Ayzek Azimov. Zamon, makon va boshqa narsalar haqida

06.08.2018 00:00 Muzaffar Qosimov Kutubxona - Ilmiy ommabop adabiyotlar
Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Ayzek Azimov. Zamon, makon va boshqa narsalar haqida

Kitob muallifning 1959-1965 yillarda nufuzli ilmiy jurnallar uchun yozgan maqolalari asosida chop etilgan bo‘lib, unda insoniyat tarixida dastlabki taqvimlarning paydo bo‘lishi va ularning hozirgi ko‘rinishda qanday yetib kelganligi; o‘lchov birliklari sistemalari, fizika va kimyoga oid ajoyib paradokslar, hamda, matematika va astronomiyaga oid qiziqarli hikoyalar keltirilgan. Quruq faktlarning ajoyib fantaziyalar bilan bog‘lab tushuntirilishi, tabiatdan va kundalik turmushdan qoyilmaqom misollar keltirilishi sizni muallifning nechog‘lik bilimdon va ajoyib yozuvchi bo‘lganiga lol qoldiradi. Hikoyalar kishini maftun qilar darajada sodda va shu bilan birga, mukammal yozilgan. o‘qigan vaqtingizga achinmaysiz.

Kitobning asl talqini 17 ta katta maqolalarni o‘z ichiga olgan. Lekin, ulardan ikkitasi o‘ziga xos sabablarga ko‘ra, o‘zbek tiliga o‘girilmadi va ushbu kitobdan o‘rin olmadi. Shuningdek, kitob uzoq 1965-yilda yozilgani va o‘tgan 50 yildan ziyod vaqt mobaynida ilm-fanda anchayin yuksak rivojlanish sodir bo‘lganini e'tiborga olib, tarjimon tomonidan muallifning ayrim hikoyalari zamonaviy ilm-fan yutuqlari asosida to‘ldirildi va kengaytirildi.

Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko‘rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.

 


Muallif: - Ayzek Azimov

o‘zbek tiliga www.Orbita.Uz sayti tarjimasi

Tematik yo‘nalishi: Ilmiy-ommabop adabiyotlar turkumidan

Tarixi: www.Orbita.Uz elektron kutubxonasii, 2018 yil.

Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .pdf formatidagi, kompyuterda terilgan.

Grafikasi: O‘zbek tili lotin alifbosida.

Yuklab olish (2 mb)


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 22.11.2018 14:28