BIRINCHI HIKOYA:
Harakat qonunlarining kashf etilishi
Dinamikaning birinchi asoslarini Galiley yaratdi. Ungacha kuchlarning ta'sirini faqat ular muvozanatda bo'lgandagina kuzatishar edi; erkin tushayotgan jismning tezlanuvchan harakatini, Shuningdek yuqoriga otilgan jismning egri chiziqli harakatini ham og'irlik kuchining doimiy ta'siri deb qarashsa-da, hech kim ko'rsatilgan Shunday oddiy hayotiy hodisaning qonunlarini aniqlay olmadi. Galiley bu qonunni ochishda qadamni birinchi bo'lib qo'ydi va mexanikaning rivojlanishi uchun yangi va cheksiz sohani kashf etdi. Bu kashfiyot... endi o'sha ulug' inson xizmatlarining eng ahamiyatli va rad etib bo'lmaydigan qismini tashkil etadi. Haqiqatan, Yupiterning yo'ldoshini, Veneraning fazasini, Quyosh dog'lari va hokazolarni kashf etish uchun teleskop va kuzatuvchanlik talab qilinadi, ammo hamma vaqt kishilar ko'z oldida sodir bo'lib, Shunda ham faylasuflar e'tiboridan chetda qolgan hodisalardagi tabiat qonunlarini ochish uchun mutlaqo yuksak tafakkur sohibi bo'lish lozim edi.
Lagranj
| < avvаlgi | kеyingi > |
|---|






















































































































































