Uzel

06.05.2019 09:32 Muzaffar Qosimov Xalqaro birliklar tizimi - SI - Tizimlashmagan birliklar
Chop etish
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Uzel

Uzel – asosan dengizchilikda, navigatsiya va qisman aviatsiyada qo‘llaniladigan tezlik birligi. O‘zbekcha belgilanishi uz, xalqaro belgilanishi esa ISO 80000-3:2006 standartiga ko‘ra kn tarzida yoziladi. (Shuningdek, IEEE va IKAO bo‘yicha ham mazkur belgilanish ma’qul ko‘rilgan). SI tizimiga kirmaydi.

Bir uzel tezlik bu bir soatda bir dengiz mili masofasini bosib o‘tilishiga teng. Ya’ni,

1 uz = 1852 m/soat. (0,51444... metr/soniya)

 

Uzel tezlik birligining dengizchilik va aviatsiyada qo‘llanishida qulaylik shundaki, bu tezlikda harakatlanayotgan obyekt, bir soatda, bir daqiqa geografik kenglikni bosib o‘tgan hisoblanadi. Bu – Yer meridiani aylana uzunligi, demakki, orientirlanish va navigatsiya uchun juda qulaydir. Uzel – mustaqil birlik bo‘lib, unga «km/soat» qo‘shib aytish noto‘g‘ri bo‘ladi. Masalan, «kema 36 uzel km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda» - deyilmaydi. Shunchaki, «kema 36 uzel tezlik bilan harakatlanmoqda» deyiladi.

Uzel tezlik birligi boshqa birliklar bilan quyidagicha nisbatga ega:

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, «kilo-», «mikro-» singari karrali va ulushli old qo‘shimchalar uzel birligiga nisbatan hech qachon ishlatilmaydi.

Shuningdek, uzel birligini mil/soat birligi bilan ham adashtirmaslik muhim. Uzel – dengiz mili bilan bog‘liq birlikdir va u 1852 m/soat deb aniq belgilangan. Mil/soat birligidagi «mil» esa asosan Buyuk Britaniya va uning dominionlarida, shuningdek, qisman AQSHda keng tarqalgan quruqlikdagi tezlik o‘lchash birligidir. Shu sababli ham, mil/soat birligidagi «mil» bu – quruqlik mili bo‘ladi va u 1609 metrga tengdir.

Uzel birligida hisoblangan tezlikni biz uchun tushunarliroq bo‘lgan km/soat birligiga o‘tkazish uchun juda oddiy mnemonik qoida mavjud. Unga ko‘ra, uzeldagi qiymatni ikkiga ko‘paytirib, olingan natijadan 10% qismini ayrib tashlash kerak. Bu tarzda hisoblangan tezlik amaldagidan ko‘pi bilan 2,5% xatolik bilan katta aniqlikda mos keladi. Masalan, 15 uzel tezlik bilan ketayotgan obyektning tezligini km/soatda ifodalamoqchi bo‘lsangiz, unda 15 ni 2 ga ko‘paytirib, keyin, natijaning 90% qismini olishingiz kerak. Ya’ni, 15×2=30, 30 ning 90% qismi esa 27 bo‘ladi. Demak 15 uzel tezlik bu - taxminan 27 km/soatga teng bo‘lar ekan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda:https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda:@OrbitaUz

Google+ :https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz:https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 06.05.2019 11:34