Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Astronomiya «Parker» kosmik zondi Quyosh toji orqali o'tdi

«Parker» kosmik zondi Quyosh toji orqali o'tdi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

«Parker» kosmik zondi Quyosh toji orqali o'tdi

Endi u inson qo'li bilan yaratilgan eng tezkor apparatg aylandi.

2024-yilning eng so'nggi kunlarida «Parker Solar Probe» kosmik zondi Quyosh tojiga yana bir bor sho'ng'ib chiqdi v bu orqali qator yangi rekordlarni ham o'rnatdi. U dastlab 2021-yild Quyoshga yetib borgan edi.

Aslida «Parker» 24-dekabr kuniyoq navbatdagi yaqinlashuv chog'ida Quyosh toji ichkarisiga kirib ketgandi. Lekin u keyingi bir nech sutka mobaynida signallarga javob bermadi v shu sababli ham, uning keyingi taqdiri shubha ostida qolayotgan edi. NASA muhandislari umidsizlikka tushmay, sabr bilan kutganliklari evaziga, 27-dekabr kuni Grinvich bo'yich soat tongi 5 da zond yana aloqaga chiqdi. Qayd etish joizki, bu safargi maksimal yaqinlashuv chog'ida «Parker» Quyoshdan atigi 6,1 mln masofada bo'lgan bo'lib, bu ko'rsatkich yulduzimizga eng yaqin sayyora bo'lmish Merkuriy orbitasidan deyarli 10 barobar yaqindir. Taqqoslash uchun eslatib o'tamizki, Yerimiz v Quyosh oralig'idagi masofa deyarli 150 million km ni tashkil qiladi. NASAdagilarning ta'kidlashicha, bu safargi yaqinlashuvni ham zond juda yaxshi o'tkazgan v unda hech qanday nosozliklar yuzaga kelmagan.

 

Quyosh tojiga sho'ng'igan paytd zond deyarli 700 000 km/soat tezlikk erishishi lozim edi v bunda, u ming daraja atrofidagi haroratga bardosh berishiga to'g'ri kelardi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, apparat ushbu vazifani mukammal uddalagan v noyob ilmiy ma'lumotlarni yig'ib chiqqan. Olimlar mazkur tadqiqot ortidan qanday qilib Quyoshd modda million darajagach qizishini, shuningdek, Quyosh shamolining yuzaga kelish manbalarini puxtaroq tadqiq qilishni ko'zd tutishgan. Shuningdek, yuksak energiyali zarrachalarning tezligi qay tariqa yorug'lik tezligiga yaqin tezliklargach tezlanishi o'rganish borasida ham ushbu tadqiqotlar yordam berishi kutilmoqda. NASA ilmiy bo'limi xodimi Nikolas Foks esa, «odamlar asrlar davomid Quyoshni shunchaki kuzatish orqali o'rganishgan, biz esa unga tashrif qildik, busiz uning atmosferasini to'liq o'rganishning iloji yo'q» - deya fikr ham bildirib o'tdi.

 

Eslatib o'tamiz «Parker» Quyosh zondi 2018-yilda Quyosh tomon yo'lga chiqqan edi. O'shandan buyon zond 21 marta Quyoshga yaqinlashuvni amalga oshirdi va har safargi yaqinlashuv avvalgisidan ko'ra yan va yan yaqinroq kelaverdi. 2024-yilning eng oxirgi kunlaridagi yaqinlashuv esa barcha avvalgi rekordlarni yangiladi. Yuqorid aytilgandek, bu safar «Parker» Quyoshga 6,1 mln km masofagach yaqinlashib bordi. Boz ustiga, bu safar u tezlikni 690 000 km/soatgach yetkazib, endilikda inson qo'li bilan yasalgan eng tezkor texnik vositasiga ham aylandi. Bu tezlikda u yorug'lik tezligining 0,064% qismich harakatlanmoqda. Boshqacharoq aytganda, hozir «Parker» soniyasiga 192 km yo'l bosib o'tmoqda! Bu degani, u masalan, London v Nyu-York orasini atigi 30 soniyada bosib o'tgan bo'lardi demakdir. Albatta, adolat yuzasidan aytib o'tish kerakki, apparatning bu qadar katta tezlikkacha tezlana olishiga omil bo'lgan sabablardan eng asosiysi - u Quyoshning o'ta ulkan gravitatsiyasidan ham foydalanganidir (ya'ni, zond Quyosh yaqinid gravitatsion manyovr qilgan).

Zond 1370 darajagacha haroratg bardoshli qalqon bilan jihozlangan bo'lib, shuningdek u Quyoshdan keladigan keskin radiatsiyaga ham dosh berishiga to'g'ri keladi. Agar radiatsiyaga qarshi himoy to'g'ri tashkillanmasa, u apparatning bort elektronikasini ishdan chiqarishi tayin. Hozircha zondning uglerod-kompozit ekrani ko'rinishidagi qalqoni mazkur himoya vazifalarni uddalab kelmoqda.

Agar mabodo taqqoslash o'rinli bo'lsa, «Parker»ning bu safargi Quyoshga yaqinlashuvidagi oraliq masofani, shunday tasavvur qilish mumkinki, agar u boshqa biror sayyoradan turib Yerga uchirilgan apparat bo'lganida, o'lcham-miqyosi nuqtai nazaridan, ushbu oraliq masofa atigi 4 sm ni tashkil qilgan bo'lardi (ya'ni, Parker bilan Quyosh orasidagi 6,1 mln km masofa mohiyatan, shunga o'xshash zondning Yerga 4 sm gacha yaqinlashib kelgan masofasig tengdir!)


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 20.01.2025 09:20  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

УлыбаюсьУлыбаюсьУлыбаюсь

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 885
O'qilgan sahifalar soni : 12108430

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis