Yorug‘lik va u bilan bog‘liq bo‘lgan elektromagnit nurlanishlarga oid hosilaviy birliklar

01.06.2013 19:37 Muzaffar Qosimov Xalqaro birliklar tizimi - SI - SI ning hosilaviy birliklari
Chop etish
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Yoruglik va u bilan bog‘liq bo‘lgan elektromagnit nurlanishlarga oid hosilaviy birliklar

B I R L I K L A R

Kattalik Nomi

Birlik nomi

Belgilanishi

Ta'rifi

O‘zb.

Xalq.

Yorug‘lik va u bilan bog‘liq bo‘lgan elektromagnit nurlanishlar

1.

Nurlanish energiyasi

Joul

J

J

1 joul ishga ekvivalent bo‘lgan nurlanish energiyasi.

2.

Energetik ekspozitsiya

Joul taqsim metr kvadrat

J/m2

J/m2

1m2 1 J energiyaga teng bo‘lgan nurlanish beradigan energetik ekspozitsiya.

3.

Nurlanish oqimi,

Nurlanish quvvati

Vatt

Vt

W

1 Vt mexanik quvvatga ekvivalent bo‘lgan nurlanish oqimi.

4.

Nurlanish oqimining sirt zichligi.

Vatt taqsim metr kvadrat

Vt/m2

W/m2

1 Vt nurlanish oqimini 1m2 sirtdan nurlantiruvchi (yoki yutuvchi) nurlanish oqimining sirt zichligi.

5.

Energetik yorituvchanlik. (nurlanuvchanlik)

?

6.

Energetik yoritilganlik (nurlantirilganlik)

?

7.

Energetik yorug‘lik kuchi

(nurlanish kuchi)

Vatt taqsim steradian

Vt/sr

W/sr

1 Vt nurlanish oqimini 1sr fazoviy burchakda nurlantiruvchi nuqtaviy manbaning energetic yorug‘lik kuchi.

8.

Energetik ravshanlik

Vatt taqsim steradian metr kvadrat

Vt/sr·m2

W/sr·m2

Energetik yorug‘lik kuchi 1 Vt/sr bo‘lganda, o‘ziga perpendikulyar bo‘lgan 1m2 yassi sirtni bir tekis nurlantiruvchi rnergetik ravshanlik.

9.

Yorug'lik oqimi

Lyumen

lm

lm

Yorug'lik kuchi 1 kd bo‘lganda 1 sr fazoviy burchakdagi nuqtaviy manbadan tarqaladigan yorug'lik oqimi.

10.

Yorug'lik energiyasi

Lyumen-soniya

lm·sek

lm·sec

1 soniya davomida ta'sir qiladigan 1 lm yorug'lik oqimining yorug'lik energiyasi.

11.

Ravshanlik

Kandela taqsim metr kvadrat

Kd/m2

Cd/m2

Yorug'lik kuchi 1 kd bo‘lganda 1 m2 sirtni yoritadigan ravshanlik.

12.

Yorituvchanlik

Lyumen taqsim metr kvadrat

Lm/m2

Lm/m2

1 lm yorug'lik oqimi taratadigan 1m2 sirtning yorituvchanligi.

13.

Yoritilganlik.

Lyuks

lks

lx

1 lm yorug'lik tushadigan 1m2 sirtning yoritilganligi.

14.

Yorug'lik ekspozitsiyasi

Lyuks-soniya

lks·sek

lx·sec

1 lk yoritilganlikda 1 soniya davomida hosil bo‘ladigan yorug'lik ekspozitsiyasi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 24.05.2019 09:26