Muzdan olov chiqarish? qanday qilib?

31.03.2013 22:35 Muzaffar Qosimov Maqolalar - Qiziqarli fizika
Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Muzdan olov chiqarish? qanday qilib?

Jyul Vernning “Kapitan Gattersning sayohatlari” nomli asarida qahramonlaring -48 gradusli qahraton sovuqda, o‘tsiz-olovsiz nochor ahvolga tushib qolishgani syujeti bor. Quyida ushbu syujet qahramonlari tilidan dialog keltiramiz:

«-ish chatoqku, doktor – deydi Gatters doktorga

-ha, afsuski shunday… - javob berdi doktor

-Bizda durbin yo‘qmi, linzasini olib, olov chiqarar edik

-afsuski durbin yoʻqqa… trutni yondirish uchun quyosh nurlari bemalol yetardi.

-endi nima qilamiz, hom ayiq go‘shti yeyishga toʻgʻri keladi shekilli. – dedi Gatters.

-ha, noiloj shunaqa qilishga majburmiz – dedi xayolchanlik bilan doktor, - ammo nima uchun biz…

-nimani o‘ylab qoldingiz? –deb qiziqib so‘radi Gatters.

-miyamga bir fikr keldi…

-Fikr?! –deb xursand ovozda so‘radi boltsman, -Sizga fikr kelgan boʻlsa, demak biz omonmiz! – uning ohangida tantanavorlik mavjud edi.

-Qaydam, bo‘larmikan…-dedi ikkilanib doktor.

-Qani nimani o‘yladingiz? – dedi Gatters.

-Bizda linza yoʻqqa, ammo uni tayyorlaymiz.

-Qanday qilib? – so‘radi boltsman.

-Muz parchasini silliqlab

-Bundan bir ish chiqadi deb o‘ylaysizmi?

-Boʻlmasamchi, quyosh nurlarini bir nuqtaga to‘plansa bas, buning uchun muz-linza yaxshi xrustal o‘rniga o‘ta oladi. Biroq, buning uchun chuchuk suvning muzi boʻlsa yaxshi bo‘lar edi. U ham mustahkam, ham tiniq boʻladi.

-Agar yanglishmasam – dedi boltsman yuz qadamcha naridagi muzlarni ko‘rsatib, - hov anavi muzlar rangiga qaraganda siz aytgan muzga o‘xshaydi.

-Siz haqsiz, boltangizni olingchi, yuringlar do‘stlar.

Uchalasi ham ko‘rsatilgan muz tepalikka qarab jo‘nadilar. Muz haqiqatan ham chuchuk suvniki boʻlib chiqdi.

Doktor muzdan diametri 1 futli parcha chopib olishni buyurdi va uni bolta bilan tekislik boshladi. So‘ngra uni pichoq bilan qirdi va nihoyat qo‘li bilan silliqlab linza holatiga keltirdi. Go‘yo, eng yaxshi xrustaldan ishlanganidek, tiniq, shaffof linza tayyor boʻladi. Quyosh juda ravshan yoritar edi, doktor quyosh nurlarini muz linza bilan trutga toʻg‘irladi. Bir necha sekunddan keyin trut yondi»

Jyul Vern asaridagi hikoya xayoliy emas. Muz linza yordamida yog‘ochni yondirish, tarixda ilk marotaba 1763-yilda katta muz linza orqali muvaffaqiyatli amalga oshirilgan edi. O‘sha vaqtdan buyon yana ham takomillashgan usullar orqali, qayta-qayta muvaffaqiyat bilan koʻp marta takrorlandi.

Albatta bolta, pichoq kabi asboblar bilan qo‘lda (48 gradus sovuqda!) linza yasash bir muncha qiyin masala, ammo uni soddaroq usulda tayyorlasa boʻladi. Bining uchin linza shaklidagi idishga tiniq suv olib, uni muzlatish va qolipidan yaxlit, shaffof holatda ko‘chirib olish kerak. Tajribani faqat ochiq quyoshli qahraton kunda, ochiq osmon ostida, takrorlashingiz mumkin. (deraza orqasida emas, chunki deraza oynasi quyosh nurlarining energiyasi koʻp qismini yutib qoladi va bu energiya qizitish uchun yetarli bo‘lmay qoladi )


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 25.02.2019 08:51