Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Astronomiya Quyosh atmosferasi

Quyosh atmosferasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Quyosh atmosferasi

Quyosh atmosferasi (quyoshning ko'rinadigan qatlamlari) - bir necha ustma ust qatlamdan iborat. Ulardan eng ichkaridagisi va eng qisqa qalinlikdagisi - Fotosfera bo'lib, u quyosh atmosferasining ko'rinish spektridagi yagona qatlamidir. Fotosfera qatlami yuqori va quyi chegarasi masofasi 300 kilometr bo'lib, takrorlanuvchi rangdor quyosh dog'laridan iborat bo'lib ko'rinadi. Bu dog'larning paydo bo'lishini, Quyoshning ichki qatlamlarida sodir bo'ladigan konveksiya hodisasi bilan bog'lanadi.

Fotosferadan keying qatlam - Xromosfera deb nomlanadi. Xromosferani Quyoshning to'liq tutilishlari vaqtida to'q rangli xalqani o'rab turgan och pushti rangda kuzatish mumkin. Fotosferadan farqli ravishda, Xromosfera bir jinsli bo'lmagan tarkibi bilan diqqatni jalb etadi. Tarkibning bir jinsli emasligining ikki hil ko'rinishi mavjud: Yorqin va Qoramtir. Bularning har ikkalasi ham, yaqqol ajralib ko'rinadigan rangdor dog'lar shaklida ko'rinadi. Bu dog'larning o'lchamlari Fotosfera dog'laridan bir necha barobar katta. Xromosfera xalqasining chetki qismlarida o'ta yuqori zichlikda otilib chiqayotgan gazlarning yonishidan hosil bo'luvchi olov tillari - Xromosfera spikulalarini kuztish mumkin.

Quyosh atmosferasining eng chetki va eng siyrak qatlami - Quyosh toji hisoblanadi. Uni Quyoshning to'liq tutilishi vaqtida, yoki, maxsus asbob - Koronograf bilan kuzatish imkoniyati mavjud. Quyosh tojida harorat million darajagacha yetadi va uning tashqi chetlari Quyoshning o'z radiusidan bir necha o'n barobar uzoqlikkacha yetishi mumkin.

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 16.12.2021 11:51  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Bildirilgan fikrlar   

 
0 #2 Javob: Quyosh atmosferasi.Muhandis 2014-11-17 02:52
iqtibos olish Boburbek:
maqola yaxshi yozilgan, lekin man ingliz tilidagi malumotni kuraganimda fotosferani chegarasi 300 emas, 400km deb yozilgan

Bunday ma'lumotlarda har hillik bo'lishi tabiiy. chunki, odatda bunday o'lchovlar bilvosita olinadi va uning natijalari, o'lchash usuli hamda vositasiga chambarchas bog'liq bo'ladi. Qolaversa, hali hech kim Quyosh yaqiniga borib, uning sferalarini o'lchab ko'rolmasa kerak...
 
 
+1 #1 yaxshiBoburbek 2014-11-15 11:53
maqola yaxshi yozilgan, lekin man ingliz tilidagi malumotni kuraganimda fotosferani chegarasi 300 emas, 400km deb yozilgan
 

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar arktangens shimoliy yarimsharda mavjud bo'lsa,
demak, janubiy yarimsharda

Antarktangens ham mavjuddir!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11736410

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)