Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Merkuriy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 57
Juda yomon!A'lo! 

Merkuriy

Merkuriy

Merkuriy - Quyoshga eng yaqin joylashgan sayyora. Uni qadimgi rimliklar savdo ma'budi - Merkuriy nomi bilan atashgan. Bu sayyora insoniyatga qadimdan ma'lum. O‘lchamlari bo‘yicha katta sayyoralari ichidagi eng kichik sayyora hisoblanadi.

Merkuriy va Quyosh orasidagi masofa - 58 million kilometrni tashkil qiladi. Quyosh atrofida bu sayyora 88 kunda to‘liq aylanib chiqadi. Merkuriyni fazoda 28° gacha yetuvchi nisbatan katta elongatsiyalar vaqtida kuzatish mumkin. Quyoshga o‘ta yaqinligi, hamda, juda kichik o‘lchamlari tufayli, Merkuriy uzoq vaqtgacha kam o‘rganilgan sayyora bo‘lib qolavergan. Faqat 1965 yilga kelib, radiolokatsiya usullarini qo‘llash natijasida Merkuriyning o‘z o‘qi atrofida aylanish davri hisoblab topildi. U 58.65 kun, ya'ni sayyoraning Quyosh atrofida aylanish davrining 2/3 qismiga teng ekan. Bu degani, Merkuriydagi kunduz davomiyligi - Quyosh sutkasi 176 kun davom etishini anglatadi. Merkuriyning aylanish burchagi uning orbita tekisligiga nisbatan deyarli perpendikulyar. Merkuriyning akslantirish xususiyati - albedo[1] juda kichik bo‘lib, taxminan 0.07 ni tashkil qiladi. Quyoshning zenitdagi vaqtida sayyora sirtining harorati 620 K gacha, tungi qutblarining harorati esa 110 K atrofida bo‘ladi. Merkuriy sayyorasining ko‘rinadigan yulduz kattaligi 1,9 dan 5,5 gacha qiymatlarda o‘zgarib turadi

Merkuriy sirtining issiqlik xususiyatlari oy regolitinikiga o‘xshash. Umuman olganda Merkuriy tashqi ko‘rinishi jihatidan oyga juda o‘xshab ketadi. O‘ta siyrak bo‘lgan sayyora atmosferasi tashqi meteorit bombardimonlariga deyarli qarshilik qilmaydi. Shu tufayli sayyora yuzasi kraterlar bilan to‘la. Ulardan eng kattasi - Kaloris krateri bo‘lib, uning diametri 1300 km. ba'zi kraterlardagi qora lavalarning mavjudligi, sayyora o‘z tarixining ilk davrlarida kuchli, intensiv ichki vulqonlar girdobida bo‘lganligidan dalolat beradi.

Merkuriy atmosferasi o‘ta siyrak. Uning zichligi Yer atmosferasining 620 km balandlikdagi zichligidan ham kichik. Merkuriy atmosfera tarkibida vodorod, geliy, hamda kislorodning, shuningdek inert gazlar, xususan, neon va argonning kichik miqdorlari aniqlangan. Bunday gazlar, sayyora gurunti tarkibidagi radioaktiv moddalarning parchalanishi natijasida ajralib chiqqan bo‘lishi mumkin. Merkuriyda kuchsiz magnit maydoni mavjudligi aniqlangan. Merkuriy magnit maydonining kuchlanganligi qiymati Yernikiga nisbatan kichik bo‘lsa, ammo Marsnikidan katta.

Sayyoraning o‘rtacha zichligi Oynikiga nisbatan ancha katta - 5.427 g/sm3 , ya'ni, yerning zichligiga deyarli teng. Merkuriy 500 - 600 kilometrdan iborat kuchli silikat qobiqqa va 50% miqdordagi temir yadroga ega ekanligi haqida gipoteza mavjud. Sayyoraning tabiiy yo‘ldoshlari yo‘q. Merkuriy nisbatan kam o‘rganilgan sayyoradir, faqat 2009 yilga kelibgina sayyora sirtining taxminiy xaritasi tuzildi. Bu jarayonda asosan «Mariner-10» hamda, «Messenjer» kosmik apparatlari orqali olingan tasvirlardan foydalanildi.

Merkuriyning paydo bo‘lishi haqida bir necha farazlar mavjud. Ulardan eng keng tarqalgani, Merkuriyning bir paytlar Veneraning tabiiy yo‘ldoshi bo‘lganligi, biroq, ma'lum sabablarga ko‘ra undan «qochib» ketganligidir. Bu farazni Merkuriy orbitasining katta ekstsentrisiteti bilan izohlaydilar.

Merkuriy haqida ilk ma'lumotlar qadimgi Bobilliklarga tegishli «Mul apin» astrologik jadvallarida uchraydi. Bu jadvallarni Ossuriyalik munajjimlar ishlab chiqishgan bo‘lib, ularda Merkuriy «Sakrovchi sayyora» deb nomlangan. Qadimgi Yunonistonda esa, Merkuriyni «Stilbon» va «Germaon» deb atashgan. «Germaon» - ma'bud Germesning ismining o‘zgartirilgan shakli bo‘lib, keyingi davr yunon qo‘lyozmalarida bu sayyora «Apollon» nomi bilan ham atalgan. Xitoyliklar esa merkuriyni «Chen-Sin»  - Tong yulduzi deb atashgan. Qadimgi Xitoy munajjimlarining birning qo‘lyozmasida Merkuriyning sinodik aylanish davri 115,91 kun deb qayd qilingan. Qadimgi hindlarda esa, mazkur sayyora ma'bud Budxa nomi bilan atalgan. Maya hindulari esa Merkuriyni 4 ta boyqush timsolida tasvirlashgan.

Eramizning V asriga taalluqli hind astronomik jadvali «Surya-sidxatta»da Merkuriyning Quyoshdan uzoqligi masofasi hayratlanarli darajadagi aniqlikda ifodalangan: 2420 km. Hozirgi zamon o‘lchamlariga ko‘ra esa, bu masofa 2439,7. Farq atiga 1% dan ham kam.

O‘rta asrlarda esa arab munajjimlari Merkuriyning Quyosh atrofidagi harakati jadvalini tuzib chiqishdi. Dastavval Andalusiyalik Az-Zarkaliy Merkuriyning geotsentrik orbitasining deferantini hisoblab chiqib, uning ovalsimon ekanligini aniqladi. XII asrda esa Ibn Badja Merkuriyning Quyosh diskidan o‘tishi jarayonini kuzatdi. Ibn ash-Shatir esa, Merkuriyning Quyosh atrofida aylanishi taxminiy modelini tasvirladi.

O‘rta asrlar Yevropasida merkuriyni kuzatish unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagan. Xususan Nikolay Kopernik, Merkuriyni biror marta ham o‘zi kuzata olmagani, asarlarida esa boshqa astronomlarning xulosalariga tayanganligini taassuf bilan qayd qiladi. Bunga sabab esa Kopernik yashagan Boltiqbo‘yi hududining ko‘pincha bulutli bo‘lishi bilan izohlanadi. Bundan tashqari Merkuriy Yevropa kengliklarida sahardagi yoki shomdagi shafaq vaqtida qisqa muddat ko‘rinadi xolos. Merkuriyni kuzatishning eng qulay vaqtlari uning elongatsiya davrlaridir.

Teleskop kashf etilgach, u orqali birinchi bo‘lib, albatta uning kashfiyotchisi - Galileo Galiley Merkuriyni kuzatdi. 1631-yilda Pyer Gassendi Merkuriyning Quyosh diskidan o‘tishi jarayonini dastlabki teleskopik kuzatuvlarini qayd qildi. Bungacha esa Iogann Kepler Merkuriyning Quyosh diski bo‘ylab o‘tishi vaqtini aniq hisoblab chiqarib bergan edi. 1639 yilda Jovanni Zulli, Merkuriyning orbital fazalarini Oy va Veneraniki bilan o‘xshash ekanligini aniqladi.

 

Merkuriyning orbital ko‘rsatkichlari

Perigeliy

46 001 210 km; 0,30749909 a.b.

Afeliy

69 816 900 km; 0,46669733 a.b.

Katta yarim o‘q (α)

57 909 068 km; 0,38709893 a.b.

Orbita ekstsentrisiteti (e)

0,20563069;

Siderik aylanish davri

87,969 kun;

Sinodik aylanish davri

115,88 kun;

Orbital tezligi (v)

47,87 km/soniya

O‘rtacha anomaliya (M0)

174,795884°

Peritsentr argumenti

29,124279°

Yo‘ldoshlari

Yo‘q. (aniqlanmagan)

Merkuriyning fizik ko‘rsatkichlari

Ekvatorial radiusi

2439,7 km;

Sirt yuzasi (S)

7,48·107 yoki, 0,147 yer sirti

Hajmi (V)

6,083·1010 km³; 0,056 yer hajmi

Massasi (m)

3,33·1023kg; 0,05527 yer massasi

O‘rtacha zichligi (ρ)

5,427 gr/sm3

Ekvatoridagi erkin tushish tezligi (g)

3,7 m/soniya2

O‘qining og‘ish burchagi

2,11° ± 0,1°

Albedo

0,142 (Bond); 0,068 (geometrik)

Ko‘rinadigan yulduz kattaligi

−2,6m dan +5,7m gacha

 

 


 

 

 


[1] Albedo - Osmon jismlarining (masalan, sayyorlar, tabiiy yo'ldoshlar, meteorlar va ho kazo) tasharidan kelayotgan yorug'likni qaytarish xususiyatini ifodalovchi fizik kattalik.


 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

 

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Merkuriyning orbital ko‘rsatkichlari

Perigeliy

46 001 210 km; 0,30749909 a.b.

Afeliy

69 816 900 km; 0,46669733 a.b.

Katta yarim o‘q (α)

57 909 068 km; 0,38709893 a.b.

Orbita ekstsentrisiteti (e)

0,20563069;

Siderik aylanish davri

87,969 kun;

Sinodik aylanish davri

115,88 kun;

Orbital tezligi (v)

47,87 km/soniya

O‘rtacha anomaliya (M0)

174,795884°

Peritsentr argumenti

29,124279°

Yo‘ldoshlari

Yo‘q. (aniqlanmagan)

Merkuriyning fizik ko‘rsatkichlari

Ekvatorial radiusi

2439,7 km;

Sirt yuzasi (S)

7,48·107 yoki, 0,147 yer sirti

Hajmi (V)

6,083·1010 km³; 0,056 yer hajmi

Massasi (m)

3,33·1023kg; 0,05527 yer massasi

O‘rtacha zichligi (ρ)

5,427 gr/sm3

Ekvatoridagi erkin tushish tezligi (g)

3,7 m/soniya2

O‘qining og‘ish burchagi

2,11′ ± 0,1′

Albedo

0,142 (Bond); 0,068 (geometrik)

Ko‘rinadigan yulduz kattaligi

−2,6m dan +5,7m gacha

Yangilаndi: 24.09.2018 08:39  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

УлыбаюсьУлыбаюсьУлыбаюсь

Horijlik sayyoh samarqandlik matematik olimdan so'rayapti (ko'chada):

-kechirasiz, Registon maydonini qanday topsam bo'ladi?

-eni va bo'yini ko'paytirasiz, ya'ni, S=ab...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 883
O'qilgan sahifalar soni : 12206051

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)