Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Kimyo Mendeleyeviy

Mendeleyeviy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 19
Juda yomon!A'lo! 

Mendeleyeviy

Menedeleyeviy – yettinchi davrning uchinchi guruhiga mansub element. Atom raqami 101. Formulasi Md. Aktinoidlar oilasiga mansub.

Kashf qilinishi va atama etimologiyasi.

Mendeleyeviyning dastlabki atomlarini 1955-yilda olimlar Albert Giorso, Bernard Xarvi, Gregori Choppin, Stenli Tompson va Glen Siborg tomonidan Berkli laboratoriyasida 253Es izotopi yadrosini α-zarralar bilan nurlatish yo‘li bilan sintez qilingan. O‘shanda AQShlik ushbu ilmiy guruh mendeleyeviyning atigi 17 dona atomini hosil qilishga muvaffaq bo‘lgan edi. Keyinroq, 1962-yilda Dubna yadroviy tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan 238U izotopini nurlatish usuli bilan mendeleyeviyning yuzga yaqin atomi hosil qilingan. Elementga uni kashf qilgan AQSh olimlari tomonidan, davriy jadvalning muallifi Dmitriy Ivanovich Mendeleyevning nomi berilgan.

Tabiatda tarqalganligi.

Mendeleyeviy sun’iy sintez qilingan element bo‘lib, tabiatda uchramaydi.

Izotoplari.

Hozirgi paytda mendeleyeviyning 17 xil izotopi ma’lum. Ularning massa sonlari 224 dan 260 gacha bo‘lib, ular orasida eng uzoq yashaydigan izotop bu 258Md bo‘lib, u 51 kun yarim yemirilish davriga ega. Shuningdek mendeleyeviyning 260Md izotopi 32 kun,  257Md 5 soat, 259Md izotopi 1,6 soat, 256Md izotopi esa 75 daqiqa, yarim yemirilish davriga ega.

Fizik va kimyoviy xossalari.

Mendeleyeviyning atomining to‘liq elektron konfiguratsiyasi 1s22s22p63s23p64s23d104p65s24d105p66s24f145d106p65f137s2. Ion radiusi 0,117 nm. Mendeleyeviyni hozircha nisbatan yengil elementlarni neytronlar bilan bombardimon qilish yo‘li bilan makroskopik miqdorlarda olib bo‘lmaydi. Bu aktinoidlar qatorida oxiridan uchinchi va transuran elementlar qatorida to‘qqizinchi elementdir. Uni faqat tezlatkichlarda yengil elementlarni zaryadlangan zarralar bilan bombardimon qilish usuli yordamida olish mumkin. Mendeleyeviy ochilishidan avvalroq, 1954-yilda olimlar uning xossalari aktinoidlar oilasi elementlariga o‘xshash bo‘lishini va xususan, oksidlanish darajasi +3 bo‘lishini taxmin qilgan edilar. Ushbu faraz 1960-yillardagi eksperimentlar orqali amalda tasdiqlangan. O‘shanda ilk bora mendeleyeviyning uch valentli eritmalari olingan va uning suvda erimaydigan gidroksidi va ftoridi cho‘kmalari hosil qilinib, ularning xossalari o‘rganilgan.

Olinishi.

Mendeleyeviy eynshteyniy atomlarini siklotronda geliy ionlari bilan (α-zarralar bilan) bombardimon qilish usuli orqali sintez qilinadi.

Biologik ahamiyati.

Mendeleyeviy elementi tabiatda mavjud emas va u bilan juda kam sonli odam faqat yadroviy laboratoriyalarda ishlashiga qaramasdan, radiologik himoya bo‘yicha Xalqaro hay’at (ICRP) tomonidan ushbu elementning eng uzoq yashovchan izotopi uchun yillik ta’sir chegaralarini belgilagan. Unga ko‘ra mendeleyeviy-258 izotopining yutilish dozasi 9×105 bekkerel deb belgilangan. Nafas bilan yutish chegarasi esa 6000 Bq.

 

Umumiy ma’lumotlar

Nomi

Mendeleyeviy;

Formulasi

Md

Raqami

101;

Kashf etgan olimlar

Giorso, Xarvi, Siborg, Tompson, Choppin

Kashf etilgan sana

1955-yil,

Kashf etilgan davlat

AQSh;

Atom xossalari

Atom massasi

258,1 m.a.b. (g/mol);

Elektron konfiguratsiyasi

[Rn] 5f13 7s2

Atom radiusi

287 pm;

Kimyoviy xossalari

Elektrmanfiyligi

1,3 (Poling shkalasi bo‘yicha);

Oksidlanish darajasi

+1, +2, +3;

Ionizatsiya energiyasi (birinchi elektron)

636 kJ/mol; (6,58 eV)

Elektrod potensiali

‒1,7 V (Md←Md3)

Termodinamik xossalari

Erish harorati

1100 K; 86 ℃

Zichligi

10,3 g/sm3 (taxminan)

Struktura panjarasi shakli

Chegaraviy markazlashgan kubik


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda:https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda:@OrbitaUz

Google+ :https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz:https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 14.01.2022 15:49  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltavoy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!



Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!