Orbita.uz sayti haqida

15.03.2013 01:39 Muzaffar Qosimov
Chop etish
Maqola Reytingi: / 57
Juda yomon!A'lo! 

Assalomu alaykum!


Orbita.uz sayti o‘zbek internet olami foydalanuvchilari uchun Ilm-fan, texnika va texnologiyalar, aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha on-line ma'lumotlar bazasini taqdim etish, fan-texnikaning yangi yutuqlari, ixtiro va kashfiyotlar bilan tanishtirib borish, fan-texnika sohasi rivojiga ulkan xissa qo‘shgan, umrini ilm taraqqiyoti uchun bag‘ishlagan buyuk olimlar hayoti va faoliyati haqida ma'lumotlar berish, fan-texnika texnologiyalarga oid maqolalar, kitoblar va mediamateriallar berib borishni maqsad qilgan. Shuningdek saytdan foydalanuvchilar, xalqaro birliklar tizimlari haqida, ularning boshqa birliklar bilan o‘zaro bog‘liqlik tamoyillari, turli tizimdagi birliklarni bir-biriga o‘girish qoidalari va on-line konvertoridan foydalanishlari, qiziqarli misol va masalalarni yechib zehn sayqallashlari, turli xil ilmiy jarayonlar va mavzular bo‘yicha tarixiy qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishishlari mumkin. Sayt o‘z oldiga aniq va tabiiy fanlar, texnika yo‘nalishlaridagi fundamental bilimlar jamlangan ma'lumotnoma, adabiyotlar va risolalarning on-line kutubxona - bazasini tayyorlash, ilmiy atamalarning izohlarini berib borishni ham maqsad qilgan.

o‘zbek tilidagi saytlar orasida ilmiy-texnikaviy tematikaga asoslangan mukammal saytlarning kamligi foydalanuvchilarga ma'lumotlarni asosan horij portallaridan qidirishga majbur qilmoqda. Orbita.uz ning asosiy maqsadi esa, milliy ".uz" domeni hududida, o‘zbek tilidagi mukammal Ilmiy-texnikaviy sayt, on-line ma'lumotnoma taqdim etishdir.

Saytimiz Sizning aniq va tabiiy fanlar, texnika va texnologiyalar borasidagi bilimlaringizning oshishiga oz bo‘lsada xissa qo‘sha olsa bundan biz behad hursandmiz. Ilmlar koinoti sarhadlarida uzoq va omadli parvozlar tilayman. Hurmat bilan: Orbita.uz sayti administratori- Muhandis.

 

Darvoqe, saytimiz yangiliklari bilan quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali bohabar bo‘lib borishingiz mumkin:

Twitter: @OrbitaUz

Facebook : Orbita.uz

Google+: Orbita.uz

 

shiningdek, sayt borasidagi fikr va mulohazalaringiz, istak va takliflaringizni quyidagi manzillardan biriga yuborishingizni so‘raymiz:

ushbu e-mail mаnzil spаm-bоtlаrdаn himоyalаngаn, uni tаsvirlаsh uchun JavaScript-ni yoqishingiz lоzim. yoki ushbu e-mail mаnzil spаm-bоtlаrdаn himоyalаngаn, uni tаsvirlаsh uchun JavaScript-ni yoqishingiz lоzim.

Yangilаndi: 23.11.2018 12:47