde |
24252627 |
771.6* |
2 |
2002 |
|
65 |
Avtonoe |
24264445 |
772.17* |
4 |
2002 |
|
66 |
Megaklite |
24687239 |
792.44* |
5 |
2001 |
|
67 |
S/2003 J 2 |
30290846 |
1077.02* |
2 |
2003 |
|
68 | Veleduto | 18980000 | 1 | 2017 | ||
69 | Pandiya | 11525000 | 3 | 2017 | ||
70 | S/2016 J 1 | 20595000 | 1 | 2017 | ||
71 | S/2017 J 1 | 23484000 | 2017 | |||
72 | S/2017 J 2 | 23241000 | 2017 | |||
73 | S/2017 J 3 | 20694000 | 2017 | |||
74 | S/2017 J 9 | 21430000 | 2017 | |||
75 | S/2017 J 5 | 23196400 | 2017 | |||
76 | S/2017 J 6 | 22395000 | 2017 | |||
77 | S/2017 J 7 | 20571500 | 2017 | |||
78 | S/2017 J 8 | 23174400 | 2017 | |||
79 | Ersa | 11483000 | 2018 |
Yupiterning orbital ko‘rsatkichlari |
|
Perigeliy |
7,405736·108 km; 4,950429 a.b. |
Afeliy |
8,165208·108 km; 5,458104 a.b. |
Katta yarim o'q |
7,785472·108 km; 5,204267 a.b. |
Orbita ekstsentrisiteti (e) |
0,048775; |
Siderik aylanish davri |
4332,589 kun; 11,8618 yil |
Sinodik aylanish davri |
398,88 kun; |
Orbital tezligi (v) |
13,07 km/soniya |
Peritsentr argumenti |
275,066 |
Yo"ldoshlari |
67 |
Og'ishi |
1,03° ekliptikaga nisbatan; 6,09° quyosh ekvatoriga nisbatan. |
Yupiterning fizik ko'rsatkichlari |
|
O'rtacha radiusi |
69 911 ± 6 km; |
Ekvatorial radiusi |
71 492± 4 km; |
Qutb radiusi |
66 854 ± 10 km; |
Sirt yuzasi |
6,21796±1010 |
Hajmi (V) |
1,43128±1015 km ; |
Massasi (m) |
1,8986±1027 kg; |
O'rtacha zichligi (ρ) |
1,326 gr/sm3 |
Ekvatoridagi erkin tushish tezligi (g) |
24,79 m/soniya2 ; (2,535 g) |
Sirtidagi ikkinchi kosmik tezlik |
59,5 km/soniya; |
Ekvatorial aylanish tezligi |
12,6 km/soniya; 45 300 km/soat; |
Aylanish davri (T) |
9,925 soat. |
O'qining og'ish burchagi |
3,13 |
Albedo |
0,343 bond ; 0,52 geometrik albedo. |
Ko'rinadigan yulduz kattaligi |
?4.7 |
Sirtidagi o'rtacha harorat |
737 K (464 °C) |
Atmosfera bosimi |
9.2 MPa (92 bar) |
Yupiter atmosferasi tarkibi: |
|
Atmosfera bosimi |
20-220 kPa; |
Balandlik shkalasi |
27 km; |
Vodorod (H2) |
89,8±2,0 % |
Geliy (He) |
10,2±2,0 % |
Metan (CH4) |
~0,3 % |
Ammoniy ( NH4+ ) |
~0,026 % |
Vodorod deyterid (HD) |
~0,003 % |
Etan (CH3·CH3) |
0,0006 % |
Suv |
0,0004 % |
Shuningdek muzlagan holatdagi, ammoniy, suv, ammoniy gidrosulfidi (NH4SH) aniqlangan. |
* Boshqalarga nisbatan teskari yo'nalishda aylanadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|