Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Qog‘oz

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 15
Juda yomon!A'lo! 

Qog‘oz

Qog'oz

Qog‘ozni Xitoyliklar kashf etishgan. Va bu tasodif emas.

Birinchidan, Xitoy juda qadim zamonlardayoq o‘zining kitobiy sermushohada mafkurasi hamda, amaldorlardan doimiy hisobot talab etuvchi murakkab rasmiyatchilik tizimi bilan dong taratgan. Shu tufayli, bu yerda doimo, ixcham va arzon yozuv vositasi va materialiga talab yuqori bo‘lgan. Qog‘oz ixtiro qilingunicha Xitoyliklar bambuk taxtachalar, yoki, shoyi matolarga yozishgan. Lekin shoyi doimo o‘ta qimmat, bambuk esa, noqulay va o‘g‘ir bo‘lgan. Masalan bitta bambuk taxtachaga o‘rtacha 30 ieroglif siqqan. Endi tasavvur qiling, bitta o‘rtacha hajmdagi kitob yozish uchun bunday taxtachadan qancha zarur bo‘lgan ekan? Bunday «Bambukli kitob»ni ko‘tarib yurish uchun butun boshli arava darkor bo‘lgan.

 

Ikkinchidan, faqat Xitoyliklargina uzoq davrlar mobaynida ipak va shoyi ishlab chiqarish sirlarini bilishgan va qog‘oz ishlab chiqarish jarayoni aynan ipak uchun pillalarni texnik qayta ishlash bosqichidan rivoj topgan. Bu hodisa quyidagicha yuz bergan: Ipakchilik bilan shug‘ullanuvchi ayollar, ipak qurti pillalarini qaynatib olib, keyin bo‘yraga yoyishgan va suvga bo‘ktirib, bir jinsli bo‘tqasimon massa hosil bo‘lguncha ishqalashgan. Bu bo‘tqani suvdan siqib olishgach, shoyi qog‘oz hosil bo‘lgan. Lekin, bunday mexanik va issiqlik ta'sirlaridan keyin bo‘yralar yuzasi bo‘ylab yupqa tolasimon qatlam, paydo bo‘lib, quritib, sidirib olingach juda yupqa, ammo yozuv uchun qulay qog‘ozga aylangan. Keyinchalik ipakchilar, yaroqsiz ipak pillalarini maxsus saralab, maqsadli ravishda qog‘oz ishlab chiqarishga yo‘naltiradigan bo‘ldilar. Bunda ular, doimiy tanish jarayonni takrorlar edilar: pillalarni qaynatishardi, yuvib olib maydalab, qog‘oz bo‘tqasi hosil bo‘lgunicha ishqalab aralashtirishardi. Va nihoyat tayyorlangan qog‘oz qatlamlarini quritib olib, shaklga keltirib tayyor mahsulot ko‘rinishida taqdim etishardi. Mazkur jarayon ular uchun odatiy ish – ipak va shoyi tayyorlashdan juda kam farq qilgan. Bunday usulda tayyorlangan qog‘oz ham ancha qimmat turgan, chunki uning xom ashyosining o‘zi ham qimmat edi.

Tabiiyki, qog‘ozni faqat ipak tolasidan qilish shart emasligi, unga tola beradigan har qanday xom ashyo, xususan o‘simliklarning ham mos kelaverishi mumkinligini tez orada anglab yetishdi. 105-yilda Imperator saroyidagi mansabdorlardan biri Tsay Lune eski baliqchilik to‘rlaridan qog‘ozning yangi turini tayyorlab ko‘rdi. Sifati bo‘yicha u pilla qog‘ozidan qolishmas, tannarxi bo‘yicha esa, ancha arzon edi. Bu muhim ixtiro nafaqat Xitoy, balki butun insoniyat uchun katta ahamiyatga ega edi. Tarixda birinchi bor odamlar yozish uchun sifatli va arzon materialga ega bo‘ldilar. Shu sababli ham Tsay Lunning ismi, insoniyatning buyuk ixtirochilari qatorida yodga olinadi.

Keyingi asrlarda qog‘oz tayyorlash jarayoni rivojiga katta ta'sir qilgan bir necha takomillashtiruvlar joriy etildi. IV asrga kelib qog‘oz bambuk taxtachalarini iste'moldan butunlay siqib chiqardi. Tajribalar orqali qog‘ozni endilikda daraxt po‘stlog‘i, qamish yoki boshqa tolali o‘simliklardan olish usullari o‘ylab topildi. Ayniqsa bambukdan qog‘oz tayyorlash texnologiyasining kashf etilishi Xitoy uchun katta ahamiyatga molik hodisa bo‘ldi. Chunki mazkur o‘simlikning Xitoyda katta miqdorlarda o‘sib yetilishi, xom ashyoga bo‘lgan talabni cheksiz qondirish imkoniyatini berardi. Bambukni titib, tilib mayda payrahalar holiga keltirishgan va uni so‘ndirilgan ohak bilan ivitib, hosil bo‘lgan quyqani bir necha kun mobaynida qaynatib olishgan. So‘ngra quyqani o‘ralarga sizdirib olib, maxsus yog‘ochlar bilan tuyib chiqishgan va xamirsimon yopishqoq massa hosil bo‘lgunicha suv bilan aralashtirib turishgan. Mazkur xom ashyoni maxsus shaklli qoliplarga quyib, presslashgan. Qolipdan chiqarilganda yupqa, yozuv uchun mutlaqo yaroqli qog‘oz hosil bo‘lgan. Qog‘ozga kerakli o‘lcham berib qirqib chiqish bilan jarayon yakunlangan va mahsulot tayyor holda iste'molchilarga yuborilgan.

Vaqt o‘tishi bilan Xitoyliklar qog‘oz tayyorlashni san'at darajasida o‘zlashtirdilar. Asrlar davomida ular o‘z odatlariga ko‘ra qog‘oz tayyorlash texnologiyasini boshqa xalqlardan qattiq sir saqlashdi. Lekin, 751-yilda, Tyan-Shan tog‘lari etagidagi arablar bilan to‘qnashuvda bir nechta Xitoylik qog‘oz ustalari asirga tushib qolishdi. Ulardan arablar qog‘oz tayyorlash usullarini o‘rganib oldilar va keyingi bir necha asr davomida yevropani mazkur mahsulot bilan ancha samarali ravishda ta'min qildilar. Yevropaliklar madaniylashgan xalqlar ichidagi qog‘oz tayyorlashni eng kech o‘zlashtirgan hisoblanadilar. Bu san'atni arablardan o‘rgangan birinchi Yevropa xalqi – ispanlar bo‘lishdi. 1154-yilda qog‘oz ishlab chiqarishi Italiyada, 1228-yilda Olmoniyada, 1300-yilda esa Angliyada ham o‘zlashtirildi. Keyingi asrlarda qog‘oz butun jahon bo‘yicha keng tarqalib, bosqichma bosqich yangi qo‘llanish sohalariga kirib bormoqda. Qog‘ozning hayotimizda tutgan ahamiyati shunchalik muhimki, farang bibliograf mutaxassisi A.Sim fikriga ko‘ra, bizning eramizni «Qog‘oz erasi» deb atasak ham bo‘laverar ekan...


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Ikkinchidan, faqat Xitoyliklargina uzoq davrlar mobaynida ipak va shoyi ishlab chiqarish sirlarini bilishgan va qog‘oz ishlab chiqarish jarayoni aynan ipak uchun pillalarni texnik qayta ishlash bosqichidan rivoj topgan. Bu hodisa quyidagicha yuz bergan: Ipakchilik bilan shug‘ullanuvchi ayollar, ipak qurti pillalarini qaynatib olib, keyin bo‘yraga yoyishgan va suvga bo‘ktirib, bir jinsli bo‘tqasimon massa hosil bo‘lguncha ishqalashgan. Bu bo‘tqani suvdan siqib olishgach, shoyi qog‘oz hosil bo‘lgan. Lekin, bunday mexanik va issiqlik ta'sirlaridan keyin bo‘yralar yuzasi bo‘ylab yupqa tolasimon qatlam, paydo bo‘lib, quritib, sidirib olingach juda yupqa, ammo yozuv uchun qulay qog‘ozga aylangan. Keyinchalik ipakchilar, yaroqsiz ipak pillalarini maxsus saralab, maqsadli ravishda qog‘oz ishlab chiqarishga yo‘naltiradigan bo‘ldilar. Bunda ular, doimiy tanish jarayonni takrorlar edilar: pillalarni qaynatishardi, yuvib olib maydalab, qog‘oz bo‘tqasi hosil bo‘lgunicha ishqalab aralashtirishardi. Va nihoyat tayyorlangan qog‘oz qatlamlarini quritib olib, shaklga keltirib tayyor mahsulot ko‘rinishida taqdim etishardi. Mazkur jarayon ular uchun odatiy ish – ipak va shoyi tayyorlashdan juda kam farq qilgan. Bunday usulda tayyorlangan qog‘oz ham ancha qimmat turgan, chunki uning xom ashyosining o‘zi ham qimmat edi.

Tabiiyki, qog‘ozni faqat ipak tolasidan qilish shart emasligi, unga tola beradigan har qanday xom ashyo, xususan o‘simliklarning ham mos kelaverishi mumkinligini tez orada anglab yetishdi. 105 yilda Imperator saroyidagi mansabdorlardan biri Tsay Lune eski baliqchilik to‘rlaridan qog‘ozning yangi turini tayyorlab ko‘rdi. Sifati bo‘yicha u pilla qog‘ozidan qolishmas, tannarxi bo‘yicha esa, ancha arzon edi. Bu muhim ixtiro nafaqat Xitoy, balki butun insoniyat uchun katta ahamiyatga ega edi. Tarixda birinchi bor odamlar yozish uchun sifatli va arzon materialga ega bo‘ldilar. Shu sababli ham Tsay Lunning ismi, insoniyatning buyuk ixtirochilari qatorida yodga olinadi.

Keyingi asrlarda qog‘oz tayyorlash jarayoni rivojiga katta ta'sir qilgan bir necha takomillashtiruvlar joriy etildi. IV asrga kelib qog‘oz bambuk taxtachalarini iste'moldan butunlay siqib chiqardi. Tajribalar orqali qog‘ozni endilikda daraxt po‘stlog‘i, qamish yoki boshqa tolali o‘simliklardan olish usullari o‘ylab topildi. Ayniqsa bambukdan qog‘oz tayyorlash texnologiyasining kashf etilishi Xitoy uchun katta ahamiyatga molik hodisa bo‘ldi. Chunki mazkur o‘simlikning Xitoyda katta miqdorlarda o‘sib yetilishi, xom ashyoga bo‘lgan talabni cheksiz qondirish imkoniyatini berardi. Bambukni titib, tilib mayda payrahalar holiga keltirishgan va uni so‘ndirilgan ohak bilan ivitib, hosil bo‘lgan quyqani bir necha kun mobaynida qaynatib olishgan. So‘ngra quyqani o‘ralarga sizdirib olib, maxsus yog‘ochlar bilan tuyib chiqishgan va xamirsimon yopishqoq massa hosil bo‘lgunicha suv bilan aralashtirib turishgan. Mazkur xom ashyoni maxsus shaklli qoliplarga quyib, presslashgan. Qolipdan chiqarilganda yupqa, yozuv uchun mutlaqo yaroqli qog‘oz hosil bo‘lgan. Qog‘ozga kerakli o‘lcham berib qirqib chiqish bilan jarayon yakunlangan va mahsulot tayyor holda iste'molchilarga yuborilgan.

Vaqt o‘tishi bilan Xitoyliklar qog‘oz tayyorlashni san'at darajasida o‘zlashtirdilar. Asrlar davomida ular o‘z odatlariga ko‘ra qog‘oz tayyorlash texnologiyasini boshqa xalqlardan qattiq sir saqlashdi.Lekin, 751 yilda, Tyan-Shan tog‘lari etagidagi arablar bilan to‘qnashuvda bir nechta Xitoylik qog‘oz ustalari asirga tushib qolishdi. Ulardan arablar qog‘oz tayyorlash usullarini o‘rganib oldilar va keyingi bir necha asr davomida yevropani mazkur mahsulot bilan ancha samarali ravishda ta'min qildilar. Yevropaliklar madaniylashgan xalqlar ichidagi qog‘oz tayyorlashni eng kech o‘zlashtirgan hisoblanadilar. Bu san'atni arablardan o‘rgangan birinchi Yevropa xalqi – ispanlar bo‘lishdi. 1154 yilda qog‘oz ishlab chiqarishi Italiyada, 1228 yilda Olmoniyada, 130 yilda esa Angliyada ham o‘zlashtirildi. Keyingi asrlarda qog‘oz butun jahon bo‘yicha keng tarqalib, bosqichma bosqich yangi qo‘llanish sohalariga kirib bormoqda. Qog‘ozning hayotimizda tutgan ahamiyati shunchalik muhimki, farang bibliograf mutaxassisi A.Sim fikriga ko‘ra, bizning eramizni «Qog‘oz erasi» deb atasak ham bo‘laverar ekan...

Yangilаndi: 26.11.2018 10:15  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Haqiqy matematikning ovqatlanish qoidasi: ratsional nonushta; kompleks tushlik va yaxlitlangan kechki ovqat


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11716304

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis