Koinotning qurilish ashyosi

14.09.2018 09:00 Muzaffar Qosimov Kutubxona - Kimyo
Chop etish
Maqola Reytingi: / 21
Juda yomon!A'lo! 

Koinotning qurilish ashyosi

Kitobda kimyoviy elementlarning tasniflanish tizimi va ularning xossalari haqida qiziqarli tarzda hikoya qilinadi. Muallif muayyan kimyoviy element haqida so‘z yuritarkan, uning turmushda va texnikada ishlatilishi, fizik va kimyoviy xossalari va hatto sanoatda va san'atda qo‘llanishi borasida mukammal ifodali so‘z yuritadi. Matn davomida, davriy jadvaldagi har bir elementga alohida-alohida to‘xtalib, shu bilan birga, elementlarni inson hayoti, texnika va ilm-fan uchun ahamiyatiga qarab, guruhlarga taqsimlagan holda ko‘rib chiqiladi. Bu orqali, nafaqat bizning galaktikamiz, balki, butun Koinotning qurilish materiali hisoblanadigan kimyoviy elementlar haqida kitobxonga sodda, tushunarli va ommabop tilda ma'lumot yetkazishga harakat qilingan.

Kitob uzoq 1974-yilda nashrdan chiqqani va o‘tgan 40 yildan ziyod vaqt mobaynida ilm-fanda, xususan, kimyoda anchayin yuksak rivojlanish sodir bo‘lganini e'tiborga olib, mavzular zamonaviy kimyo ilmi yutuqlari asosida tarjimon tomonidan baholi qudrat to‘ldirildi va kengaytirildi.

Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko‘rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.

 


Muallif: - Ayzek Azimov

o‘zbek tiliga www.Orbita.Uz sayti tarjimasi

Tematik yo‘nalishi: Ilmiy-ommabop adabiyotlar turkumidan

Tarixi: www.Orbita.Uz elektron kutubxonasii, 2018 yil.

Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .pdf formatidagi, kompyuterda terilgan.

Grafikasi: o‘zbek tili lotin alifbosida.

Yuklab olish (5,12 mb)


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 21.11.2018 11:11