Ilk Bobil Talantlari.

26.07.2013 09:07 Muzaffar Qosimov Xalqaro birliklar tizimi - SI - Tarixiy ma'lumotlar
Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Ilk Bobil Talantlari.

 

Tarozudek benazir innovatsiya va vazn o’lchovi vositasini qadimdagi eng qimmatbaho material – metall ishlab chiqaruvchilari ixtiro qilishgan. Qadimda metall qazib olish juda o'g’ir mehnat bo’lgan va olingan har bir metall parchalari o’ta qadrlangan. Aynan o’shalar bu metall parchalariga raqam yoki boshqa belgilar vositasida uning vaznini ifodalovchi belgilar qo’ya boshlaganlar. Xuddi o’sha belgi qo’yilgan metall parchalari tanga pullarning eng dastlabki, sodda ko’rinishdagi namumansi hisoblanadi.

Vaznni o’lchashdan maqsad, biror bir jismdagi moddaning miqdorini aniqlashdir. Jismning massasini undagi modda miqdori hammadan ham aniqroq ifodalaydi. Lekin, hattoki bizga yaqin XIX asrda ham jismning vazni va og’irligini farqiga unchalik borishmagan. Biz keyinchalik,  vaznni aniqlashning turli usullari haqida so’z yuritganimizda, aslida jismning massasini aniqlashni nazarda tutamiz. Kundalik tajribada odatda, «tortib ko’rish» tushunchasi ostida buyum yoki mahsulotning massasini biror bir vazndagi etalon bilan taqqoslab ko’rish tushuniladi. Biz ham an’anaga ko’ra qadimgi dunyo xalqalrining o’lchov tizimlari haqida so’z borganda, o'g'irlik va vazn oolchov birliklarini bir biridan alohida, aniq chegara asosida ko’rib chiqamiz.

 

…Yetilib pishgan bug’doy donining 180 donasini o’lchab ko’ring. Oldingizda qadimgi Bobil  og’irlik o’lchovi birligi – «sikl», tahminan 10 gramm. 60 siklni olib, biz 1 Bobil «mina»sini hosil qilishimiz mumkin. Shu tarzda, 1 Bibil minasi 600 grammga teng ekanligini topamiz. 60 mina, ya’ni 36 kilogramm esa 1 «Bobil vazn talanti» ni tashkil qiladi. Eshitgan bo’lsangiz podshoh Sulaymon har birida 600 sikl oltin bo’lgan hadya tarqatgan. Bizning hisob tizimimiz bo’yicha – 6 kilogramm… agar, albatta 10 – grammli sikl nazarda tutilgan bo’lsa. Bu borada tarixchilarning fikrlari tarqoq holatda. Ba’zilar mina vazni 640 gramm bo’lgan deb hisoblaydilar. Bu holatda siklning qiymati hab birmuncha boshqacha bo’lib chiqadi. Qadimgilarning o’zlari esa minaning vaznini nisbatan tahminiy keltirib chiqargan bo’lishsa kerak. Lekin, o’sha zamonlardayoq qandaydir standartlar jotiy etishga bo’lgan urinishlar bo’lgan. Masalan eramizgacha bo’lgan 1865 – 1804 yillarda qadimgi Bobilda bir sikl kumush 10 min bronza yoki 12 min jun bilan tenglashtirilgan. Ozod fuqaroning yuziga musht tushirgan zo’ravonga 10 sikl kumush miqdorida jarima jazosi tayinlangan. (Bobil podshosi Xammurapi qonunlarining 204-chi bandiga ko’ra)…

Sikl son miqdoridagi donni hovuchimizga olib ko’rsak olib, ularning ularning har hil ekanligini ko’ramiz. Bunday hol tabiiy albatta, chunki, boshoqlik ekinlarning hech birining pishib yetilga donlari aynan bir xilda bo’lmayd. Ikki hil namunadagi sikl miqdorini aniqligi katta bo’lgan tarozuda tortib ko’rsak, ular orasida miligrammlarda bo’lsa hamki, albatta farq chiqadi. Lekin qadimda bunday xatolik osonlik bilan me’yor sifatida qabul qilingan.

Qadimda arpa doninidan iborat o’ziga xos vazn etalonini, ajnabiy savdogarning shubhali qadoqtoshidan afzal ko’rishgan. Tortib ko’rish uchun maxsus qadoqtoshlar ancha kech paydo bo’lgan. Bu narsa savdo jarayonida metallarning va pullarning mustaxkam o’rnashuvi amalga oshganidan keyingina ro’yobga chiqqan.

Yangilаndi: 24.09.2018 08:29