Muzning ustigami yoki ostigami?

31.03.2013 22:32 Muzaffar Qosimov Maqolalar - Qiziqarli fizika
Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Agar siz taom tayyorlamoqchi yoki, choy damlash uchun suv qaynatmoqchi bo’lasngiz, mahsulot solingan idishni albatta olovning ustiga qo’yasiz. Bu mutlaqo to’g’ri albatta. Chunki alangadan isigan havo birmuncha yengillashib hartomonlama yuqoriga itarib chiqariladi  va idishning atrofiga tegib o’tadi. Demak isitilmoqchi bo’lgan jismni alanganing ustiga qo’yish bilan biz olovning issiqlik energiyasidan yaxshiroq foydalanamiz.

Lekin aksincha, biror jism muz bilan sovutilishi kerak bo’lsachi? Qanday yo’l tutmoq afzalroq?


 

Ko’pchilik odatda mahsulotni muzning ustiga qo’yishadi. Masalan, bozorlardagi sharbat sotuvchilarni eslang. Buning foydasi deyarli yo’q, chunki muzning atrofida sovigan havo og’irlashib pastga tushib, uniing o’rning issiq havo egallaydi. Bundan shunday hulosa chiqadi: agar biror ichimlik yoki taomni sovutmoqchi bo’lsak, uni muzning ustiga emas, balki, ostiga qo’yish amaliy jihatdan foydaliroq ekan.

Buni to’liqroq tushuntirsak, idish muzning ustiga qo’yilganida uning pastki, ya’ni muzga teginib turgan qismi soviydi. Qolgan qismi esa havoda, iliq havo bilan o’ralgan holatda bo’ladi. Aksincha, idish muzning ostiga qo’yilsa, idishdagi mahsulot quyidagi ikki sababga ko’ra ancha tezroq soviydi: birinchidan, agar mahsulot suyuqlik bo’lsa, uning sovugan qatlami pastga tushib, sovumagan qatlamini yuqoriga ko’taradi va bu jarayon tezroq sovishga ta’sir tetadi, ikkinchidan esa, muz bo’lagi atrofidagi suvigan havo ham huddi shu sababga ko’ra pastga tushib, idish atrofini o’raydi va mahsulotning tezroq sovishiga hizmat qiladi. Hammamizning honadonlarimizda hizmatda turgan muzlatgichlarimizning muzxonalari uning pastki emas, aynan yuqorisida joylashtirilishining hab asosiy sababi shunda!

Yangilаndi: 14.09.2018 09:41