Shamol tezligini vizual baholash uchun Bofort shkalasi
Jadvalda shamol tezligining yerdagi jismlarga yoki ochiq dengizdagi to‘lqinlarga ta'siriga qarab tahminiy baho berishning Butunjahon meteorolgiya tashkiloti tomonidan qabul qilingan o‘n ikki balli Bofort shkalasi keltirilgan. Shamolning o‘rtacha tezligi ochiq va tekis yuzadan standart 10 metr balandlikda ko‘rsatilgan.
Bofort ballari |
Shamol kuchining og‘zaki ta'rifi |
Shamolning o‘rtacha tezligi |
Shamolning ta'siri |
|
m/soniya |
km/soat |
|||
0 |
Sokinlik, sukunat |
0-0.2 |
<1 |
Tutun vertikal ravishda ko‘tariladi. Daraxt barglari qimirlamaydi. Dengiz sathi tekis va tip-tiniq. |
1 |
Tinch |
0.3-1.5 |
1-5 |
Tutun vertikal yo‘nalishdan og‘a boshlaydi. Dengizda suvning yengil jimirlashi. Eshkak eshishdan yoki kema parraklaridan ko‘pik hosil bo‘lmaydi. To‘lqinlar balandligi 0.1 metr. |
2 |
Yengil |
1.6-3.3 |
6-11 |
Shamol (shabboda) yuzga seziladi, yaproqlar shivirlaydi, Flyuger[1] harakatlana boshlaydi. Dengizda maksimal balandligi 0.3 metrgacha bo‘lgan qisqa to‘lqinlar. |
3 |
Kuchsiz |
3.4 - 5.4 |
12 - 19 |
Daraxt barglari va ingichka shox shabbalari tebranadi, yengil bayroglar hilpiraydi. Suvda yengil to‘lqinlanish paydo bo‘ladi, ba'zan kichik mavjlanish hosil bo‘ladi. To‘qinlarning o‘rtacha balandligi 0.6 metr. |
4 |
Mo‘tadil (o‘rtacha) |
5.5 - 7.9 |
20 - 28 |
Shamol yerdagi chang, xazonlarni ko‘taradi, daraxtlarning ingichka shoxlari chayqaladi. Dengizda oq ko‘pikli mavjlanish ko‘plab kuztiladi. To‘lqinlarning maksimal balandligi 1.5 metrgacha. |
5 |
Kuchli |
8.0 - 10.7 |
29 - 38 |
Darxtlarning shox shabbalari va ingichka daraxtlarning tanalari, poyalar ham chayqaladi. Shamol qo‘lga seziladi. Dengizning hamma joyida oq ko‘pikli mavjlanish kuzatiladi. To‘lqinlarning maksimal balandligi 2.5 metr, o‘rtachasi esa 2 metr. |
6 |
Qattiq |
10.8 - 13.8 |
39 - 49 |
Yo‘g‘on tanali daraxtlar chayqaladi, ingichka tanali daraxtlar egiladi, telefon simlari tovush chiqaradi, soyabondan foydalanish qiyinlashadi; oqimi ko‘pikli mavjlanish ancha katta maydonni egallaydi, suvli chang hosil bo‘ladi. To‘lqinlarning maksimal balandligi 4 metr, o‘rtachasi esa 3 metr. |
7 |
Kuchli qattiq |
13.9 - 17.1 |
50 - 61 |
Daraxtlar tanalari chayqaladi, katta shoxlar ham egiladi, shamolga qarshi yurish qiyin; to‘lqinlarning mavjlarini shamol sidirib ketadi. To‘lqinlarning maksimal balandligi 5.5 metrgacha. |
8 |
Juda qattiq |
17.2 - 20.7 |
62 - 74 |
Daraxtlarning ingichka va quruq shoxlari sinadi, shamolga yo‘nalishida gapirib bo‘lmaydi, shаmolga qarshi yurish juda qiyin. Dengizda kuchli to‘lqinlanish. To‘lqinlarning maksimal balandligi 7.5 metr, o‘rtachasi esa 5.5 metr. |
9 |
Po‘rtana |
20.8 - 24.4 |
75 - 88 |
Katta daraxtlar egiladi, shamol tomlardan tom yopish materiallarini sug‘urib ketadi, dengizda juda kuchli to‘lqinlanish. Juda baland to‘lqinlar hosil bo‘ladi. Maksimal balandligi 10 metr, o‘rtachasi esa 7 metr. |
10 |
Kuchli po‘rtana |
24.5 - 28.4 |
89 - 102 |
Quruqlikda kamdan kam bo‘ladi. Inshoot va binolarga sezilarli talofotlar keltiradi. Daraxtlarni yiqitadi yoki ildizi bilan qo‘porib tashlaydi. Dengiz sathi ko‘pik rangidan oppoq, to‘lqinlarning kelib urilishi kuchli zarba hosil qiladi. Juda baland to‘lqinlar -Maksimal balandligi 12.5 metr, o‘rtachasi esa 9 metr. |
11 |
Qattiq po‘rtana |
28.5 - 32.6 |
103 - 117 |
Kamdan kam kuzatiladi. Katta ko‘lamdagi talofotlar keltirish bilan kechadi. Dengizda favqulodda baland to‘lqinlar (Maksimal balandligi 16 metr, o‘rtachasi esa 11.5 metr.) o‘rta va kichik o‘lchamdagi kemalar ko‘zdan yo‘qoladi. |
12 |
To‘fon (uragan) |
32.7 va undan katta |
118 va undan katta |
Keng ko‘lamdagi va katta maydonlarda vayronakor, halokatli ta'sir qoldiradi[2].
|
[1]Flyuger - shamol yo‘nalishini aniqlaydigan asbob.
[2]Bofort shkalasining 1963 yilda Butunjahon meteorolgiya tashkiloti tomonidan qabul qilingan 12-balli shkalasidagi ta'rif.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|