Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Fizika Harorat shkalalari haqida

Harorat shkalalari haqida

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Termometrik moddaga bog’liq bo’lmagan harorat shkalasi «Termodinamik harorat shkalasi» (ba’zan uni «Mutloq harorat shkalasi» yoki «Kelvin shkalasi» deb ham atashadi). Bu shkala ingliz fizigi U. Tomson (Lord Kelvin) tomonidan XIX asr o’rtalarida fanga

tavsiya etilgan. Kelvin termodinamik harorat shkalasi bitta asosiy tayanch nuqtaga – suvning qattiq, suyuq va gaz fazalaridagi holatlarining termodinamik mutanosiblashgan nuqtasi – suvning uchlanma nuqtasiga asoslanadi. Termodinamik harorat – T belgisi bilan ifodalanadi. Termodinamik harorat birligi – Kelvin, K belgisi bilan ifodalanadi. Suvning uchlanma nuqtasining termodinamik harorati 273.16 K ga teng. 1 kelvin esa, suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 qismiga teng. Suvning uchlanma nuqtasi termodinamik harorati maxsus laboratoriyalarda, bug’, muz va suyuq holatdagi suvni germetik ampulada termodinamik mutanosiblash yordamida amaliy tajribalarda aniqlanadi.

 

Termodinamik harorat Seltsiy graduslarida ham ifodalanishi mumkin. Bu holda uni t belgisi bilan ifodalanadi va t=T-T0 tenglama bilan aniqlanadi. Bu tenglamada T0=273.15 K

Selsiy harorat shkalasi gradusi - °C,   Kelvin gradusiga teng.

Termodinamik harorat shkalasini amalda qo’llash  ko’pincha  noqulayliklar va hisob-kitoblarda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Shu sababli, termodinamik harorat shkalasini fan-texnika, va boshqa sohalarda amaliy qo’llashni soddalashtirish uchun,  O’TXQ ning 1968 yilgi, XIV bosh assambleyasida Xalqaro amaliy termodinamik harorat shkalasi - T68 qabul qilingan.  Birinchi navbatda bu termodinamik harorat shkalasining qiymati 273.15 (273.16 emasligi) ekanligi bilan bo’lsa, qolaversa T68 ni aniqlashda, faqat suvning uchlanma nuqtasidan emas, balki yana 11 ta asosiy va 27 ta qo’shimcha tayanch nuqtalari – suvning qaynash harorati, qalay va ruxning qotish harorati va ho kazolar inobatga olingan. Xalqaro amaliy termodinamik harorat shkalasi va Kelvin termodinamik harorat shkalasi deyarli bir qiymatni ifodalagani uchun, ular amalda bir xilda T belgisi bilan ifodalanadi, faqat Xalqaro amaliy termodinamik harorat shkalasini aniq ta’riflash yoki unga urg’u berish zarur bo’lgan hollardagina unga 68 indeksi bilan T68 ko’rinishida ifodalanadi.

Amalda eng keng qo’llaniladigan Selsiy shkalasi esa suvning muzlashi - 0 °C va qaynashi 100 °C graduslarga tayanch nuqtalari sifatida belgilanadi va oraliq interval 100 gradus ulushlarga bo’lib belgilanadi. Selsiy harorat shkalasi t bilan belgilanadi va Selsiy gradusi odatda °C bilan ifodalanadi.

Ushbu harorat shkalasini 1742 yilda shved olimi Andres Seltsiy fanga tavsiya qilgan. Dastlab u suvning qaynash haroratini 0°C va muzlashini 100 °C deb belgilagan. Ammo bunday shkala birmuncha noqulayliklar paydo qilgani bois, keyinchalik astronom M. Shtremer va botanik Karl Linneylar tomonidan uni hozirgi holatga keltirilgan.

Yana bir harorat shkalasi – Farengeyt shkalasi ham amalda qo’llanishi bo’yicha AQSH, Birma, Liberiya va yana bir necha davlatlarda asosiy harorat shkalasi sifatida saqlanib kelmoqda. Bu shkalani 1715 yilda nemis fizigi D. Farengeyt simobli termometrga ko’ra tavsiya etgan va u 0° uchun qor va nashatirning aralashmasi harorati,  96° uchun odam tanasining me’yoriy  haroratini asosiy tayanch nuqta deb belgilab olgan.  Farangeyt gradusi - °F bilan ifodalanadi, va suvning muzlash va qaynash haroratlari intervalining 1/180 qismiga teng. Bu shkalaga ko’ra, 0°C=320°F, 100°C= 212°F. Farengeyt shkalasidan Seltsiy shkalasiga o’girish quyidagi formula yordamida amalga oshiriladi:

t=5/9 (F-32)

 

Bu yerda t – selsiy shkalasi bo’yicha harorat, F esa farengeyt shkalasi bo’yicha harorat.

Farengeyt shkalasi nisbatan muqim o’rnashgan AQSHning o’zida ham, shkaladagi nochiziqlik (intervallar orasi qiymatlari teng emas) keltirib chiqargan noqulayliklar sababli ko’p hollarda Rankin shkalasidan foydalanishadi. Ushbu shkalani Shotlandiyalik muhandis va fizik U.Rankin (1820-1872) fanga tadbiq etgan bo’lib, bu Selsiy va Kelvin graduslari o’rtasidagi munosabatning, Farengeyt –Kelvin shkalalari orasidagi nisbatga muofiqlashtirilganini ko’ramiz. Bunda ham Rankin gradusi, farnegeyt gradusiga teng, lekin hisob boshi mutloq nol haroratdan boshlanadi. Rankin shkalasining quyi chegarasi bi mutloq nol harorat, muzning erish harorati esa, 491.67 °Ra , qaynash harorat harorati esa 671.67 67 °Ra ga teng. Rankin shkalasidagi qiymatlarni Selsiy shkalasida ifodalash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:

t=(5F/9)-273.15

Agar Rankin gardusidan Kelvinga aylantirish zarur bo’lsa, Rankindagi qiymatning 5/9 qismini hisoblab chiqarish kifoya qiladi. Yani, K=5/9Ra

Yana bir harorat shkalasi farang olimi Reomyur tomonidan 1730 yilda ishlab chiqilgan Reomyur shkalasi bo’lib, u 5:1 nisbatdagi spirt va sivning aralashmasining muzlash va qaynash intervalida 1000:1080 nisbatda kengayishini aniqladi va bu hodisaga moslab spirtli termometr ixtiro qildi. Uning shkalasida ham xuddi Selsiy shkalasidek, suvning muzlash harorat hisob boshi va u 0°R ga teng. Qaynash harorati esa, yuqoridagi proportsiyaga asoslanib 80°R ga tenglashtirilgan. Agar Reomyur shkalasidagi harorat ko’rsatkichini Selsuyga o’tkazish zarur bo’lsa, qiymatni chorakka ko’paytirish (t°C=1.25°R), aksincha, Selsiydagi qiymatni Reomyurga o’tkazish kerak bo’lsa, uning 0.8 (t°R=0.8°C) qismini hisoblash zarur. Shuni ta’kidlash kerakki, Reomyur shkalasi va gradusi hozirgi kunda amalda deyarli qo’llanilmaydi.

 

Ba’zi moddalar uchun uchlamna nuqta qiymatlari.

 

Modda

Uchlanma nuqta harorati

To’yingan bug’ning uchlanma nuqtadagi bosimi

K

°C

Pa

mm Hg ustuni

amt

Azot

63.15

-210.00

12532

94

0.124

Ammiak

195.42

-77.73

6080

45.6

0.60

Atsetilen

192.4

-81.0

128250

962

1.27

Atseton

178.9

-94.3

2.1

0.017

2.2·10-6

Suv[1]

273.16

0.01

610

4.58

6.02·10-3

Vodorod

13.95

-259.20

7200

54

0.07

Kislorod

54.352

-218.798

146.7

1.1

1.5·10-3

Kripton

115.77

-157.38

73060

548

0.72

Metan

90.66

-182.49

11666

87.5

0.115

Neon

24.54

-248.61

43300

324.8

0.43

Uglerod oksidi (II)

68.09

-205.06

15370

115.3

0.152

Uglerod oksidi (IV)

216.60

-56.60

51·104

3880

5.11

Xlor

172.16

-100.99

1467

11

1.5·10-2

Ftor

53.48

-219.67

253

1.9

2.5·10-3

Etil efiri

152.9

-110.3

0.83

6.5·10-3

8.5·10-6

 


[1] Suvning uchlanma nuqtasi - suvning qattiq, suyuq va gaz fazalaridagi holatlarining termodinamik mutanosiblashgan nuqtasi – termodinamik haroratning asosiy tayanch nuqtasi bo’lib, uning qiymati 273.16 K ga (aniq) teng. Suvning uchlanma nuqtasi germetik idishdagi muz ustidagi suv va uning ham ustidagi suv bug’lari yordamnida aniqlanadi. Suvning uchlanma nuqtasi harorati idishdagi muz, suv va suv bug’ining massa ulushlari miqdorlariga bog’liq bo’lmaydi. Suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratini uzoq vaqt saqlash va uni  o’ta yuqori aniqlikda qaytadan keltirib chiqarish mumkin. Bu keltirib chiqarishdagi xatolik 10-4 dan 10-2 atrofida bo’ladi. Harorat  shkalalarining boshqa hech qaysi tayanch nuqtasi bunda yaxshi keltirib chiqarish sifatiga ega emas. Ya’ni, suvning muzlashi haroratining o’lchashdagi xatolik 0.0002-0.0001 °C ni, suvning qaynashini o’lchashdagi xatolik esa, 0.002-0.01 °C ni, suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratini o’lchashdagi xatolik esa 0.0001°C ni tashlik qiladi.

Yangilаndi: 08.06.2013 18:47  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

"Dohiyona" qisqartirish:

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 883
O'qilgan sahifalar soni : 12197088

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!